Safarov, G. R. Tursunova turizm asoslari t oshkent – 2014 I. S. Tuxliyev, R. Hayitboyev, B. Sh. Safarov, G. R. Tursunova



Download 15,04 Mb.
bet22/181
Sana28.09.2022
Hajmi15,04 Mb.
#850648
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181
Bog'liq
7.Туризм асослари 2014

Gastronomiya turizmibu mamlakatlar va qit’alar bo‘ylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko‘rishga imkon yaratadi. Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo‘lib hisoblanadi, balki dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta’mga ega bo‘lgan masalliqlardan tarkib topgan ma’lum bir hududdagina uchrovchi taomlarni tatib ko‘rishga qaratilgan tadbirlar majmuiga kiradi.
Safari turizmi qo‘riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, fotoovchilik, tabiatda ajoyib hayvonlarni erkin holda ko‘rish maqsadidagi sayrlar. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko‘rish, balki tog‘li hududda avtomobil boshqarish, to‘siqlarni yengib o‘tish, lager hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilarni o‘rgatadi.
Ijtimoiy turizm – bu davlat tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan sayohat qilish hisoblanadi. Ijtimoiy turizmning maqsadi foyda olish emas, balki daromadi kam bo‘lgan kishilarni dam olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish uchun ularni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Turizmnihg mazkur turi chet elda keng tarqalgan. Sobiq Ittifoq davrida ham turizmning mazkur turi ommabop hisoblangan, uning ulushiga ichki turizmning qariyib 80 foizi va xalqaro turizmning 50 foizi to‘g‘ri kelardi.
Tashkil etilgan turizm – bu tur tashkilotlar tomonidan tashkil etilagan alohida shaxslarni yoki bir guruh turistlarning sayohatidir. Tashkil etilgan tur bo‘yicha turistlar turistik yo‘llanmani harid qilish yo‘li bilan sayohatga chiqish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bunda xizmat turlari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, turistlar turistik yo‘llanmasiz borganda, xizmatlar majmuasini, ya’ni transport, ovqatlanish, yashash xizmatlari uchun borgan joyida kursovkani harid qilib olishlari mumkin.


3.2. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari

Turizmning aktiv va passiv turlarga bo‘linishining asosiy mazmuni, odamlarning turizm jarayonida harakatlanishi va mijozlarning turlarini aniqlash bilan belgilanadi.


Katta jismoniy kuch talab qilinadigan va hamma turistlar qatlamiga ham to‘g‘ri keladigan turizmning aktiv turlariga – dam olish va sayohat, vaqti chog‘lik, sport kabilar kiradi. Aktiv turizmga har xil sarguzashtli sayohatlarni ham kiritish mumkin: sarguzashtli turizm (adventure tour), ekzotik joylarga, vulqonlarga, orollarga, sharsharalarga va shu kabi joylarga borishga aytiladi. Odatda bu ekzotik va ekologik jihatdan toza tabiiy hududlar, g‘arb sayohatlari, noan’anaviy transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan, biror-bir qolipga tushmagan turizmdir. Ba’zi holatlarda bu xildagi turizm jiddiy jismoniy zo‘riqishlar (ехtгеmе tour) bilan bog‘liq bo‘ladi. Turistdan mustahkam sog‘liq va dovyuraklik talab qilinadi. Masalan, Koloradaning toshqin daryolarida qayiqlarda sayr qilish, Shimoldagi mamalakatlarda itlar tortadigan chanalarda va tog‘-chang‘i kurortlaridagi dam olish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ularda qatnashish uchun turistlar oldindan ma’lum ko‘nikmaga va jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi.

Download 15,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish