Kafe (qahvaxona) -iste’molchilar ovqatlanishi va dam olishini ta’minlaydi. Restoran mahsulotlariga qaraganda bularning assortimenti kam. Kafe firma va buyurtma taomlar tayyorlash, mijozlarga yetkazib berishdek vazifani bajaradi. Bularning assortimenti cheklangan va taom tayyorlashi murakkab emas. Kafeda issiqchoy, kofe, kakao, muzday sharbatlar, mineral suvlar, qatiq-sut, qandolat va shirin taomlar mavjud. Ikkinchi taom sifatida tayyorlanishi oson bo‘lgan -qovurilgan tuxum, sosiska, sardelka, quymoqlar, birinchisiga sho‘rva berilishi mumkin. Alkogolsiz kafeda ichimliklar assortimentidan vino-aroq mahsulotlari olib tashlanadi, alkogolsiz ichimliklar va qandolat mahsulotlari sotish ko‘paytiriladi. Bu kafelarda diskoteka bor. To‘ylar, yubileylar, oilaviy tushliklar, yangi taom va mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Muzqaymoq kafesi -hordiq chiqarish uchun eng gavjum joy. Hamma oilalar ham restoran yoki barga boravermaydi, chunki u joylar yoshi jihatidan katta toifadagilarga mo‘ljallangan, narx-navosi ham yuqori. Muzqaymoq kafelari esa hammabop, butun oila a’zolari bilan kelib muzqaymoq iste’mol qilish va dam olish mumkin. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni ham o‘ziga xos. Muzqaymoq kafesi uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi. Muzqaymoq kafelari savdo zalida: past haroratli vitrinada muzqaymoq assortimenti namunalari qo‘yiladi. Mebel bo‘ladi, choy va kofe qaynatadigan anjomlar yordamida mijozlarga issiq choy, kofe tayyorlanadi. Bundan tashqari, muzqaymoq kafesida har xil pishiriqlar, qandolat mahsulotlarini ham harid qilish mumkin.
Kafeteriylar- yirik oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat magazinlarida tashkil qilinadi. Kafeteriylarda issiq ichimliklar, sut-qatiq mahsulotlari, buterbrodlar, qandolat mahsulotlari va boshqalar tayyorlanishi va sotilishi mumkin, tayyor uncha qiyin bo‘lmagan mahsulotlar bo‘ladi. Alkogol ichimliklar sotish taqiqlanadi. Hisob-kitobni bufetchining o‘zi bajaradi.
Oshxona -Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan umumiy ovqatlanish joyi hisoblanadi. Asosiy faoliyati - o‘z mahsulotidan aholi uchun taomlar tayyorlash, ularning mijozlar talablarini qondirish, nonushta, tushlik, kechki ovqatlar yoki ularning bir qismi tayyorlanadi. Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat ko‘rsatiladigan mijozlariga ko‘ra umumiy ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, o‘quv yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish korxonalari, o‘quv yurtlari va muassasalar huzuridagi oshxonalarda asosan hafta kunlari bo‘yicha turli xil majmua tushliklar, nonushtalar va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Oshxonalardan uyga ham ovqat beriladi, oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek, ovqat mahsulotlari, chala tayyor mahsulotlar sotiladi. Ularda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va stollarga majmua ovqatlarni oldindan qo‘yish usullari qo‘llaniladi. Oshxonalar bir-birlaridan farqlanadi:
- mahsulotlari assortimenti bo‘yicha: umumiy va parhez taomlar oshxonalari;
- xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari,talabalar va shunga o‘xshashlar;
- manzili bo‘yicha: hamma uchun, o‘quv va korxona, muassasa xodimlari uchun. Iste’molchilar tarkibi bo‘yicha - yoshlar kafesi, bolalar kafesi va h.k.
Tamaddixona- assortimenti cheklangan bo‘lib, sovuq va issiq taomlar, hammabop va tez tayyorlanadigan taomlar: sosiska, sardelkalar, chuchvara, qovurilgan tuxum taklif kilinadi. Tamaddixonalarda xohlagan ovqat tanlanadi, ko‘p hollarda tik turib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach, hisob-kitob birdaniga amalga oshiriladi. Bu ish avtomatkassalar orqali ham bo‘lishi mumkin. Tamaddixonalarda spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi.
Bufet-bu iste’molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuq taomlar, non-bulka va qandolatchilik mahsuotlari shuningdek, oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan tezkor xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan korxonadir. Unda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish mumkin. Hisob-kitob bufetchi yoki savdo avtomati orqali bajariladi. Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatadi: mehmonxonalarda, maktablarda,tomosha maskanlarida, sport maydonlari atrofida, vokzallarda, daryo, dengiz kemalarida, ishlab chiqarish va transport korxonalarida, kurilish va boshqa muassasalarda. Odatda bufetlar mahsulotlarni o‘zlariga qarashli umumiy ovqatlanish korxonalaridan oladi. Bundan tashkari ommaviy o‘yin-tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli qandolatlar, konfetlar, meva va ma’danli suvlar, ho‘l mevalar bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas. Maktab va bilim yurtlari qoshidagi bufetlar kuni uzaytirilgan maktablarda qoluvchi o‘quvchilar va maktab xodimlari uchun nonushta va tushliklar beradi. Umumta’lim maktablarida maktab qurilish loyihasida belgilangan tartibda bufetlar joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |