Chorshanba kuni uning homiysi Utorud (Merkuriy) rangiga mos moviy
qasrda Bahrom navbatdagi jahongashtadan Mehr va Suhayl haqidagi hikoyani
tinglaydi. Unga ko'ra, Adan degan joyda bir orolni o'z makoniga aylantirib
dengizda qaroqchilik qi-lishni kasb etgan Jobir degan yo'lto'sar Behishti saro
shahrining go'zal malikasi sayr qilib chiqqan qayiqni qo'lga kiritadi. Lekin Mehr
shu qadar go'zal ediki, Jobir uni ko'rib hushini yo'qotardi. Shuning uchun qizga
yaqinlasha olmay, o'zining baland devorlar bilan o'ralgan bog'ida yashashiga ruxsat
beradi. Mehrning otasi Navdarshoh Yaman mamlakati shohi No'monning o'g'li
Suhaylga qizini bermoqchi edi, shuning uchun Shoh No'mon o'g'lini kema-ga
chiqarib Navdarning mamlakatiga yuboradi. Suhayl dengizda Jobirga yo'liqadi va
jangda yengilib qoladi. Suhaylning jang qi-lishiga, jasoratiga qoyil qolgan Jobir
uni o'ldirmasdan o'z bog'ida-gi bir chohga tashlatadi. Shoh Navdar va No'mon
o'zaro xat yo-zishib birgalikda Jobirga hujum qilishga kelishadiiar. Navdarshoh
quruqlikdan, No'mon shoh dengizdan Jobir ustiga qo'shin tortish-ga ahd qiladilar.
Quruqlikdan kelayotgan Navdar askarlaridan aj-rab, ovga berilib Jobir qo'liga asir
tushadi. Dengizda esa No'mon shoh ham yengilib dengiz qaroqchisiga tutqun
bo'ladi.
Mehr visoliga yetisholmagan Jobir esa ichkiiikka zo'r bera-di. Mehr bog'da
aylanib yurib chohda yotgan Suhaylni bilib qolib qutqaradi, so'ng Suhayl Jobir
bilan jang qilib uni yengadi va tutqun-likdagi hamma ozodlikka erishib murod-u
maqsadga erishadilar.
43
Mazkur hikoya poyon topgach, shoh Bahrom roviyni munosib taqdirlab,
uyquga ketadi.
Chorshanba kuni havo rang (nilufar rangli) qasrda hikoya tinglanar ekan, biz
uni 2 xil talqin etishimiz mumkin. Birinchi jihati Olloh taolo ushbu kuni
Rabg‘uziyning keltirishicha: “Suvni yaratdi, yellarni, bulutlarni chiqardi, daraxtlar,
o‘t-o‘lanlarni yaratdi, ularga urug‘ boylab ko‘payish xususiyatini ato etdi,
44
hammaga rizq-ro‘z ulashdi.
1
” Ko‘rinib turibdiki olamdagi moviy, ko‘klikka
burkangan mo‘’jizalar ushbu kuni bunyod bo‘ldi.
Ikkinchi jihatdan havo rang – nafsi Roziya ya’ni nafs sifatlari yo‘qolib,
“Holo”ga iste’dod qarorida boshlaydi. Ollohdan kelgan har narsaga to‘la to‘kis rozi
bo‘linadi.
Ushbu kuni Mehr va Suhayl hikoyasi tinglanar ekan, hikoyadagi aksariyat
hodisalar dengizda ro‘y beradi. Shuningdek bundan tashqari hikoyani o‘qish
davomida ushbu rangning motam belgisini ifodalashiga ham guvoh bo‘lamiz:
Topibon ashki nilufarda marmar,
Yo‘q, ajab bahr ichinda nilufar.
Ko‘ngli gar nilufarg‘a ro‘qib edi,
Mehr ila nilufar munosib edi.
Nilufar sari ko‘p qilib ohang,
Kiymakin ham qilib loli ul rang.
2
ya’ni jobir qo‘liga tushgach, aza tutib nilufar rangli – ko‘k kiyim kiyganligi
berilyapti.
Hikoya oxirida esa Mehr va Suhayl o‘z maqsadlariga yetgandan so‘ng, nilufar
rangli libos kiyishni odat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |