Shahrisabz
Bog‘lar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar joylarga V–VI asrlarda asos solingan bo‘lsa, IX–X asrlarga kelib u yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan o‘ralganidan so‘ng u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan.
Shahrisabzning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Oqsaroy (1380- y.)
Dorus – Saodat majmuasi (XIV asr)
Hazrati Imom masjidi (XIV asr)
Jahongir maqbarasi (XIV asr)
Dor-ut-Tilovat arxitektura majmuasi,
Ko‘kgumbaz masjidi (1435-y.)
Gumbazi Saidon (XV asr)
Shamsiddin Kulol maqbarasi (XV asr)
Oqsaroyning umumiy ko‘rinishi
Qarshi shahri Samarqand va Buxorodan Afg‘oniston va Hindistonga o‘tuvchi karvon yo‘llari asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklariga ega. Bular: Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan Ko‘kgumbaz masjidi (1463-y.), Jome’ masjidi, Minorali Qo‘rg‘oncha (XIX–XX asrlar), Xo‘ja Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714-y.), Zaxkok- Moron shaharchasi harobalari (eramizdan avvalgi I asr-eramizning V asri) va Qashqadaryo daryosi ustidan o‘tgan qadimiy ko‘prik kabilardir. Shaharda O‘lkashunoslik muzeyi bor. Qashqadaryoning muhim arxitektura yodgorliklari-Temuriy sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi, Ko‘kgumbaz masjidi, Gumbazi Saidon maqbarasidir.
Hisor tog‘larning janubi-g‘arbida 1975-yilda Qizilsoy qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu yerda silovsin, ayiq, qor barsi kabi noyob hayvonlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik g‘orlardan biri – Amir Temur g‘ori ham shu tizmada joylashgan. Qashqadaryoda Xoja Ubaydulla, Jarroh Abduraxmon Ota, G‘ulom Naqshbandiylar ziyoratgohlari, Sulton Mirhaydar maqbarasi kabi ziyoratgohlari ham bor.
Tarixiy obidalarning YUNESKO «Jahon merosi» ro‘yxatiga kiritilishining asosiy maqsadi- o‘z hududida mashhur bo‘lgan ob’ektlarni dunyoga tanitish va himoya qilishdir. Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy mamlakat. Mana shu bebaho merosimizning 140 ta ob’ektlari YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan va tarixiy ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan9. YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‘yxatiga Xivadagi Ichan Qal’a 1990-yil, Buxoroning tarixiy markazi 1993-yil, Shahrisabzning tarixiy markazi 2000-yil kiritilgan. 2001-yil 12–16-dekabr kunlari Finlandiyaning Xelsinki shahrida YUNESKOning Jahon merosi Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, unda Samarqand shahri ham YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‘yxatiga kiritildi.
5.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |