Detal yuzalarning aniqligi, tozaligiga qo’yilgan talablar. Detal yuzalarining aniqligi, tozaligi qancha yuqori bo’lsa bu yuzalarni tayyorlash shuncha murakkab bo’ladi. Natijada bir necha bor mexanik ishlov berish zarur bo’ladi. Bu esa qo’yimlar miqdorini ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, detalning har-bir o’rnatishdagi xatoliklarni, termik ishlov natijasida o’lchamlarni o’zgarishini inobatga olib qo’yim miqdorini orttirib borishga to’g’ri keladi, chunki mexanik ishlov berishda ushbu xatoliklarni hisobga oluvchi qo’yim olib tashlanishi kerak.
O’rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar.
Zagotovka turlarini sanab o’ting.
Zagotovka turlarini tanlashda nimalarga ahamiyat beriladi?
Zagotovka tayyorlashda ishlab-chiqarish turi va o’lcham aniqligi, yuza sifatining ahamiyati nimalardan iborat?
Mashina detallari uchun zagotovkalardan misollar keltiring.
Mexanik ishlov berishda qo’yim nima?
Qo’yimning turlari qaysilar?
Qo’yimni hisoblash usullari qaysilar?
Mavzu
5. TEXNIK ME’YORLASH ASOSLARI TEXNIK ME’YORLASH ASOSLARI
Texnik asoslangan vaqt me’yori to’g’risida tushuncha va uni aniqlash usullari.
Texnik me’yorlash deganda ma’lum bir ishni bajarish uchun sarflangan vaqt me’yorini aniqlash tushiniladi. Vaqt me’yorini to’g’ri belgilash ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega. Ishni bajarish uchun sarflangan vaqt birligi texnologik jarayonni qanday darajada takomillashganligini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biridir.
Vaqt me’yorini texnik hisoblar va tahlillar asosida dastgohlarni, kesuvchi asboblarni imkoniyatlaridan to’liq foydalanishni, ishlov berilayotgan detalga qo’yilgan texnikaviy shartlarni inobatga olib aniqlanadi.
Mashinasozlikda vaqt me’yorini belgilash metall kesish dastgohlarida bajariladigan alohida operatsiya uchun sarflangan vaqtni yoki vaqt birligi ichida tayyorlanadigan detallar miqdorini aniqlash demakdir.
Shunday qilib texnik asoslangan vaqt me’yori deganda ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ishlab chiqarish vositalaridan ilg’or usullar yordamida unumli foydalanib texnologik jarayon operatsiyaini bajarish uchun sarflangan vaqt tushiniladi.
Vaqt me’yorini o’rnatishda quyidagi shartlarni inobatga olish zarur:
Ish ma’lum toifali ishchi tomonidan bajarilishi zarur;
Ushbu ishni bajarish uchun eng unumdor moslama va asboblar qo’llanilishi zarur;
Optimal kesish ma’romlari tanlanishi kerak, ko’p keskichli dastgohlar va shu kabi yuqori unumdorlikka ega usullardan foydalanish zarur;
Mexanik ishlov berish uchun qo’yimlar miqdori to’g’ri belgilanishi kerak;
Vaqt me’yoriga dastgoh ishlab turgan paytda qo’lda bajariladigan ishlar kiritilmasligi kerak;
Vaqt me’yoriga nuqsonli detallarni to’g’rilashga va ularni o’rniga boshqasini tayyorlash uchun sarflangan vaqt kiritilmaydi;
Ishni to’g’ri tashkil qilish maqsadida ish o’rniga chizmalar, materiallar, moslamalar, kesuvchi va boshqa asbob-uskunalar avvaldan keltirib qo’yilishi zarur;
Kesuvchi asboblarni charxlash markazlashgan bo’lishi zarur; CHarxlangan kesuvchi asbobni ish o’rniga tayyor holda uzatiladi;
Vaqt me’yoriga xal qilinmagan tashkiliy masalalar bo’yicha to’xtashlar uchun va boshqa ko’rinishdagi uzilishlar uchun sarflangan vaqt kirmaydi;
Vaqt me’yori normal ish sharoitidan kelib chikkan holda belgilanishi
zarur.
Texnikaviy vaqt me’yori ishchining ish xakini belgilashda va mahsulotni tannarxini kalkulyasiya tuzilishda asosiy omillardan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |