Sadok suvlikda joylashtirilgan hamda atrofi va pastki qismi to’rdan iborat bo’lgan, ko’p tomonlama qulayliklarga EGA bo’lgan, baliq etishtiriladigan yirik xaltadir



Download 43,5 Kb.
Sana16.10.2022
Hajmi43,5 Kb.
#853539
Bog'liq
Sadok suvlikda joylashtirilgan hamda atrofi va pastki qismi to’r-fayllar.org


Sadok suvlikda joylashtirilgan hamda atrofi va pastki qismi to’rdan iborat bo’lgan, ko’p tomonlama qulayliklarga EGA bo’lgan, baliq etishtiriladigan yirik xaltadir
Mustaqil diyorimiz, tobora rivojlanib uning mustaqilligi mustahkamlanib borayotgan bugungi kunda, xalqimizda yangicha dunyoqarash va zamon bilan hamnafas yashash tuyg’usi, o’zi yetishtirgan mahsulotdan zavqlanish, ilxomlanish o’z hayotimizni yangichasiga qurish, faravon umrguzaronlik qilish, xalqimizda yangi –yangi daromad manbalarini topish va undan samarali foydalanishga chog’lantiryapti. Ma’lumki bugungi kunda har bir sohada alternativa yo’nalishlarda ish olib borish tegishli sohaning rivojiga, uni yanada taraqqiy etishiga zamin bo’ladi va aynan baliqchilik sohasida ham allaqachonlardir xulosaga kelingan baliq ovlashdan baliq etishtirishga o’tish, xalqning bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishi shubhasizdir. Shunday ekan bu borada ham yangi imkoniyatlarni hisobga olishni joiz deb bildik va sadok usulida baliq etishtirish nima ekanligini, uni ahamiyati haqida to’xtaldik.

Sadok – suvlikda joylashtirilgan hamda atrofi va pastki qismi to’rdan iborat bo’lgan, ko’p tomonlama qulayliklarga ega bo’lgan, baliq etishtiriladigan yirik xaltadir. Sadoklarni sun’iy suvliklarda –suv omborlari, kanal, zovur, hovuz xo’jaliklarida o’rnatib baliq mahsuloti olsa bo’ladi. Lekin eng yaxshi natija ko’l va suv omborlarida olinishi mumkin. Bunda xo’jalik uchun suvlikning geografik xususiyatini aniqlab sadok uchun joy tanlash, muhim ahamiyatga ega. Tog` va tog`oldi hududlarda – forel, pelyad, osyotr kabi sovuqsevar baliqlar etishtirish maqsadga muvofiq bo’lsa, respublikamizning g’arbida hamda shimolida, karp hattoki laqqa (kanal laqqasi), do’ngpeshonalarni boqish imkoniyati mavjud. Shunday qilib forel, pelyad, osyotr uchun asosiy kriteriy bo’lib (o’rtacha dekada) suv haroratining 200 S dan oshmasligi, etiborga olinsa, va shu bilan birga qisqa muddatli 230 S bo’lishi ehtimolini ham nazardan qochirmaslik kerak.Sadokda baliq boqish qachon rentabelli bo’ladi, qachonki siz baliq boqishni jadal ravishda olib borsangiz albatta. Sadokda baliq etishtirishni maqsad qildingizmi, darhol balanslashtirilgan to’la qimmatli omuxta yemga asoslanishingiz kerak. Ammo bu oziqa nihoyatda qimmatga tushadi. Agarda Respublika suvliklarida sadokda baliq etishtirish yaxshi rivojlansa unda sadoklarga xos bo’lgan yangi baliq turlari va texnologiyalar tavsiya etiladi. Sovuqsevar baliq ob’ektlaridan sadokda etishtirish hozirgi kunda yaxshi natija berayotgan tur bu kamalak rang forel – Onsorhynchus mybiss, daryo foreli - Salmo trutta yoki kumja lardir. Chunki ular qimmatbaho baliqlardandir. Issiqsevar baliqlardan esa laqqa, daryo laqqasi va karplar eng yaxshi obektlar hisoblanadi. Sadoklarda 6-7 oy baliq boqish imkoniyati bor. Sadokda eng qulay variant tovar baliq etishtirishdir. O’zbekiston sharoitida taxminan 210-240 kun baliq boqiladi. Agarda karp segoletkasi o’rtacha bir sutkada 3g dan o’sganda 630g dan 720g bo’lishi mumkin. Agarda har bir sadokga 1000 dona karp boqilsa – taxminan har bir sadokdan 630 kg tavar baliq olish mumkin. Bular taxminiy hisob-kitoblar. Tovar razmeriga yetmagan baliqlar suvlikning o’ziga quyib yuboriladi va bunda ko’lni baliqlashtirish rejasi ham bajariladi. Sadok usulida baliq boqishning ahamiyatli tomonlaridan qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin:


1) Sadokda etishtirilgan baliqni qayiq orqali va sadoklarni yaxshilab bog`lab quyilgan joydan ovlash mumkin.
2) Baliq ovlash ancha qulay, baliqlar o’sishini kuzatish, oziqlantirish ancha qulay.
3) Sadokda asosan karp, forel, bufalo, oddiy laqqa, kanal laqqachasi boqilsa yaxshi natija beradi.
Har bir baliq zoti uchun alohida sadok quriladi. Baliqchi o’z tajribasiga asoslanib, ishonchi bo’lsa oq va chipor do’ngpeshona boqsa bo’ladi.Ammo sadoklar uchun ham talab va cheklangan so’roqlar bo’ladi, bular:
1) Balanslashgan yuqori darajali qo’shimcha omuxta yemdan foydalanish zarurligi;
2) Suv sifatini hamma vaqt monitoring qilib turish (suv harorati, suv tiniqligi, suvdagi erigan kislorod miq dori, suv muhiti (ph) va boshqalar;
3) Baliq kasal bo’lmasligi uchun profilaktik chora – tadbirlar. Agarda kasallik uchrab qolsa, darhol oldini olish va baliqlarni davolash;
Sadoklar jarohatlanishi mumkin yoki brakonerlar tomonidan baliqlar ovlanishi mumkin.Shuning uchun sadoklarni nihoyatda qattiq qo’riqlash kerak. Sadoklarda boqiladigan ayrim baliq turlari biologiyasiga qisqa qisqa xarakteristika beramiz.
a) Laqqa- Silurus glanus.Laqqalar issiq suvni sevadigan issiqsevar baliq – sevimli suv harorati 240 S.Laqqa etishtirish O’zbekiston sharoitida unchalik uzoq muddatni talab qilmaydi, bor yo’g’i 4 oy. Bizda laqqalar oilasidan ikkita tur O’zbekiston suvliklari uchun qulay hisoblanadi, bu oddiy yoki yevropa laqqasi – Silurus glanus va kanal laqqasi Jctalurus punctatus.
Ikkinchi tur Toshkentga 1980 yilda keltirilgan va hozirgi kunga qadar muvafaqiyati bilan nasl bermoqda. Oddiy laqqa – yirtqich baliq. Uni etishtirish uchun balanslashgan sanoatbob omuxta yem nihoyatda zarur. Oddiy laqqa ko’p hususiyati bilan karpga o’xshaydi, chunki karp ham balanslashgan omuxta yemni xush ko’radi.Oddiy laqqa mahalliy ozuqadan dukkaklilarni xush ko’radi. Shu xususiyati bilan oddiy laqqa baliqshunoslar uchun ancha qiziq. Oddiy laqqa odatda tez o’sadi. Segoletkalarning o’rtacha og`irligi 175-250 gramm keladi. Voyaga etish yoshi 4-5. bu davrda uning og`irligi 1.5-2 kg bo’ladi. Oddiy laqqani ko’paytirish va boqish ishtiyoqida bo’lgan xo’jaliklar zotdor ota-onalarni tabiiy suvliklarda tayyorlaydilar. Bir yil oldin tayyorgarlik ko’riladi. Bu ishlarni kuzda yoki bahor fasllarida amalga oshiriladi. Bu vaqtda laqqalar suv tubidagi chuqur joylarida konstentrastiyalanadi. Avvaliga ovlangan laqqalar oqar suvdagi sadoklarda saqlanadi. Iloji boricha besh – to’qqiz yoshli zotlarni tanlab olish maqul. Bunday zotlarning tana uzunligi 80-100 sm keladi. Qishda laqqalar oziqlanmaydi . Shuning uchun ham qishda yoki qishlashda hovuzida boshqa baliqlar bilan birga saqlansa bo’ladi.
LAQQA BALIQ
Erta bahorda laqqalar jinsga qarab ajratiladi.Urg`ochi laqqani erkak laqqadan ajratib alohida saqlaydilar. Laqqa nerest oldindan ancha faol ovqatlanadi. Tabiiy nerest o’tkazish laqqalarning unchalik katta bo’lmagan hovuzdarda, maydoni 500-700 m2, hovuz tubi zich bo’lishi va balchiq bo’lmasligi kerak. Nerest subsrat sifatida, in qurish uchun tolning havo ildizi sifatida qurilib foydalaniladi. Ildizlarni o’zaro tutashtirib aylana hosil qilinadi. Aylana diametri 60-70 sm bo’ladi. Tol ildizini aylana qilish uchun qalinligi 6 mm bo’lgan sim bilan o’zaro tutashtiriladi. Nerestda jinslar nisbati 1:1 har ikkala jins vakillarini nerestdan oldin gipofizar inekstiya qilinadi. Karpsimonlar gipofizidan foydalaniladi. Inekstiya normasi quyidagicha: har bir killogramm og`irlik hisobiga 3 mg gipofiz preparati, 3 ml fizologik eritmaga eritiladi, so’ngra laqqalarga ukol qilinadi. Bu ishni bosh baliqshunos bajaradi. Gipofizar inekstiya ishlari bajarilgandan keyin bir sutka o’tishi bilan nerest boshlanadi, agar suv harorati 20-25 gradusdan pasayib ketmasa nerest 4-5 soat davom etadi. Shunisi ham borki ona laqqa o’z uvildirig`ini bitta inda emas bir nechta inda qo’yadi. Nerest paytida hovuz atrofida umuman shovqin bo’lmasligi kerak. Agar sharoitlar yaxshi tashkil qilinsa uvildiriqlarning otalanish darajasi 80-90 %, chavoqlar chiqishi 75-80 % ni tashkil qiladi. Laqqa embrionlarining inekstiya muddati 1700-1800 0 S/ soat. Inkubastiya davri tugashi bilan sadokdan inlar sug`urib olinadi. Inkubastiya o’tib bo’lishi btlan oradan 4 sutkadan keyin aralash oziqlanishga chavoqlar o’tadi. 10 sutkadan boshlab chavoqlar oziqlanishi faollashadi. Keyingi boqish ya’ni chavoqlarni malkiy (mayda baliqcha boqiladigan) hovuzlarga o’tkaziladi. Laqqa chavoqlari asosan mono kulturada o’stiriladi. Laqqa chavoqlari normasi 300000 dona gektargadir. Chavoqlar zooplankton bilan oziqlanadi va bir oyda 2-3 gramm bo’ladi. Yashovchanlik 75-80 % malkiy davri tugashi bilan molo davri boshlanadi. Laqqa mololari karp o’stirish hovuzlariga o’tkaziladi. Zichlik normasi 3-5 ming dona gektarga. Kuzga borib segoletkalar massasi 20-30 gramm bo’ladi. Yashovchanlik 70 %. Qishda segoletkalar, karp va boshqa o’simlikxo’r baliqlar segoletkalari bilan birgalikda qishlash hovuzlariga o’tkaziladi. Chunki laqqa qishda oziqlanmaydi va yirtqichlik qilmaydi. Qishlash hovuzida 2-3 tonna gektarga yashovchanlik 35-100 %. bir yoshar laqqachalarni karp boqiladigan hovuzlarga qo’yib yuboriladi. Zichlik normasi 100-200 dona gektariga. Laqqa boqiladigan hovuzlardagi xashaki baliqlar (bistryanka, gambuziya, bichok, vobla) soni hisobga olinadi. Hovuz sharoitida ikki yashar laqqalar og`irligi 1.1- 1.2 kg gacha etadi.b) Kanal laqqasi - Jctalurus punctatus.Sadokda yaxshi o’sadi, issiqsuv balig’i. Suv haroratining optimal ko’rsatgichi 26-290 S. Eng yaxshi o’sish 21-350 S gacha. Agarda suv harorati 350 S dan oshsa uning oziqlanishi sekinlashadi va hattoki o’ladi. Agarda suv harorati 210 S pasaysa kam oziqlanadi, kam o’sadi. Suv harorati 70 S tushganda umuman oziqlanmaydi. Sadoklarda kanal laqqasini o’tqazish suv harorati 100 S bo’lganda boshlanadi. Lekin suv harorati 270 S gacha ko’paytirilganda kanal laqqasi stressga tushadi, keyinchalik kasal bo’lib, so’ngra o’ladi. Agarda segoletkasi og’irligi 25 g dan past bo’lsa, unda suv harorati 150 S dan to 210 S gacha bo’lganda baliqlashtirish ishi boshlanadi. Odatga ko’ra yaxshi segoletkalar 15-20 sm uzunlikda, mahalliy bozorda 600-700 g laqqa xaridorgir bo’lsa, unda sadokga uzunligi 20 sm bo’lgan segoletkalar bilan baliqlantiriladi. O’zbekiston sharoitida kanal laqqachasi vegetatsiya davrida (210-230 kun) 800-1000 g bo’ladi. Iloji bo’lsa sadokni bir xil razmerdagi kanal laqqachasi bilan baliqlantirish lozim. Har bir sadokga (sadokning katta- kichikligiga qarab) 170-500 m3 norma hisoblanadi. Demak sadokning hajmi 1 m3 bo’lsa, to 500 ekz kanal laqqachasi quyiladi. Baliqshunos qancha kanal laqqachasi o’tqazishni mo’ljallaydi, eng yaxshisi siyrak 170-290 ekz / m3 gacha o’tqazadi. Suv aerastiyasiga e’tibor berish lozim. Sadokda 170 ekz / m3 dan kam o’tkazmang, chunki kanal laqqachalari o’zaro urishib bir- biriga qattiq jarohat etkazadiKanal laqqasiv) Kamalakrang Forel - Onsorhynchus mybiss L. Losossimonlar oilasiga mansub bo’lib vatani AQSh ning Kaliforniya daryosi. Bu tur XIX-asrning 80-yillarida Evropaga iqlimlashtirilgan. Gulmohi uchun optimal harorat 15-18 0 S, optimal kislorod konstentrastiyasi 9-12 mg / l. pastasimon oziqa beriladi.Ozuqa quyidagicha tayyorlanadi:60-75 % mol talog`i, 11-20 % baliq uni, 5-10% bug`doy uni, 5% ozuqa drojasi, 3% fasfatit va 1% primiksa. Oradan 10-15 kun o’tishi bilan mayda baliqchalarni mayda granula shaklidagi oziqa bilan boqiladi. Granula tarkibi quyidagicha:baliq uni 48 %, go’sht-suyak uni 5%, suv o’ti (mikroskopik)-1%, lavlagi shroti 16%, o’simlik moyi-7,1 % primiksa 1%. Malkilarni kuniga 25 marotabagacha oziqlantirish mumkin. Oziqlantirish maxsus moslamalar (kormushkalar)da amalga oshiriladi. Kuzda segoletkalar 10-20 gr ga etadi. Qishlash uchun tanlangan hovuz yoki basseyn toza bo`lishi kerak. Suv harorati 50 bo’lganda ham ya’ni qishda ham baliqlar boqilaveradi. Forelning o’sishi uchun suv nihoyatda tiniq bo’lishi lozim. Ayniqsa yosh baliqchalar tiniq suvga nisbatan sezuvchan. Baliqchilik tajribalariga asosan ota- ona to’dasi 4-6 yoshli va 800-3000 g og`irlikka ega bo’lgan ona zotlaridarn va 3-5 yoshli, og`irligi 500-1500 g keladigan erkak zotlardan iborat. Jinslar nisbati urg`ochi zotlar 3 ta erkak zotlar, ya’ni 3:1 nisbatda bo’ladi. ota- ona rezerv ko’rsatkichi 50 % urg`ochi va 10 % erkak bo’lishi kerak. Forel sadokda etishtirish uchun eng yaxshi tur.Ayniqsa Farg`ona vodiysida, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoiyning voxalarida forelni etishtirish imkoniyati katta. Surxondaryo, Qashqadaryoning tog`li hududlarida etishtirilsa bo’ladi.
Nerest.ota- ona zotlarni bantirovka qilingan havuzlarda saqlanadi, maydoni 100 m2, chuqurligi 0.8-1.2 metr. Nerest paytida ota- onalarni balanslashtirilgan omuxta em bilan boqiladi. Suv bilan ta’minlanishi 3 l/ min/ kg baliq massasi. Nerest optimal suv harorati 6-12 0 S.Yetilgan jinsiy mahsulotlarni qo’l bilan qorin qismini qisib chiqariladi va sun’iy otalantiradilar. Uvildiriq inkubastiyasi gorizontal yoki vertikal apparatlarga amalga oshiriladi.
Oziqlantirish.
Intensiv texnologiyada forelni balanslashagan proteini 48 % omuxta em bilan boqiladi. Bunday proteinli em bilan mayda forellar boqilsa va 43 % proteinli em bilan tovar forel boqiladi. Asosan forel uchun maxsus tayyorlangan omuxta em bilan boqishni rejalashtirish kerak. Barcha yoshdagi forellarni sanoat tarzida tayyorlangan omuxta em bilan boqish maqsadga muvofiq.Forelni O’zbekistonning (Andijon, Namangan, Farg`ona, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo) kabi tog`lik hududlarda irrigastion kanallar, daryolar va buloqlar yaqinida sadoklar o’rnatib yetishtirish mumkin. Bunday sharoit Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlarining tog` oldi va tog`li rayonlarida ham mavjudligini inobotga olib bu joylarda ham forel etishtirish mumkin. Respublikaning g`arbida, shimolida ko’p sonli ko’llar (Og`itma, Devxona, Tuzkon, Dengizko’l, To’dako’l, Sho’rko’l, Kattaqo`rg`on suv omborlari) va Arnasoy Aydar ko’llar tizimida ham sadokda tegishli baliq turlarini yetishtirish imkoniyati katta.O’zbekistonda sadok usulida baliq boqish imkoniyati ancha keng. Forelg)Karp –xonakilashtirilgan zog`ora - Cyprinus carpio. Karp hovuz baliqchilik xujaligining asosiy ob’ekti xisoblanadi. Xonaki karp zog’oraning selektstiya yo’li orqali tanlab xonakilashtirilib chiqarilgan. . Ularning normal o’sishi va rivojlanishi, hamda oziqlanishi uchun optimal suv harorati 20 – 280 gacha bo`lishi kerak. Karpning barcha zotlari (tangachali karp, kumush tovon karp, tangachasiz karp) oziqlanishi va o’sishiga nisbatan zogoradan ancha yuqori turadi. Hovuz baliqchilik xo’jaliklarida ikki yozli yoki ikki yoshar zotlari 400 – 600 grammgacha yetadi. Karp unchalik chuqur bo’lmagan sayoz suvliklarni xush ko’radi. Karpning asosiy xususiyati uning oziqa tanlamasligidadir. Karplar suv harorati sakkiz gradusgacha pasayishi bilan oziqlanish intensivligi va modda almashinuvi ancha sekinlashadi. Kuzda suv harorati 1 – 20 S gacha pasayishi bilan oziqlanishdan to’xtaydi. So’ngra suv havzasining chuqurroq joyiga borib qishlaydi. Karp sifatli ta’mga ega. Aholini sevimli balig`i. Sadokda baliq etishtiradigan yaxshi mahsulot beradigan tur. Karpni Yevropa, Osiyo, Yaqin sharqda keng miqyosda sadok sharoitida boqadilar. Sadokda, boshqa baliqlarga nisbatan karpning hosildorligi ancha yuqori. ko’pchilik yaxshi mutaxassis- baliqshunoslar sadokda to 230 kg / m3 gacha mahsulot olmoqdalar. Karpning suv muhitiga bo’lgan talabi xuddi oq amur va do’ngpeshonaday. O’zbekistonda sadok baliqchiligi deyarli rivojlanmagan. Shuning uchun ham yaxshi mutaxassislar ham yo’q. Birinchi qadamni o’zingiz qo’yib sadokni o’zingiz tayyorlab sadok baliqchiligini tashkil qilasiz. Karp balig'i

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Kamilov B.G. Rukovodstvo po razvedeniyu rib v sadkax v basseyne Aralskogo morya.-Tashkent. Uzbekskiy nauchno-proizvodstvenniy sentr po selskomu xozyaystvu. Seriya Metodicheskix Posobiy FAO po akvakulture I ribolovstve. 2008. - 48 b.2. Kamilov B.G., Karimov B.K. Kormlenie rib v ribovodstve (illyustirovannoe rukovodstvo).-Tashkent: Uzbekskiy nauchno-proizvodstvenniy sentr po selskomu xozyaystvu. Seriya Metodicheskix Posobiy FAO po akvakulture I ribolovstve. 2008. – 64 b.3. Kamilov.B.G., Kurbanov R.B., Karimov B.K. Rukovodstvo po razvedeniyu karpovix rib v basseyne Aralskogo morya (illyustirovannoe uchebnoe posobie). – Tashkent: Uzbekskiy nauchno-proizvodstvenniy sentr po selskomu xozyaystvu. Seriya Metodicheskix Posobiy FAO po akvakulture I ribolovstve. 2008. – 53 b.4. Karimov B.K. Razvedenie foreli v basseyne Aralskogo morya (illyustirovannoe rukovodstvo).Tashkent . Uzbekskiy nauchno-proizvodstvenniy sentr po selskomu xozyaystvu. Seriya Metodicheskix Posobiy FAO po akvakulture I ribolovstve. 2008. – 80 b.5. Niyozov D. S., Ғafforov H. Ғ. Baliqlarning oziqlanishi . –B.: Sharq Buxoro, 2011. – Б. 132-164.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish