Frezalash usuli bilan yassi sirtlar randalashdagi kabi bir tig‘li — asbob keskich bilan
balki ko‘p tig‘li aylanuvchi asbob freza bilan ishlov beriladi. Dastgoh sto-liga
harakatni dast-gohning shpindelidan oladi. YAssi sirtlarni tores va silindrik frezalar yordamida
frezalashga nisbatan an-chagini unumli, chunki tores freza yordamida frezalashda metalni bir
necha tishlar bilan bir paytning o‘zida kesish mumkin, shuningdek, katta diametrli ko‘p sonli
tishlari bo‘lgan frezalarni qo‘llash imkoni ham bor. Silindrik frezalar yordamida
frezalashning ikki usuli mavjud. Birinchi usul — qarama-qarshi frezalash, bunda frezaning
aylanish yo‘nalishi surishga qarama-qarshi bo‘ladi (13.2-rasm, a); ikkinchi usul yo‘laki
frezalash bo‘lib, bunda frezaning aylanish -yo‘nalishi surish yo‘nalishi bilan bir xil
bo‘ladi (13.2-rasm, b).
11.2-rasm. Frezalash sxemalari
a-qarama-qarshi frezalash
b- yo‘laki frezalash
B ir in c h i u s u ld a fr e z a la s hd a qirindi qalinligi har bir tishning
metallga kirib borishi bilan sekin asta kattalashib boradi. Kesishning boshlang‘ich davrida
kesish sirti bo’yicha tishlarning tig‘i bir oz sirpanadi, bu ishlov berilgan sirtda naklep hosil
bo‘lishiga va tishlarning o‘tmaslashishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchi usulda frezalashda qirindining qalinligi sekin-asta kichrayib boradi. Unumdorlik
va ishlov berilgan sirt sifati birinchi usulga nisbatan yuqori bo‘li-shi mumkin, birrq ikkinchi
usulda frezalashda freza tishi kesish chuqurligi bo‘yicha to‘la metallni qamrab oladi va shunday
qilib, kesish zarba bilan operatsiyaga oshadi. SHuning uchun ikkinchi usulda frezalashni
konstruksiyasi yuqori bikirlikka ega bo‘lgan dastgohlarda amalga oshirish mumkin. Mana shu
sababga ko‘ra ikkinchi usulga qaraganda birinchi usul ko‘proq qo‘llaniladi.
Frezalash dastgohlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Gorizontal frezalash
2. Vertikal frezalash
3. Universal frezalash
4. Bo‘ylama fryozalash
5. Karuselli freza-lash
6. Barabanli frezalash
7. Maxsus frezalash.
Frezalash dastgohlarining birinchi uch turi umumiy maqsaddagi frezalash dastgohlari
bo‘lib hisoblanadi; qolganlari yuqori unumdorli turiga kiradi va seriyali, ko‘p seriyali va yalpi
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Gorizontal frezalash va vertikal frezalash dastgohlarining stoliga
bitta yoki bir necha detalni qator o‘rnatib, ular bir vaqtda yoki ketma-ket frezalar yordamida
ishlov berish mumkin.
Universal frezalash dastgohdari gorizontal frezalash dastgohlaridan farqli o‘laroq
buraluvchi stolga ega. Buraluvchi stolga shpindel o‘qiga nisbatan burchak ostida gorizontal
holat berish mumkin. Bu esa universal bo‘luvchi kallak yordamida vintli
sirtlarga ishlov berish
imkonini beradi.
Bo‘ilama frezalash dastgohlarining gorizontal va vertikal shpindellari turli xil vaziyatda
joylashgan: bitta gorizontal yoki bitta vertikal shpindelli; ikkita gorizontal; ikkita gorizontal
va ikkita vertikal shpindelli bo‘ladi. Bunday dastgohlar katta o‘lchamli (stolning yurishi 8 m va
undan uzun) bo‘ladi; ulardan bir vaqtning o‘zida yirik detallarning ikki yoki uch tomoniga
ishlov berishda foydalaniladi.
11.3-rasmda bo‘ylama (a) va gorizontal (b) dastgohlarida yuqori unumdorli frezalash
ko‘rsatilgan.
Bur a lu vc h i stol 4 hisobigamshlovberilgandetallar 1 va 2ning almashti-rilishi
frezalas h vaqt id a amalga oshiriladi; yordamchi vaqt faqat stolpi orqaga olib k e t is h va
u n iburis h uchun sarf bo‘ladi xolos, ikkita detalga ishlov be rish uchun vaqt 0,2-0,5
minutdan oshmaydi
11.3-raom. Unumdorligi yuqori bo‘lgan frezalash usullari:
1 va 2 ishlov beriladigan detallar
3-
dastgoh stoli
4 —
buraluvchi stol
Karus e lli frezalash dastgohlari buraluvchi katta diametrli stolga va vertikal joylashgan
bitta yoki ikkita shpindelga ega bo‘ladi. Bu dastgohdarda tores frezalar yordamida yassi sirtlarga
ishlov beriladi. Stol aylanayotgan paytda ishlov berila-digan detalg o‘rnatib, ishlov berilgani
olib turiladi, shunday qilib, detalga uzluksiz ishlov beriladi, agar dastgohda ikkita shpindelx
bo‘lsa, birinchisi bilan zago govka ishlov beriladi, ikkinchisi bilan esa toza ishlov beriladi,
Bunday dastgohlar yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi.
Barabanli frezalash dastgohlari bir vaqtning o‘zida detalning paralleL sirtlarini ikki
tomonidan ishlov berish umui ko‘llaniladi,
Ishlov beriladigan detallar barabanga o‘rnatiladi. Baraban peshtoq shakilga ega bo‘lib,
staninaning ichida aylanadi. Frezalar ikki
Do'stlaringiz bilan baham: