Bir qatordagi daraxtlar orasidagi erga to’g’ri ishlov berish uchun, traktorning old tomoniga rezina shlang kiydirilgan iz ko’rsatkich (yog’och tayoq) o’rnatiladi. Traktorchi ushbu iz ko’rsatkich daraxtlarga tegib o’tadigandek qilib mo’ljallab agregatni boshqaradi. Ayrim kultivatorlarning ramasi 5-6 dona bir metrlik bo’laklardan yig’ilgan bo’ladi. Ularni uch, to’rt va besh metrlik qatorlar oralig’iga moslash oson bo’ladi. O’g’itlash apparatlarini kultivatorga o’rnatib, yumshatilayotgan tuproqqa mineral o’g’it solish ham mumkin. Butasimon mevali o’simliklar (qorag’at, malina...) qator oralig’i 2,5-3,0 m qilib ekiladi. Bunday plantatsiyalardagi tuproqni kultivatsiyalash uchun kichik o’lchamli kultivatorlar ishlatiladi. Uning ishchi qismlari va sozlanishlari yuqoridagi oddiy kultivatornikidek bo’ladi. Tog’oldi qiyaliklardagi bog’larni gorizontal terassalarda o’stirishadi. Kultivatsiya ham qiyalikka ko’ndalang yo’nalishda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |