A. Brokerlar litsenziyaga ega bo‘lishlari va
mustaqil ishlashlari
kerak, ya’ni turli xil sug‘urta kompaniyalarni taklif qilish orqali
mijozning ehtiyojlarini optimal darajada qondiradilar.
B. Brokerlar litsenziyaga ega bo‘lishlari shart emas, va turli xil
sug‘urta kompaniyalarni taklif qilish orqali mijozning
ehtiyojlarini maksimal darajada qondiradilar.
S. Brokerlar litsenziyaga muhtoj emas, ular sug‘urta kompaniyasi
nomidan
ish yuritadi, va albatta uning manfaatlarini himoya
qiladilar.
10.
Sug‘urta turlarini to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang
A. Transport vositalarini sug‘urtalash; Tibbiy sug‘urta;
Yuklarni
sug‘urtalash; Ipoteka sug‘urtasi; Mol-mulkni sug‘urtalash va
boshqalar
B. Qurilish vositalarini sug‘urtalash; Tibbiy sug‘urta; Transportni
sug‘urtalash; Ipoteka sug‘urtasi; Mol-mulkni sug‘urtalash va
boshqalar
S. Hayotni sug‘urtalash; Majburiy tibbiy sug‘urta; Yuklarni
sug‘urtalash; Uy-joy sug‘urtasi; Mol-mulkni sug‘urtalash va
boshqalar
GLOSSARIY
Aksioner
– aksionerlik jamiyatining aksiyalariga egalik qiluvchi
jismoniy yoki yuridik shaxs. Aksiyalar turli shakllarda bo‘lishi mumkin.
Aksiya
– aksionerlik jamiyatining kapitaliga hissa qo‘shilganligi
to‘g‘risida guvohlik beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aksiya o‘zining
egasiga dividend shaklida foydani bir qismini olish (o‘zlashtirish)
huquqini beradi.
Amortizatsiya
– kelgusida asosiy fondlarni to‘liq
qayta tiklash
uchun pul mablag‘larini jamg‘arish va ularning qiymatini tiklash
maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot
yoki xizmatga asosiy ishlab
chiqarish fondlarining qiymatini ularning eskirishiga qarab uzluksiz
o‘tkazish jarayoni. Ishlab chiqarish jarayoni va tashqi muhitning ta’siri
natijasida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskiradi, ularning moddiy va
ma’naviy eskirishi sodir bo‘ladi. Bunda mehnat
vositalarining qiymati
uzluksiz qismlarga bo‘linib, amortizatsiya hisoblash yo‘li bilan normativ
xizmat qilish muddati davomida tayyor mahsulotga o‘tkaziladi.
Advalor soliq
– tovar qiymatiga nisbatan qat’i foiz stavkasida
o‘rnatilgan to‘lov. Inflyatsiya sharoitida o‘zining
funksiyalarini
avtomatik ravishda saqlab qoladi. Bu soliqning tarkibiga savdo soliqlari,
imoratga nisbatan ko‘pgina poshlinalar va boshqalar kiritilishi mumkin.
Tovarlarni (import tovarlarni ham) jismoniy va yuridik shaxslarning
mulklarini soliqqa tortishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: