G iperxolesterolem iya. A lim en tar om illarning giperxolestero-
lemiya rivojlanishidagi roii.
Katta odamlar qonida xolesterol miqdori 200±50 mg/dl (5,2±1,2
mmol/1) bo‘ lib, yosh ulg‘ aygan sari ortadi. Qonda xolesterol kon-
sentratsiyasining m e’ yordan ortishi giperxolesterolemiya deb ataladi.
Giperxolesterolemiya
ko'pincha
xolesterolning,
shuningdek
uglevod va y o g ‘ lami, ovqat bilan k o‘ p miqdorda qabul qilinganda
rivojlanadi. Giperkaloriyali ovqatlanish — giperxolesterolemiya
rivojlanishining tarqalgan omillaridan biridir, chunki xolesterol
sintezi uchun faqat atsetil-KoA, ATF va N A D F H zarurdir. Bu
substratlaming barchasi glyukoza va y o g ‘ kislotalari oksidlanganda
hosil bo‘ ladi, shuning uchun ovqat tarkibiy qismlarining ko‘ p
miqdorda qabul qilinishi giperxolesterolemiya rivojlanishiga olib
keladi. M e ’ yorda xolesterolning ovqat bilan qabul qilinishi jigarda
xolesterol sintezini pasaytiradi, lekin yosh katta boMgani sari
boshqarishning samaradorligi ko‘ p insonlarda pasayadi.
Z P L P retseptorining geni: tuzilishi va mutatsiya tu rlari
Ateroskleroz rivojlanishiga moyillikda irsiy omillar muhim
ahamiyatga egadir. Z P L P retseptori geni tuzilishida mutatsiyalar
juda ko‘ p uchraydi.
Z P L P retseptori geni 19-xromosomada joylashgan va 18 ekzondan
iborat. Turli g ‘ ruh ekzonlar bu oqsil tarkibidagi turli domenlarni
kodlaydi. Bu gendagi mutatsiyalar 4 sinfga bo‘ lingan.
1-
sinf mutatsiyalar eng keng tarqalgan b o ‘ lib, retseptorning
to‘ liq boMmasligiga olib keladi;
2-
sinf mutatsiyalarda retseptor sintezlanadi, lekin hujayra
yuzasiga tashila olmaydi;
3-
sinf mutatsiyalarda retseptor hujayra yuzasiga tashiladi,
lekin ZPLPni bogTamaydi;
4-
sinf mutatsiyalarda retseptor Z P L P
bilan
bogTanadi,
lekin endotsitoz sodir b o‘ lmaydi. Z P L P retseptorlari tuzilishidagi
barcha turdagi mutatsiyalardagi o'zgarish giperxolesterolemiyaga
165
olib keladi, chunki Z P L P hujayraga kirmaydi va Z P L P tarkibida
xolesterol qonda to'planadi.
O ilaviy giperxolesterolemiya
Z P L P retseptori yoki u bilan bogTanadigan apo B-100 oqsilining
nuqsoni keng tarqalgan irsiy kasallik - oilaviy giperxolesterolemiyaga
olib keladi. Bu autosom dominant kasaliikning sababi Z P L P
retseptori genidagi nuqsonlar hisoblanadi. Bitta normal gen,
boshqasi
nuqsonli
geterozigotalar
insonlarda
1:500
nisbatda
uchraydi, Afrikaning ba’ zi millatlarida bu nisbat 1:100 ga teng.
Geterozigotalarda hujayra yuzasidagi Z P L P retseptorlarining soni
ikki marotaba kamaygan, plazmadagi xolesterol konsentratsiyasi esa
ikki marotaba k o ‘ payadi. 35 - 40 yoshda qonda geterozigotalarda
xolesterol konsentratsiyasi 400 - 500 mg/dl, bu aterosklerozga va
miokard infarkti yoki insultdan oTim ga olib keladi. Gomozigotalar
juda kam uchraydi — 1:1 000 000 odamlarda. Bunday bemorlar
qonida xolesterol va Z P L P miqdori ilk bolalik davrida 5-6
marotaba ko‘ p boMadi. Z P L P fagotsitoz y o ‘ li bilan makrofaglarga
yutiladi. ZPLPdagi xolesterol va boshqa lipidlami ko‘ p saqlagan
makrofaglar teri va hatto boylamlarda to‘ planib, ksantomalami hosil
qiladi. Shuningdek, xolesterol arteriya devorlarida ham to‘ planib,
aterosklerotik pilakchalar hosil qiladi. Bunday bolalar shoshilinch
yordam muolajalarisiz 5— 6 yoshda nobud boiadilar. Kasaliikning
bunday shaklini davolash qondan plazmaferez yordamidaZPLPni
olibtashlash, engradikal davolash esa-jigartrans- plantatsiyasi usuli
bilan olib boriladi. Z P L P retseptorlarini m e’ yorda saqlagan donor
jigari qonda xolesterol miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi va
aterosklerozdan barvaqt o ‘ limning oldini oladi.
Z P L P retseptorlari genetik nuqsonlaridan tashqari giperxoles-
terolemiyaning, demak aterosklerozning ham sabablari bo‘ lib apo
B-100 tuzilishidagi irsiy nuqsonlar, shuningdek kombinirlangan
giperlipidemiyada
apo
B-100
sintezi
yoki
sekretsiyasining
ortishi hisoblanadi, bunda qonda xolesterol va triatsilglitserol
konsentratsiyasi ko‘ p bo‘ ladi.
Ateroskleroz rivojlanishining omillari:
a)
aniqlangan
omillar:
dislipoproteinemiya,
giperxolesterinemiya, arterial gipertenziya (yuqori qon bosimi),
chekish;
-
166
b)
taxmin
qilinayotgan
omillar:
semizlik.
emotsional
hayajonlanish, kamharakatlilik, irsiy omil va boshqalar.
d) mumkin bo‘ lgan omillar: semizlik, gipodinamiya
Do'stlaringiz bilan baham: |