III BOB.
“Sabba’i sayyor” dostonining syujet kompoztsiyasida
ranglar mohiyati
Ranglarning adabiyotda tutgan o‘rni to‘g‘risida talaygina maqolalarni ham
uchratishimiz mumkin: O‘zbek tili va adabiyoti. 2006, 1-son Sirdaryoxon
O‘tanovaning “Poetik tasvirda libos va rang uyg‘unligi” mavzusidagi
maqolasisi buning isbotidir.
Poetik tasvirda libos va rang uyg‘unligi
Badiiy adabiyotda, jumladan, she’riyatda rang bilan bevosita aloqador
haqiqatlar tasviri muhim o‘rin tutadi. Bu tasodifiy hodisa emas albatta. Chunki
Odam Ato tug‘ilib, ko‘z ochgan dunyo rangli dunyodir. Shuning uchun rang
insonga alohida taassurot bag‘ishlaydi. Zero, Qur’oni karimning ham bir necha
oyatlarida dunyoning barcha yaratiqlari turli-tuman ranglarda yaratilganligi
aytiladi. Masalan,bu o‘rinda: “...ranlarni turli bo‘lgan mevalarni chiqarganimizni
ko‘rmadingizmi?”
1
, “...toklarning oq – qizili, rang-barang – yo‘l-yo‘lisi ham, tim
qorasi ham bordir”, “...shuningdek, odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari
orasida ham turli ranglari bordir”
2
kabi oyatlarni eslatish mumkin.
Inson farzandining aql-idroki o‘sib, jamiyat rivojlangani sayin rangga doir
qarashlar ham kengayib borgan. Natijada, odamlar olamni tushunishdagi mifologik
tasavvurlarida (masalan, qizil rang orqali olov, quyosh yoki qon, hayot
jo‘shqinligini tushunganlar), urf-odatlarda (qora va ko‘k ranglar motam belgisi),
davlat va jamiyatning siyosiy hayotida, hatto tush ko‘rganda (masalan, yashil rang
baxtva omad ramzi
3
) ham ma’no-mohiyatni bevosita rang bilan bezashgan. Rang
kishilarning kundalik hayotiy munosabatlariga ham ta’sir o‘tkazganligini Mahmud
Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asaridagi mana bu maqol tasdiqlaydi;
“Qilnu bilsa qizil kizar,
1
Қуръони карим. Алоуддин Мансур таржимаси. Тошкент, 1991, (35:27).
2
Ўша ерда (2:46).
3
Таъбирнома. Тошкент, 2001. 33-бет.
52
Japanu bilsa jamil kizar.”
Xotinlar eri bilan suhbat istaganda qizil ipakli kiyadi, yalinish va
xushomadgo‘ylik vaqtida yashil kiyim kiyadi. Xotinlar haqidagi bu maqol
maqsadga erishish, yoqimli muomalada bo‘lishni eslatish maqsadida ishlatiladi”
1
.
Xullas, shu va shu singari yana bir qator sabablarga ko‘ra rang bir mavqega
erishgan. Aslida ham go‘zallikni anglash, bu, ayni vaqtda, rang sirlaridan voqif
bo‘lmoqdir. Badiiy ijodda nimani tasvirlash emas, qanday tasvirlash muhimdirki,
bunda rangning roli juda yuqori.
Rangdan bahs yuritilganda libos, libos haqida gapirilganda, albatta, rang
xotirga keladi. Ehtimol, shuning uchundirki, mumtoz she’riyatimizda bu
tushunchalar tabiiy tarzda o‘zaro uyg‘unlik topgan. Ma’lumki, teatr san’atida libos
hal qiluvchi ahamiyatga ega. San’atshunos D.Qodirovaning yozishicha, “...libos va
pardoz aktyorlarga ham ruhiyat bag‘ishlaydi, ham qahramonlarning ruhiy
holatlarini”
2
tabiiy va samimiy jonlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Lekin hayotda
ham libosning o‘rni teatrdagidan aslo kas emas. Shu nuqtai nazardan libos turlariga
qaraydigan bo‘lsak, qadim ajdodlarimiz kiygan kiyimlarning turlari biz tasavvur
qilgandan ko‘ra ko‘p ekanligi ravshanlashadi. Masalan, Navoiy she’rlarida erkak
va ayollar kiyadigan 20 dan ortiq libos turlari tilga olingan: “xil’at”, “abo”, “qabo”,
“harir”, “jul”, “xirqa”, “po‘sh”, “joma”, “tanpo‘sh”, “yopuq”, “diklay” (ba’zi
o‘rinlarda “dakla”, “dekla”), “po‘stin”, “chakmon”, “debo”, “saqarlot”, “jubba”,
“sinjob”, “pashmina” va hakozo. Bu liboslarning rangini aks ettiruvchi
sifatlovchilar ham xilma-xil bo‘lib, ular bevosita lirik qahramonning u yoki bu
holatini namoyon qiladi. Jumladan, oshiqning hijronda ezilgan dardli, hazin
kayfiyati “sarig‘ hulla”, “xazoniy kasvit”, “sarig‘ libos”, “sarig‘ to‘n” kabi iboralar
vositasida gavdalantirilgan.
Ul sarig‘ to‘nlug‘ turganda ta’zimg‘a tik,
1
Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. Уч жилддик. 1-жилд. Тошкент, 1960. 500-бет.
2
Қодирова Д. XX аср ўзбек театрида либос ва пардоз муаммоси. НДА. Тошкент, 2002. 8-бет.
53
Shu’lakim, xoshokni kuydurgali bo‘lg‘ay biyik
1
.
Taniqli navoiyshunos Yo.Ishoqov Navoiy lirikasiga bag‘ishlangan bir
maqolasida: “...g‘azallarda shoirning his-tuyg‘ulari, nozik kechinmalari xilma-xil
tashbehlar, original istioralar va avtor maqsadi, munosabatining ochilishiga imkon
beruvchi ma’naviy va lafziy san’atlar o‘zining go‘zal va tabiiy ifodasini topgan”
2
–
deb yozadi. Darhaqiqat, yuqoridagi bayt “tamsil” san’atining ajoyib namunasi
bo‘la olishi bilan ham xarakterlidir, ya’ni birinchi misradagi sariq to‘nli dilbarning
ta’zimga qad rostlashi ikkinchi misrada hayotiy bir hodisa bilan dalillanadi. Go‘zal
yor ishqida yonib, hijronida o‘rtanib xazon bo‘layozgan oshiq (xoshok)ni sarig‘
to‘nli ma’shuqa – “shu’la” yanada battarroq ishq otashida yondirishiga
qiyoslanadi. “Biyik” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “katta, ulug‘, tik” bo‘lib, quruq
xoshok odatda balandlab, ya’ni tik yonadi.
Yoydi poyandoz uchun gulgun haririn yer uza,
Azmi gulshan qilg‘onin chun ayladi idrok gul
3
.
Ya’ni: gulgun harir libos kygan dilbar gulshanga qadam qo‘yganini payqagan
bog‘ unga qizil gullardan poyandoz to‘shadi.
Ey Navoiy, xisvati gar obgundir, ne ajab,
Bu yaqindurkim, bo‘lur suv ichra durri shahvor
4
.
Bu endi boshqa manzara: yorning nozik vujudidagi libos suv rangida. Shu
boisdan ham uning nomi “kisvati obgun” dir. Oshiq uning shunday kiyim
kiyishidan ajablanmaydi. Chunki “durri shahvor” ham yerda emas, balki suv ichida
bo‘ladi. Demak, bu yerda ma’shuqaning siyratiga alohida urg‘u berilmoqda.
1
Алишер Навоий. Наводир ул-ниҳоя//Мукаммал асарлар тўплами. 2-жилд. Тошкент, 1987, 299-бет.
2
Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. Тошкент, 1983. 127-бет.
3
Алишер Навоий. Наводир ун-ниҳоя. 263-бет.
4
Алишер Навоий. Бадеоеъ ул-бидоя. Мукаммал асарлар тўплами, 1-жилд. Тошкент, 1987. 199-бет.
54
Boshqa bir baytda o‘qiymiz:
Revu rang ahli muridi bo‘lmag‘ilkim, Xizr emas,
Xirqasin har ahmoq etsa baqli hamqodek yashil
1
.
“Revu rang” - hiyla-makr, “baqli hamqo” – semizo‘t. Qadimiy tasavvurlarga
binoan, Xizr alayhissalom uchun xos rang yashildir. U doimo yashil to‘nda
ko‘rinadi. Shoir aytmoqchiki, sen yashil semizo‘tga o‘xshash “xirqa” kiygan har
bir kishini pir deb o‘ylab, unga murid bo‘lishga shoshilma. Zero, yashillik revu
rang – makr –hiyla ramzi ham bo‘lishi mumkin. Lekin yashil rang boshqa bir
boqiy haqiqat tantanasini ham aks ettiradi:
Muvofiq kiydilar, bo‘lmish magar Navro‘z ila bayram,
Chaman sarvi yashil xil’at, mening sarvi ravonim ham
2
.
“Xil’at” - libosning xos bir turi bo‘lib, to‘y-shodiyonalarda kiyishga
mo‘ljallangan hashamatli kiyim sanaladi. Navro‘z kelishi bilan tabiat uyg‘onib,
bog‘-gulzor, dala-qirlar yam-yashil to‘nga burkanadi. Shunga o‘xshab, yashil xil’at
kiygan ma’shuqa ham oshiq ko‘nglini bahorga aylantirgan.
Ba’zan qiz-juvonlarning ustidagi libosda bir necha rang go‘yo yal-yal yonib,
ko‘zni yashnatadi. Kamalakni eslatadigan va kamalakka nisbat berilgan yetti
rangni aks ettiruvchi bunday zarrin kiyimlarning tarixi uzoqlarga borib taqalashini
quyidagi baytdan anglab olish qiyin emas:
Yetti rang debon zarkordin,
Mukallal qilib durri shahvordin
3
.
1
Ўша асар, 212-бет.
2
Ўша асар. 386-бет.
3
Алишер Навоий. Наводир ун – ниҳоя. 312-бет.
55
“Debo” – nozik, nafis ipak kiyim bo‘lib, shoir ta’kidi bo‘yicha u yetti rang
bilan ziynatlangan. Ayni paytda, unga durlar qadalgan.
Biz yuqorida qizil rang, aniqrog‘i, qizil ipakdan tikilgan ko‘ylakning erkak va
ayol munosabatlarida ijobiy ta’sirga egaligi haqida so‘zlagan edik. Ammo ushbu
rang hamma vaqt, hamma holatlarda ham yaxshi kayfiyat, holat va maqsaddan
dalolat beravermagan. Shoh va sultonlar ustidagi qizil libos qahr, g‘azab, hatto
xunrezlikka ishorat qilgan. Bu haqda Navoiy shunday deydi:
To‘kti qon gulgun libosin kiygach ul xo‘blar shahi,
Qon to‘kar emish qizil to‘n kiysa, beshak, shohlar
1
.
Birinchi misradagi “xo‘b” – go‘zal ma’nosini bildiradi, demak, “xo‘blar
shahi” – “go‘zallar shohi” demak. U gulgun, ya’ni gul rangli qip-qizil libos
kiyganda go‘yoki oshiqning jallodiga aylanadi. Nima uchun? Chunki qadim
davrlardagi urfga ko‘ra, ba’zi shohlar qizil to‘n kiyganda albatta qon to‘kilgan
ekan. Tarixchi Mas’udiyning “Ajoyib al-dunyo” nomli asarida bu xususda shunday
ma’lumot berilgan: “...turklar eng buyuk hukmdorlarini xoqon derlar. Uning toji,
taxti va kamari oltindandir. Turklar ipak liboslar kiyarlar. Rivoyatga ko‘ra, ularni
xoqonlar xalqqa ko‘p ko‘rinmasmish, ko‘ringan taqdirda uning oldida hech kim
bo‘lmasmish... Hukmdorning muayyan bir kuni bordir, shu kun hukmdor nomiga
ulkan bir gulxan yoqilur. Hukmdor yuqoridan gulxanga qararkan, kohinlar olovga
yuzlanib, qandaydir duolar o‘qirlar. Shunda olov ichidan buyuk bir qiyofa tepaga
yuksalar. Agar bu qiyofa yashil bo‘lsa, yomg‘ir va mo‘l-ko‘lchilikka, oq rangda
bo‘lsa, qurg‘oqchilikka, qirmizi bo‘lsa, qon to‘kilishiga, sariq bo‘lsa, xastaliklarga
va vaboga, qora bo‘lsa, hukmdorning o‘limiga va uzoq safarga chiqishiga dalolat
etar”
2
. Balki Alisher Navoiy mazkur ma’lumotdan xabari bo‘lmagandir, lekin bu
xususda albatta eshitgan, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan naqllardan voqif bo‘lgan.
E’tiborlisi shundaki, Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”
hamda “Xazoyin ul-maoniy” devonida tasvir boshdan-oxir libos va rang bilan
1
Алишер Навоий. Бадоеъ ул-бидоя. 213-бет..
2
Ganiz Faza`il. El-Etrak. Ankara, 1988. s.33.
56
bog‘liq bo‘lgan bir nechta g‘azallar uchraydi. Biz ulardan birini to‘liq
keltirmoqchimiz:
To‘rt rangi muxtalifdan hullakim, jonon kiyar,
To‘rt unsur kisvatidur go‘iyokim, jon kiyar.
O‘zbeki gulnori to‘ndin kuydim, ammo o‘lturur,
Limuyi terlik aning ostidakim, jonon kiyar.
Ikki yonimni shigof aylabturur bu rashkkim,
Ikki yonidin shigofin bog‘lamay qapton kiyar.
Gul bila savsan katon yanglig‘ bo‘lur mahtob aro,
Ko‘nglaki gulgun bila chun savsani katton kiyar.
Oraz uzra sho‘xlug‘dinmu yoyar sinjobini,
Yo‘qsa sinjobi bulutturkim, mahitobon kiyar.
Har chubulg‘an toridur sarrishtai izzu sharaf,
Eski sholekim, fano ko‘yida uryon kiyar.
Gar Navoiy jandasin shoh oldi, tong yo‘q, chunki ishq.
Poki beg‘ashdur, gadoning kisvatin sulton kiyar
1
.
Biz g‘azalni hech ikkilanmasdan o‘ziga xos “libosnoma” desak, xato
bo‘lmaydi. Unda xulla, kisvat, to‘n, limuyi terlik, qapton, katon, ko‘nglak, sinjob,
shol, janda singari o‘n turli libosning ta’rifu tavsifi berilgan. Ularning ranglari esa
bir-biriga o‘xshamaydi.
Alisher Navoiy lirik qahramonining jinsi, yoshi, hol va kayfiyati haqida
yorqin tasavvur beruvchi libos va unga uyg‘un ranglarni tanlashga alohida e’tibor
qilgan. Shu ma’noda ulug‘ shoir she’rlarini o‘rganish, rang va liboslarga tegishli
tasvirlarning ham ma’no, ham go‘zallik, ham mahorat sirlarini yoritish maqsadga
muvofiq. Chunki bunda Alisher Navoiy dahosining yangi bir qirrasi namoyon
bo‘ladi.
1
Алишер Навоий. Наводир ун-ниҳоя. 229-бет.
57
Shuningdek, O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi
Do'stlaringiz bilan baham: |