ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 314
Sovuqqa chidamli ekinlar.
Ildizmevalilar, karam, salat, shivit, ismaloq, bosh
piyoz, gorox kiradi. Bularning urug’i 3-5
C
issiq haroratda una boshlaydi. Qulay harorat
17-20
C
Bu guruh o’simliklari 3-5
C
, hatto 7-10
C
gacha sovuqqa chidaydi.
Shartli issiqsevar yoki yarim sovuqqa chidamli ekinlar turiga faqat kartoshka
kiradi. Tuganak tugish uchun qulay harorat 15-17
C
, palagi 0
daraja sovuqdan nobud
bo’ladi.
Issiqsevar ekinlar. Bularga pomidor, bodring, qalampir, boyimjon kirib, urug’lari
12-15
C
da una boshlaydi. Qulay harorat 20-30
C
harorat 15
C
dan pasaysa yoki 30
C
dan
oshsa o’sish to’xtaydi. Salgina sovuq, ekinlarni urib ketadi.
Issiqqa chidamli sabzavot ekinlar. Bu guruhga qovun, tarvuz, qovoq,
makkajo’xori, loviya kiradi. Bu ekinlar issiqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi.
Harorat 30-40
C
da fotosintez eng yuqori bo’ladi. Mana shular Sabzavot ekinlari issiqqa
talabchanlik guruhga kiradi.
Sabzavotlarni almashlab ekishning ahamiyati ham juda kotta almashlab ekishning
3 turi: dala, yem-xashak yoki ferma atrofidagi va maxsus almashlab ekishlar mavjud.
Bu turlar bir-biridan ekinlar biologiyasi, o’stirish texnologiyasi va ekinlarning nazorat
nisbatiga qarab farqlanadi. Dala
almashlab ekishlari texnika, donli ekinlarga
mo’ljallangan bo’lib, bularning salmog’i ekinlar navbatlashuvida 50-70%
ni tashkil
etadi. Almashlab ekishda muhim ko’rsatkich dalalar soni hisoblanadi. Almashlab ekish
dalalarining soni qisqa rotatsiya (4, 5, 6, 7 dalali), uzoq rotatsiyali (9,10,12 dalali)
bo’ladi. Umuman aytganda,
dalalar soni, xo’jalikning ixtisoslashishiga,
almashlab
ekishdagi dalalar soniga, xo’jalik ekin maydonlari strukturasiga bog’liq.
Em-xashak almashlab ekishlari yirik chorvachilik fermalari, komplekslari atrofida
tashkil etiladi. Maqsadi chorva mollarini uzluksiz arzon tannarxli mo’l, sifatli, shirali,
oqsilli yashil ozuqa bilan ta’minlab, yashil konveyer tashkil qilishni va mustahkam yem
xashak bazasini barpo etishni ko’zda tutadi.
Maxsus almashlab ekishlar sabzavot, poliz, kartoshka, tamaki, sholi, kanop kabi
ekinlarni ekishga mo’ljallangan.
Sabzavotchilik xo’jaliklarda dehqonchilik tizimi va madaniyatining asosiy
ko’rsatgichi hamda sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkadan
yuqori hosil olishning
yetakchi omillaridan biri almashlab ekishni to’g’ri tashkil etishdir. Almashlab ekishda
muayyan xo’jalik tuproq iqlim sharoitlari, suv bilan ta’minlanish
darajasi, mahsulot
yetishtirish shartnoma topshirig’i, ixtisoslashtirish, iqtisodiy ko’rsatkichlar va hokazolar
hisobga olinadi.
Konserva zavodlariga yaqin sabzavotchilik xo’jaliklarida
qayta ishlanadigan
sabzavotlar (pomidor, boyimjon, qalampir), shahar atrofi xo’jaliklariga
esa asosan
iste’mol qilinadigan pomidor, bodring kabi ekinlar ekish, uzoq joylashgan xo’jaliklarda
tashishga mos sabzi, lavlagi, piyoz, poliz, kartoshka yetishtirish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston sharoitida barcha almashlab ekish sxemalaridan unumli foydalaniladi.