Sabablari: jaroxatlar (muskullar, suyaklar, ichki organlar) shikastlanishi



Download 16,08 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi16,08 Kb.
#463763
Bog'liq
Travmatik shok -WPS Office


Travmatik shok - shikastlangandan keyin ro'y berib, shikastlangan kishining ahvoli juda og'ir bo'ladi. shokning oldini olish uchun iloji boricha zudlik bilan tez yordam chaqirish, vrach kelguncha bemorga birinchi yordam ko'rsatish, ya'ni shikastlanishga sabab bo'lgan omillar (mas, yonayotgan kiyimboshni o'chirish, qulagan joy ostida qolib ketgan kishilarni olib chiqish va boshqalar)ni bartaraf etish, qon oqishini to'xtatish, qo'l, oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay qo'yish (q. Suyak sinishi, Suyak chiqishi), og'iz bo'shlig'ini ivigan qondan tozalash va sun'iy nafas oldirish lozim.

Sabablari: - jaroxatlar (muskullar, suyaklar, ichki organlar) shikastlanishi.

Belgilari: - bemor xushida bo'lsa, jaroxat joyida qattiq og'riq sezadi. Bezovta, xarakat chegaralanadi. Bemor xushida bo'lmasa, qorachiqlar torayishiga qarab, jaroxat bor yo'qligiga gumon qilish mumkin. Jaroxat joyi ko'karishi, qon oqishi, shishib chiqishi, suyak chiqib qolishi mumkin. Bemorning axvoli og'ir, rangi oqargan, bo'zargan, og'riqdan ingraydi.

TEZ YORDAM CHORALARI

VRACH KELGUNCHA

1. Qon ketishi to'xtatiladi (tasma, tomirni siqish, bosish, bog'lov qo'yish)

2. Og'riqsizlantiruvchilar. Yengil travmalarda Baralgin, Analgin, Trigan, Maksigan, 3.5mg dan m/o (bolalarga 1.2mg m/o, so'ng isitgich qo'yiladi), og'ir travmalarda Promedol, Omnapon, Morfin 1% 1ml m/o (bolalarga 1 yoshdan keyin 0.5-1ml m/o yoshiga va axvoliga qarab) yoki blokadalar 0.5%-0.25% Novokain bilan

3. Ketgan qon o'rnini to'ldirish. Reopoliglyukin yoki poliglyukin 300-400ml v/i/t (bolalarga 15ml/kg/v v/i/t)

5. Singan, chiqgan suyaklarni, paylarni immobilizatsiya qilish

6. Kuchli nazorat ostida transportirovka qilish

7. Glyukoza 20% - 100ml Vitamin B6 1ml Kokarboksilaza 50-60mg (bolalarga glyukoza 5ml/kg/v v/i/t Vitamin B6 0.3-0.6ml Kokarboksilaza 20-30mg)

8. Kislorod berish 10-15 minut

ESLATMA

1. Travmatik shokda yog'li emboliyadan extiyot bo'lish lozim.

2. Travmatik shokda ichki organlar jaroxatlangan bo'lsa, ichki qon ketishida qon bosimi 60mm.sim.ust.da va undan ham past bo'lsa og'ir shokni III-IV darajalarida narkotik moddalar qilinmaydi!

3. Bemorni transportirovka qilishda infuzion terapiya davom ettirib boriladi

4. Qon bosimi doimiy nazorat qilib turiladi

v/i/t - vena ichiga tomchilatib


v/i - vena ichiga
m/o - mushak orasiga
t/o - teri ostiga

Bilib qo'ygan yahshi!

Revmatizm - infeksion allergik kasallik xisoblanadi. Bu biriktiruvchi to'qimaning infeksion allergik kasallik bo'lib, patologik jarayonga yurakni albatta qo'shilishi bilan kechadi
Gemodializ (gemo... va dializ) — qonni zaharli moddalardan tozalash, qon muhiti va suv-minerallar almashinuvini muvozanatlash usuli. Asosan oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligidya, kislotalar, ishqorlar va b. moddalardan zaharlanganda, organizmga mos qelmaydigan qon quyilgan hollarda qoʻllaniladi. G.da vena yoki arteriya qoni maxsus kapillyarli dializatordan oʻtkazilib, qon tarkibidan ortiqcha suv, siydikchil va b. keraksiz moddalar soʻrib olinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida organizmni buyrakni koʻchirib oʻtkazishga tayyorlashda asosiy muolaja hisoblanadi. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligida G. qoʻllash zararlangan buyrakka dam berib, soʻngra uning faoliyati tiklanishiga olib keladi.
Plazmaferez (sinonimlar: plazmaferez, plazmaferez, plazmaferez, plazmatsitoforez [1]) - plama (plazma (qon)) + ἀphapiresos (qonni olish yoki olib tashlash) - qonni olish yoki qaytarish, tozalash va qaytarish jarayoni. Bu ekstrakorporeal protsedura (tanadan tashqari protsedura). Plazmaferez ham terapevtik (organizmdan zaharli tarkibiy qismlarni olib tashlash), ham donor bo'lishi mumkin: barcha qonni qaytarish o'rniga faqat qon hujayralari qaytib keladi va plazmaning bir qismi keyinchalik turli dorilar ishlab chiqarishda foydalanish uchun saqlanadi [2].

Plazmaferez qurilmasi



Donor plazmaferez, plazma olish usuliga qarab, apparat, markazdan qochma, membrana va cho'kma (cho'ktiruvchi) plazmaferezga bo'linadi. Donor plazmaferez paytida qonning bir qismi tanadan tizimga, shishaga, gemokonteynerga chiqariladi, bu usulga qarab plazma va tanachalarga bo'linadi: qon hujayralari - eritrotsitlar (qizil qon tanachalari), leykotsitlar. (oq qon hujayralari), trombotsitlar (qon ivish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar). Qon hujayralari tanaga qaytadi va olingan plazma terapevtik plazmaferez yoki donor bo'lishiga qarab, utilizatsiya qilinadi, qon quyish, tarkibiy qismlar yoki qon mahsulotlarini olish uchun ishlatiladi. Agar plazma muzlatilgan va qaytarilsa, protsedura kriyoferez deb ataladi.

Kalla suyagi va bosh miya yopiq jarohatlari. Hozirgi zamon urushida umumiy jarohatlanganlarning 15-30 % ini kalla suyagi va bosh miya jarohati olganlar tashkil etishi mumkin.


Barcha bosh miya jarohatlari uchta asosiy guruhga bolinadi:
1. Miya yopiq jarohati miya chayqalishi simptomlari bilan kechadi. Bu eng ko‘p uchraydigan jarohatdir. Barcha bunday jarohatlanganlarni klinik ko‘rinishlari sezilarli boMmagan miya chayqalishi olganlarga va klinik ko‘rinishi yaqqol boMganlarga bo‘linadi.
Qisqacha: MYJ - chayqalish (ko'rinarli, yaqqol) bo‘ladi. Birinchilarni o‘tirgan holatda ko‘chirish qilinadi. Ikkinchilarni faqat yotgan holatda ko'chiriladi.
2. Miya yopiq jarohati, miya lat yeyishi simptomlari bilan kechadi (yengil, o‘rta og‘ir, og‘ir darajali).
MYJ - lat yeyish (I, II, III darajali)
3. Miya yopiq jarohati kalla suyagi ichi gematomasi natijasida kuchayib boruvchi bosh miya ezilishi simptomlari, tez rivojlanadigan miya shishi, pnevmasefaliya, kalla suyagining katta maydonida botiq sinish bilan kechadi.
Qisqacha: MYJ - ezilish. Miya kompressiyasi (ezilish) kuchayib borayotgan jarohatlanganlarga birinchi navbatda jarrohlik muolajalari o‘tkazish talab qilinadi. Sanab o‘tilgan bosh miya jarohati kalla suyaklari shikastlanishi bilan birga boiishi mumkin.
Kalla suyaklari sinishi joylashishi bo‘yicha (kalla gumbazi, asosi) va turi bo‘yicha (chiziqli yoki yoriqli, botib kirgan, parchali sinish)ga bo'linadi.
Miya yopiq jarohati simptomlari umumiy (umummiya) va mahalliy (o‘choqli) boladi.
Umummiya simptomlari: behush holat, bosh og‘rig‘i, qayt qilish, bradikardiya, bosh aylanish. Ular miya ish faoliyatining buzilishidan kelib chiqadi.
Mahaliiy (o‘choqii) simptomlar falajlar, afaziya, sezuvchanlik va ko‘rishning buzilishi. Mahaliiy (o‘choqli) simptomlar miyaning qaysidir markazi, analizatorlar joylangan qismi jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi.
Yopiq-ochiq miya jarohati klinik kechuvi og‘irligi hushini yo‘qotish darajasi va muddatiga qarab baholanadi. Hushdan ketish holatining quyidagi gradatsiyasi qabul qifingan (A. N. Konovalov, 1982): 1. Aniq. 2. Yuzaki ganglik. 3. Chuqur ganglik. 4. Sopor. 5. Yuzaki koma. 6. Chuqur koma. 7. O‘ta chuqur koma.
Miyaning chayqalishi. Miya chayqalishi uchun hushning yo‘qotilishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, shuningdek, jarohat olgan holat va undan oldingi davrga nisbatan xotiraning buzilishi (retrogard, antegrad amneziya) boladi. Ba’zida 1—2 haftalardan so‘ng nerv hujayralarining degeneratsiyasi va halok boMishi kuzatiladi. Sog‘aygandan so‘ng agarda shikastlanish yopiq va nisbatan kam to‘qima jabrlangan bo‘lsa simptomlar qolmaydi. Lozim bolgan rejim va davoiash o‘tkazilmasa, keyinchalik bu o‘zgarishlar turli asoratlarga olib keladi.
Klinik kechuvi yaqqol bo‘lmagan miya chayqalishi qisqa muddatli (1—10 daqiqa) yoki hushni to'la yo‘qotish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, quloqlardagi shovqin, holsizlanish bilan ifodalanadi. Teri qoplamlari birinchi soatlarda oqimtir, bradikardiya bo‘lishi mumkin. Kasalxonada o‘rta davoiash muddati 7—10 kun.
Miya chayqalishining yaqqol klinik ko'rinishi uzoq muddatli hushning yo‘qotilishi (20 daqiqadan 1—3 soatgacha), retrograd amneziya, qusish, holsizlanish, uzoq muddatli hushsizlik holatidan chiqayotgan davrda savollarga kechikib javob qaytarish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bradikardiya, reflekslarning susayishi bilan ifodalanadi, ten qoplamlari oqimtir, nam, terlashning kuchayishi, jarohatdan keyin uzoq muddat darmonsizlanish, astenizatsiya kuzatiladi. Rentgenogrammalarda kalla suyaklarida o‘zgarishlar yo‘q. Noaniq holatlarda likvorni tekshirish yordam beradi. KasaJxonada o‘rta davolanish muddati 3—6 haftagacha. Bosh miyaning lat yeyishi. Tashxisiy belgilari: rentgenogrammada kalla suyagi butunligining buzilishi, likvorda qon aralashmasi.
Bosh miya lat yeyishi. ortga qaytuvchi funksional va ortga qaytmas kompensatsiyalanmagan morfologik o‘zgarishlaming kontuzion nekrotik o‘choqlar ko‘rinishida namoyon etadi. Bosh miya lat yeyishi klinik qo'rinishida o‘choqli simptomlar: qo‘l-oyoqlar falaji, afaziya, ko‘rish, eshitish, ruhiyatning buzilishi yetakchi o‘rin tutadi.
Hushni yo‘qotish holati jarohat olgan vaqtda emas, balki biroz vaqtdan so‘ng ro‘y berishi mumkin, bu esa bemor ahvolining yomonlashganligini ko'rsatadi.
Bosh miyaning lat yeyishi yengil, o'rta, og‘ir darajali bo‘lishi mumkin. Yengil darajali bosh miya jarohati miya chayqalishi kabi kalla suyagi va miya jarohatining yengil formasiga kiradi. Bu miya chayqalishi va bosh miyaning lat yeyishi orasidagi chegaraviy klinik ko‘rinishdir. U bemor umumiy ahvoli qoniqarli holatida, nisbatan qisqa muddatli hushni yo‘qotish (taxminan 1 soat davomida), birinchi bir necha kunlar mobaynida tiklanmayotgan bosh miyaning organik shikastlarini yaqqol bo‘lmagan o‘choqli simptomlari bilan ifodalanadi.
O‘rta og‘irlikdagi bosh miya lat yeyishiga qo‘l-oyoqning falaji, nutqning buzilishi, gemianopsiya ko‘rinishidagi yarim sharlarning sez-ilari o‘chokli simptomlari, miya chayqalishidagidan uzoqroq hushning yo‘qotilishi (taxminan 1—2 soatlar davomida), bemorning ahvoli o‘rta og‘irlikda bo'lishi xosdir.
Bosh miyaning og‘ir lat yeyishi uzoq muddatli hushning yo‘qoti!ishi (somnolentsiya, sopor, koma), po‘stloq osti to‘qimalari, o‘qning diensifal va mezensefal-bulbar qismlari shikastlanganligi simptomlari, ulaming hayotiy zarur nafas olish, yurak-qon tomir, adaptatsion-trofik funksiyalarning buzilishi bilan farqlanadi. O‘z-o‘zidan siyish va defekatsiya kuzatiladi.

Politravma


Politravma - bu bir nechta patologik holatlarning bir vaqtning o'zida paydo bo'lishi va rivojlanishini o'z ichiga olgan va metabolizmning barcha turlarining chuqur buzilishlari, markaziy asab tizimidagi o'zgarishlar (CNS) bilan o'zaro og'irlik sindromining aniq namoyon bo'lishi bilan bir nechta anatomik mintaqalar yoki qo’l oyoqlarning segmentlariga zarar etkazishi natijasida yuzaga keladigan murakkab patologik jarayon. ), yurak-qon tomir, nafas olish va gipofiz-buyrak usti tizimlari.
Ko'p travma - bitta bo'shliqning ikki yoki undan ortiq a'zolari, mushak-skelet tizimining ikki yoki undan ortiq anatomik tuzilishi, turli anatomik segmentlarda katta tomirlar va nervlarning shikastlanishi.
Politravma
Qo’shma shikastlanish - turli xil bo'shliqlarning ichki organlarining shikastlanishi, ichki organlar va tayanch-harakat tizimining qo'shma shikastlanishi, mushak-skelet tizimi va katta tomirlar va asablarning qo'shma shikastlanishidir.
Ma’lumotlar
Organizmga zarar etkazuvchi omil ta'siridan keyin mahalliy va to'qimalar va organlardagi umumiy o'zgarishlar. Ushbu o'zgarishlarning o'ziga xos xususiyati, ularning intensivligi, davomiyligi va natijasi zararning og'irligini aniqlaydi. Zarar yetkazish darajasi: 1. Zararning tashqi omilining xususiyatlari. 2. Zarar yetkazish mexanizmi. 3. Zararlangan to'qimalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari. 4. Tashqi muhitning xususiyatlari.
Shikastlanishdan keyin umumiy buzilishlarning namoyon bo'lish intensivligiga muvofiq zarar yengil, o'rtacha, og'ir va o'ta og'ir deb ajratiladi. Har bir zarar uning hayoti uchun xavfli bo'lishi yoki u yoki bu organning ishlamay qolishi nuqtai nazaridan baholanadi (bashorat qilinadi)
Vujudga kelgan vaqtiga qarab
Vujudga kelish vaqtiga qarab zararlanish xavfi quyidagilarga bo'linadi. 1. Darhol, zararlanganda yoki paydo bo'lganda paydo bo'ladi undan keyingi dastlabki soatlar. Ushbu xavf guruhiga qon ketish, kollaps, shok, asistol, asfiksiya. 2. Jarohatdan keyin bir necha soat yoki bir necha kundan keyin paydo bo'ladigan eng yaqin. Bunga quyidagilar kiradi: o'tkir anemiya, travmatik toksikoz, tromb va yog 'emboliyasi, aerob va anaerob infektsiyasi, DIC sindromi. 3. Jarohatdan bir necha hafta o'tgach yuzaga keladigan kech xavf. TO ushbu xavf guruhiga quyidagilar kiradi: surunkali infektsiya, kontrakturalar va ankiloz; oshqozon yarasi, fistula; organlar va tizimlar faoliyatining buzilishi.
Yopiq mexanik shikastlanish
Yopiq mexanik shikastlanish quyidagilarga bo’linadi: 1. Yumshoq to'qimalarning shikastlanishi. 2. Qo'shimchalar va ularning elementlarining shikastlanishi. 3. Suyakning shikastlanishi. 4. Nerv va qon tomirlarining shikastlanishi. 5. Ichki organlarning shikastlanishi. Yopiq shikastlanishlar tabiatiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi.
Qo’shma travma klassifikatsiyasi
Tananing qo’shma travması yetakchi travma joylashishiga, eng katta og'irlik darajasiga qarab tasniflanadi.
Kombinatsiyalangan kranial travma kranium shikastlanishlari, qon ketishlar, shok, koma, harakat va nafas olish buzilishlari va intrakranial gematomalar bilan birga bo'lgan taqdirda aniqlanadi.
Mushak-skelet tizimining qo’shama shikastlanishi son bo'g'imlarining ko'p sonli jarohatlari, umurtqa pog'onasi u'murtqa suyagi aniq shikastlanishi va oyoq-qo'llarining yo'qolishi bilan aniqlanadi. Ushbu turdagi qo'shma jarohatlarning asosiy xavfi umurtqa jarohatlar yoki jarohatlar tufayli yuzaga keladigan tanadagi hayotiy funktsiyalarni buzishdir. Bu ko'pincha travmatik shok bilan birga keladi.
Qo’shma travma klassifikatsiyasi
Ichki organlarning birgalikdagi travması ichki qon ketish bilan birga keladi (ko'pincha ko'p), bu ularning yorilishi natijasida.
Qo’shma ko'krak travması gemotoraks va pnevmotoraks, diafragmaning yorilishi, o'pka va ularning qo'shni bo'shliqlarga tushishi, nafas olish etishmovchiligi bilan kechadi.
yetakchi jarohatni aniqlash imkoniyati bo'lmagan holda, ikki yoki undan ortiq hududlarning qo'shma shikastlanishi eng xavfli va eng yomon prognozga ega.
Qo’shma jarohatda asosiy vazifa
Asosiy vazifa - bu yetakchi jarohatni aniqlash, shuningdek, jabrlanuvchini travma bo'linmasiga olib borilishidan oldin ham, hayot uchun xavfli bo'lgan barcha sharoitlarni tezkor baholash va aniqlash.
Ixtiyoriy faoliyatni yo'qotish bilan tavsiflanadigan ongni chuqur tushkunligi, refleksni saqlab turish (stupor, koma, hayrat holatlari).
Ichki va mo'l-ko'l tashqi qon ketishining mavjudligi.
Nafas olish buzilishi va nafas olish harakatlarining patologik xususiyati
Sabablari..
Odamlarning ko'p sonli va ayniqsa og'ir jarohatlar olishining eng keng tarqalgan sabablari: Yo'l-transport hodisalari (avtohalokatlar, samolyotlar qulashi, poyezdlar bilan bog'liq avariyalar). Balandlikdan tushadi. Tabiiy ofatlar. Urushlar va qurolli to'qnashuvlar.
Travmatik shok tushunchasi. Travmatik shok tushunchasiga ta'rif berish ko‘pincha qiyinchiliklar tug‘diradi. I.K.Axunbayevva G.L.Frenkel (1960 ) dunyo adabiyotlarida shokka berilgan 119 ta’rifini aniqlashgan. Ko‘pgina shokni o‘rganuvchi izlanuvchilarning fikricha, bu ta’riflardan hech biri shok tushunchasini to‘liqta’riflamaydi.

Shuning uchun quyidagi avtorlar ta’riflari bilan cheklanamiz.

M.N.Axutin (1942): «Shokdeb, bemor yoki jarohatlanganga og‘ir shikast yoki boshqa zaharli omillar ta’siri natijasida vujudga keladigan, organizmning barcha funksiyalarini o‘ziga xos tarzda susayishiga aytiladi».

A.A.Vishnevskiy, M.LShroyber(1975): «Travmatik shok bu organizmning og‘ir mexanik shikasti yoki quyishiga qarshi bo`lgan reaksiyadir». Travmatik shok deganda mexanik shikast ta’siri natijasida organism faoliyatining buzilishini tushunish qabul qilingan.

Travmatik shokning chastota va og‘irligi shikastlanish darajasiga qarab har urushda oshib bormoqda. Zamonaviy o‘qotar qurollardan shikastlanishlarning 8—10% ida travmatik shok yuzaga kelishi mumkin.Yadro qurolidan shikastlanganlarning 25—30% ida kuzatilishi mumkin.

Travmatik shok etiologiyasi

Travmatik shokning etiologik omili bo`lib, ichki a'zolarning yakka yoki ko'plikdagi og'irshikastlari, qo`l va oyoqlarning suyaklari ezilishi, mushaklar zaharlanishi bilan kechadigan og‘ir shikastlari, ichki a’zolarning yopiq shikastlari, naysimon va chanoq suyaklarning ko‘plikdagi og‘ir sinishlari hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, og‘ir mexanik shikastlanishlar travmatik shokning aniq sababi bollib hisoblanadi. Odatda bu shikastlanishlar qon yo‘qotish bilan kechadi.

Travmatik shok patogenezi

Travmatik shokni o‘rganish 250 yillardan beri olib borilmoqda. Bu vaqt mobaynida travmatik shok patogenezi to‘g`risida ko'pgina nazariyalar taklif etilgan. Lekin bugungacha ulardan uchtasi o'rganilgan va tasdiqlangan. Bular, qon zardob yo‘qotilishi, toksemiya va neyroreflektorlar nazariyalardir. (O.S.Nasonkin, E.V.Pashkovskiy, 1984).

Travmatik shok patogenezida qon zardob yo‘qotilishi yetakchi rol o'ynaydi. Shok kechishining ma’lum fazasida toksemiya omili muhim rol o‘ynaydi. Neyroreflektor ta’sirlaresa ikkilamchi ahamiyat kasb etadi (P.K. Dyachenko (1968), A .N. Burkutov, G.N.Sibulyak, N.I.Yegurnov (1985)). Travmatik shok gipovolemik va aylanib yuruvchi qon hajmi yetishmovchiligi shok kategoriyasiga kiritiladi.

Jarohat hamda o‘tkir qon yo‘qotish nerv va asosan endokrin sistemasiga ta’sir qiladi.

Simpatiko adrenal sistemasining stimulyatsiyasi katexolaminlarni (adrenalin, noradrenalin, dofamin) ko‘p ishlab chiqarilishiga va generalizatsiyalashgan arteriospazmga olib keladi. U ichki a’zolar (o‘pka, jigar, oshqozon osti bezi, ichak, buyraklar), shuningdek, teri va mushak sistemasi qon aylanishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun shokning kompensatsiya fazasida yurak va bosh miyaga normal sharoitga qaraganda ko‘proq qonkeladi. Bu o‘zgarish markazlashgan qon aylanishi deyiladi. Markazlashgan qon aylanishi agar uni qisqa vaqt oralig‘ida qurilsa, u moslashuv reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Agar u yoki bu yo‘l bilan aylanib yuruvchi qon hajmi normallashtirilmasa vazokonstriksiya davom etaversava shunga bog`liq holda kapillyarlar qon oqimi susaysa, ya’ni « mikrosirkulyatsiya krizisi yuzaga kelsa, to 'qimalarga kislorod va energetic substratlarning ketishini kamaytiradi va hujayra ichki almashuvning oxirgi mahsulotlari to‘planishiga olib keladi, natijada metabolic atsidoz yuzaga keladi.

Progressiv shokda bu lokal gipoksik o ‘zgarishlar davom etishi prekapiliyar tomirlar kengayishiga olib keladi, lekin bu vaqtda postkapiliyar tomirlar toraygan bo‘ladi. Shuning uchun qon ko‘pkeladi, lekin ketishi qiyinlashadi. Qon to‘planib qoladi, bu esa kapillyar ichi bosimi oshishiga olib keladi. Natijada: 1) plazma interstitsiyga o‘tadi; 2) sekin oquvchi qonda qon hujayralari (eritrosit, trombositlar) agregatsiyasi yuzaga ke­ladi;3) qonning yopishqoqligi oshadi; 4) shokda qonaylanishining susayishi va qon ivishining tezlashishi umumiy tendensiyasi, kapiliyarlarda spontan qon ivishiga olib keladi va kapillyar mikrotromblari vujudga keladi.

Ko‘pgina mualliflar fikricha (J.Fine,1962; L.Gelin,1962;B .Zweifach, 1962), shokka xuddi metabolic jarayoni arninormal kechishi uchun kerak bo`lgan qonning to'qimalarga kam kelishi natijasida vujudga keladigan ortga qaytmas hujayraviy o 'zgarishlardan iborat sindrom deb qarash mumkin.

Shokka olib kelgan sabalardan qat’Inazar, barcha turdagi shokda mikrosirkulatsiyaning buzilishi kuzatiladi. Hujayra va organlar funksiyasi buzilishga olib keladigan mikrosirkulatsiyaning buzilishi hayot uchun xavf tug‘diradi.

Hujayralar shikasti va ular funksiyasining buzilish darajasi sirkulyator shokning og‘irligi va uni davolash terapiyasini aniqlashga imkon beradi.

Ba’ziorganlarsirkulatorshokkasezgir bo'ladi. Ularga o`pka,buyrakvajigarkiradi.

O'pkadagi o‘zgarishlar. Shokdagi gipovolemiya o'pkadagi qon aylanishining kamayi-shiga olib keladi. Bemorlar nafas qisilishidan shikoyat qilishadi. Bunda tez tez nafas olish, arterial qonda partsial bosim kamayishi, o'pka elastikligining pasayishi kuzatiladi. Rentgenogrammada interstitsial o‘pka shishi kuzatiladi.

Og‘ir shikastlangan bemorlarning 50% o‘tkir nafas yetishmovchiligidan halok bo'ladi.



Buyraklarda filtratsion va kontsentratsion xususiyatlarining buzilishi va siydik miq-dorining kamayishi kuzatiladi.
Download 16,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish