2C = O
NH^
+
v °
C O O H
G lio k sil kislota
Allantoinaza
S iyd ik cK il
8.5-rasm.
Siydik kislotasining hosil bo‘ lishi va chiqarilishi
Podagra. SogTom odam qonida 3-7 mg/dl siydik kislota bo‘ ladi,
uning konsentratsiyasining ko‘payishi (giperurikem iya) podagra
kasalligiga olib keladi. Siydik kislota suvda yomon eriydi, qonda
oqsil va boshqa moddalar bilan birikkan holda bo‘ ladi. Podagra
kasalligida mayda bo‘g ‘ imlarda takrorlanuvchi o‘tkir yalligTanish
kuzatiladi (podagra krizlari). Ko‘pincha kasallik oyoq bosh barmog
ining birinchi bo‘g ‘ imini y a llig ‘ lanishidan boshlanadi. Kriz vaqtida
bemor og‘riq kuchli bo‘ lganligidan, hatto choyshab tegib ketishiga
ham chiday olm ay qoladi. K asallik huruji soatlab davom etadi va bir
necha oydan keyin yana takrorlanadi. Kriz davrida siydik kislotaning
mononatriyli tuzi kristallari bo‘g ‘ imda to‘planadi. Urat kristallarini
leykotsitlar fagotsitlaydi. K ristallar ta’sirida lizosoma membranalari
yem iriladi. A jralib chiqqan lizosoma fermentlari hujayralarni
yem irib tashlaydi. Hujayra parchalanishining mahsulotlari esa
yalligTanishga sabab bo‘ ladi. Uratlarning to‘planib ko‘payib borishi
natijasida podagra tug‘nlari (tofuslar) paydo bo‘ ladi. Ular ko‘pincha
mayda bo‘g ‘ inlar, paylar, tog‘ay va terida to‘planadi. Tofus ustidagi
teri atrofiyaga uchrab yem iriladi va uratlardan tashkil topgan kukun
to'kilib turadi. Bo‘g ‘ im larda tug‘nlar paydo bo‘ lishi ularning shaklini
o‘zgartirib, funksiyasini izdan chiqaradi. Buyrak to‘qim alarida
uratlar to‘planib qolishi podagraning ko‘p uchraydigan asorati -
buyrak yetishm ovchiligiga olib keladi. Uratlardan buyrak toshlari
ham hosil bo‘ lishi mumkin. Podagra keng tarqalgan kasallikdir: turli
mamlakatlarda katta yoshli aholining 0,3 dan 1,7 % gacha bofigan
qismi ushbu hastalik bilan og‘riydi. Erkaklar orasida bu kasallik
ayollarga qaraganda 20 baravar ko‘proq uchraydi.
Giperurikemiya, asosan, irsiy bo‘ ladi. Giperurikemiyaning ogTr
shakli - Lesh-Nixan sindromi X-xromosoma bilan tutashgan retses-
siv belgi sifatida nasldan-naslga o ‘tib boradi (o‘g ‘il farzandlarda
namoyon bo‘ ladi). Bunday bolalarda serebral falajlar ham kuzatiladi,
aql-idroki o‘zgargan bo‘ Iadi, ular o‘zlariga jarohat yetkazadilar:
lab, barmoqlarini tishlab qonatadilar. Bu kasallik «qutqarish
yo ‘ li»da
qatnashuvchi
gipoksantin-g‘aninfosforiboziltransferaza
fermentining norm adagiga nisbatan bir necha ming baravar kamroq
bo‘ lishi bilan bogMiqdir. Shuning uchun gipoksantin va g ‘anin,
nukleotidlar sinteziga sarflanmasdan, siydik kislotaga aylanadi va
giperurikem iyaga olib keladi (8.6-rasm). Podagrani davolashda
allopurinoldan foyda- laniladi, u gipoksantinning Struktur analogidir
(8.7-rasm).
248
AMF -*■
▼
Adenozin
Ksantin
i
Siydik kislota
Do'stlaringiz bilan baham: |