Safarov, G. R. Tursunova turizm asoslari t oshkent – 2014 I. S. Tuxliyev, R. Hayitboyev, B. Sh. Safarov, G. R. Tursunova


Turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar



Download 15,04 Mb.
bet160/181
Sana28.09.2022
Hajmi15,04 Mb.
#850648
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   181
Bog'liq
7.Туризм асослари 2014

21.4. Turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar

«Forma» lotin tilidan tarjima qilinganda o‘rnatilgan tartib ma’nosini beradi. «Formalniy» o‘rnatilgan namuna bo‘yicha bajarilgan demakdir. «Formalnosti» - «Rasmiyatchilik» - biror bir muhim va ma’suliyatli ishni bajarishda talab qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan shartlar yoki harakatlar majmuidir.


Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar odatda faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o‘ylashadi. Biroq, turist o‘z davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib turadigan sanitar – epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’tirozlar bo‘lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko‘ngilsizliklardan saqlaydi.
Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy belgilangan tartibi ham xorijga safar chog‘ida sug‘urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrof-muhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng ommaga deyarli noma’lum shartlari va qoidalari ham mavjud.
Shunday qilib, turizm rasmiyatchiliklari – bu turist, turistik firmasi (keyinchalik turfirma) va boshqa davlatga tashkil qilinayotgan sayohatni tayyorlash va o‘tkazishga aloqador boshqa barcha tashkilotlar amal qilishi lozim bo‘lgan, u yoki bu davlat yoxud bir guruh davlatlar qonunchiligini bir vaqtning o‘zida qabul qilgan qat’iy shartlardan iborat.
Turizm rasmiyatchiligiga amal qilish, go‘yo bu ish ahamiyatli bo‘lmagan yoki ma’nosiz, qandaydir ortiqcha va kerakmas rasmiy qoloq marosimlarni bajarish, deb o‘ylash haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu yerda o‘rnatilgan tartibga uning ichki mohiyati emas, faqat tashqi tomoniga e’tibor berib, ko‘r-ko‘rona amal qilishni anglatadigan «quruq rasmiyatchilik - formalizm» atamasini eslash ham noo‘rin. Ba’zi turizm rasmiyatchiliklari bevosita turistga tegishlidir, masalan, xorijiy pasport olish zarur, chegaradagi nazorat va bojxona tekshiruvidan o‘tish tartibiga amal qilish, bir qator tropik mamlakatlarga safar qilishda «sariq bezgak»ga qarshi emlash va hokazolar.
Turizmga oid rasmiyatchiliklar – sayohatni tashkillashtirish, rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida qonunchilik va mamlakatda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha rioya qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, shartlar va harakatlardan iborat bo‘ladi. Turizm rasmiyatchiliklarining muhimligini tasdiqlash va ularni tartibga solish hamda osonlashtirish uchun bir qator eng muhim xalqaro hujjatlardan ko‘chirmalar keltiramiz:

  • Yevropadagi hamkorlik va xavfsizlik bo‘yicha kengashning yakunlovchi dalolatnomasi (Xelsinki, 1975-y.): «Kengashning ishtirokchi davlatlari xorijiy davlatlarga sayohat uchun talab etiladigan rasmiyatchiliklar bilan bog‘liq masalalarni ijobiy ruhda qarab chiqish orqali turizm rivojini rag‘batlantirish maqsadida ekanliklarini bildiradilar»;

  • Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi (Manila, 1980- y.): «Butun jahon turistik tashkiloti o‘zining rivojlanish dasturiga jahonda turizm rasmiyatchiliklari ahvolini o‘rganish, mazkur sohadagi joriy amaliyot va mavjud me’yorlarni tadqiq etish, sayohatlarni yo‘lga qo‘yish va osonlashtirish uchun umumiy tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalarini kiritgan»;

  • Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi (Niderlandiya. 1989-y.): «Sayohatlar tez o‘sishi bilan bir vaqtda turizm rasmiyatchiliklarining tushunchasi aniqlanmoqda va kengaymoqda. Ulardan biri bevosita turistlarga, boshqalari esa turizm biznesiga oid. Turizm rasmiyatchiliklarining osonlashuvi o‘zining dastlabki tor chegaraviy rasmiyatchilik va bojxona tekshiruvlari ramkasidan chetga chiqa oldi. Bugungi kunda gap turizmni rag‘batlantirish va ijobiy qo‘llab-quvvatlash haqida borishi lozim, xususan har bir shaxsga ichki va xalqaro turizmda ishtirok etishga sharoit yaratish, yoshlar, keksalar va nogironlar orasida turizmga alohida e’tibor ajratishga harakat qilish shart»;

  • Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT komissiyasi o‘zining 1999-yil apreldagi N’yu-York sessiyasida Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) tashabbusiga ko‘ra, global turizm etik kodeksini ma’qulladi va BTTga xususiy sektorlar, nohukumat va mehnat tashkilotlaridan tushgan takliflar bilan to‘ldirishni taklif etishdi. BTT mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, turizm Global etik kodeksi joriy hujjat bo‘lib, jumladan, turizm rasmiyatchiliklarini tartibga solishda ham dasturilamal bo‘lmog‘i lozim. Xususan uning 8-moddasida «Turizm sayohatlari erkinligi»da davlatlar tomonidan kiritilgan yoki xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan, masalan vizalar, sanitar va bojxona rasmiyatchiligini imkon qadar shunday moslashtirish lozimki, erkin turizm va xalqaro turizmga yo‘l ochish zarur bo‘ladi. Ushbu rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga qaratilgan mamlakatlararo bitimlarni rag‘batlantirish lozim; turizm sanoatiga og‘ir tushadigan va uning raqobat bardoshligiga zarar yetkazadigan maxsus soliq va to‘lovlarni bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqish kabi choralar ko‘rsatilgan.


Download 15,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish