Er ostiga ko’mildilar talay nom chiqarganlar Va ularning borligidan yerda nishon qolmadi. O’laksani tuproqlarga topshirib ketgandan so’ng, Tuproq uni yeb bitirdi-yu, bir ustuxon qolmadi. No’shiravonning qutluq nomi haligacha tirikdir, Ammo qancha o’tib ketib No’shiravon qolmadi. Ey falonchi, yaxshilik qil, umringni bil g’animat, - To kishilar aytguncha, “falon, falon qolmadi”
Hikoyatlaridan birida “Men bir donishmanddan: “Eng ashaddiy dushmaning ikki kifting orasida joy olgan nafsingdir”, degan hadisning ma’nosi nima?” deb so’radim. Donishmand shunday javob berdi: “Ma’nosi shuki, har bir dushmanga ehson qilsang, u senga do’st bo’ladi, illo nafs degan narsaga qancha iltifot qilsang, adovatini shuncha oshiraveradi. Hikoyatlaridan birida “Men bir donishmanddan: “Eng ashaddiy dushmaning ikki kifting orasida joy olgan nafsingdir”, degan hadisning ma’nosi nima?” deb so’radim. Donishmand shunday javob berdi: “Ma’nosi shuki, har bir dushmanga ehson qilsang, u senga do’st bo’ladi, illo nafs degan narsaga qancha iltifot qilsang, adovatini shuncha oshiraveradi. Maromida ovqat yegan farishta bo’lur, Hayvon kabi yesa tushar og’ir tosh misol. Kim istagin bajo qilsang amringga tobe. - Nafs aytganin qildingmi, bo’ysindirmoq, mahol
Xulosa qilib aytganda, Muslihiddin Sa’diy o’zining“Guliston” asarida inson kamolotining asosiy omillari sanalgan ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy kamolotga erishishning inson hayotidagi ahamiyati, ilm o’rganishning o’ziga xos afzalliklari, muayyan kasb yoki hunar o’rganishning o’ziga jihatlari, shuningdek, insonda axloqiy sifatlarni tarbiyalash masalalari xususida so’z yuritadi. Allomaning fikricha, quyidagi fazilatlarni o’z qiyofasida mujassam eta olgan insongina haqiqiy ma’noda komil, yetuk inson sanaladi: bilimli, mehnatsevar, kamtar, oliyjanob, himatli, saxovatli, saxiy, shijoatli, g’ayratli, hat’iyatli, mard, jasur, jismonan kuchli, to’g’riso’z, bergan va’dasiga vafodor, adolatli, do’stga sodiq, o’z kuchi va mehnatiga tayanib ish ko’ruvchi va hokazolar. Mutafakkir tomonidan ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlab yaratilgan asarlar hamda ularning mazmunida ilgari surilgan g’oyalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ular pedagogik fikr taraqqiyotida o’ziga munosib o’ringa egadir. - Xulosa qilib aytganda, Muslihiddin Sa’diy o’zining“Guliston” asarida inson kamolotining asosiy omillari sanalgan ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy kamolotga erishishning inson hayotidagi ahamiyati, ilm o’rganishning o’ziga xos afzalliklari, muayyan kasb yoki hunar o’rganishning o’ziga jihatlari, shuningdek, insonda axloqiy sifatlarni tarbiyalash masalalari xususida so’z yuritadi. Allomaning fikricha, quyidagi fazilatlarni o’z qiyofasida mujassam eta olgan insongina haqiqiy ma’noda komil, yetuk inson sanaladi: bilimli, mehnatsevar, kamtar, oliyjanob, himatli, saxovatli, saxiy, shijoatli, g’ayratli, hat’iyatli, mard, jasur, jismonan kuchli, to’g’riso’z, bergan va’dasiga vafodor, adolatli, do’stga sodiq, o’z kuchi va mehnatiga tayanib ish ko’ruvchi va hokazolar. Mutafakkir tomonidan ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlab yaratilgan asarlar hamda ularning mazmunida ilgari surilgan g’oyalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ular pedagogik fikr taraqqiyotida o’ziga munosib o’ringa egadir.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |