TEXNIK TAVSIFI:
Eni 10 metr.
Uzunligi 51 metr. (17 ta seksiya 3 metrdan).
Umumiy maydoni 510 kvadrat metr.
Qoplanishi: Polietilen plenka qalinligi 150 yoki 180 mikron,
uch qavat ultrabinafsha va sochma nurlardan himoyalangan va ichki
qismidan suv tomchilari hosil bo„lmaydigan kavatga ega.
Xizmat
muddati - 3 yil.
Issiqxonaning ikki tomonida shamollatuvchi parda material,
xizmat muddati 5 yil.
Shamollatuvchi pardani ochish va yopish uchun qo„l ri-
chagi.
Issiqxonani ichiga zararli hashoratlar kirishidan himoya-
lovchi setka.
Soyalatuvchi setka 30%
Mulchalovchi ikkiqavatli oq va qora plyonka. Sabzavot
ekinlari va ko„chatlarini yetishtirishda foydalaniladi.
Erga ikki qavatli oq va qora to„shama. Sun‟iy substratlarda
o„simlik o„stirishda foydalaniladi.
Tomchilatib sug„orish tizimi.
Fertigatsiya tizimi.
Avtomat tizimi.
8.3. Bodring va pomidor ko„chatlarini
qishki-bahorgi aylanish uchun yetishtirish
Urug„ ekilgan yoki maysalar pikirovka
qilingan tuvakchalar
yoki kubiklar kengligi 1,4-1,6 m lenta shaklda, orasida 40-50 sm
yo„lka qoldirilgan issiqxona tuprog„i yangi, yupqa polietilen plyonka
ustiga terib qo„yiladi. Tuvakchalar oralig„idagi bo„shliq oziqali ara-
lashma bilan to„ldiriladi. Namlik va haroratni saqlash uchun lentalar
ustiga yangi, yupqa toza plyonka yopiladi. Agar ko„chat torfoblokda
yetishtirilsa, ular erga terib qo„yilgandan so„ng urug„ ekilgunicha,
ikki-uch kun mobaynida leyka yoki 1-1,5 soatda bir marta 1-2
daqiqa yomg„irlatib sug„orish moslamasi yordamida namlab turiladi.
Urug„larni bir vaqtda unib chiqishi uchun urug„lar unib
chiqqunga qadar haroratni bodring uchun 27°S, pomidor uchun esa
24°S da saqlab turiladi. Nihollar to„liq hosil bo„lgandan so„ng
plyonka yig„ishtirib olinadi, harorat 4-5
kun mobaynida bodring
uchun kunduz kuni 20-22°S gacha, tunda 14-16°S ga, pomidor
uchun esa shu tariqa 16-18 va 12-14°S gacha pasaytiriladi.
Keyinchalik bodring ko„chati quyoshli kunlarida – 20-23,
bulutli kunlarda – 19-20, tunda – 18-20°S da, pomidor ko„chat shun-
ga muvofiq ravishda 20-22°S, 18-19 va 15-17°S haroratda o„sti-
riladi. Bodring ko„chati o„stirilayotganda havoning nisbiy namligi
70-75%, pomidor uchun esa 60-70% ni tashkil etishi kerak.
Issiqxonalarda sifatli ko„chat olish uchun elektr yordamida
qo„shimcha yoritishni qo„llash samaralidir.
Yilning barcha oylari
ichida dekabr va yanvarda eng kam yoritilganlik kuzatiladi.
O„zbekiston sharoitda u katta yoshdagi o„simliklar uchun ayrim
hollarda ko„chatlar uchun ham yetarlidir. Elektr yordamida yoritish
elektr energiyasi uchun katta mablag„ talab etadi. Shuning uchun uni
(tejab) iqtisod qilib foydalanish kerak. U tabiiy yorug„likka
qo„shimcha sifatida qo„llanishi lozim. Tabiiy va sun‟iy yoritish-
larning umumiy davomiyligi 14-16 soatni tashkil etishi kerak. Kun
qanchalik uzun bo„lsa, elektr yordamida
yoritish shunchalik qisqa
bo„ladi. Elektr yoritgichlari yordamida qo„shimcha yoritishni nisbiy
quvvati bodring uchun: ko„chatlarni erga terib qo„yilgunicha 240,
undan so„ng – 120 Vt/m
2
; pomidor maysa-zorida – 400, pikirovka
qilinganidan keyin – 240 va erga terib chiqilganidan so„ng – 120
Vt/m
2
tashkil kilishi kerak.
Ko„chatlarni qayta tarqatib joylashtirish qatordagi o„simliklar
bir-biriga tegaboshlaganda, ya‟ni bodringda nihollar unib chiqqan-
dan so„ng ikki xafta o„tgach, pomidorda
esa pikirovka qilinganidan
so„ng 2,5-3 hafta o„tgach amalga oshiriladi. Ko„chatlar yoyib qo„yil-
ganda 1 m
2
maydonda 20-30 o„simlik joylashtiriladi. Tuvakchalar
tuproq yuziga oldindan dezinfeksiyalangan plyonka to„shalgan yoki
urug„ ekiladigan yashiklarda joylashtiriladi. Tuvakchalar orasidagi
bo„shliq tuproq aralashmasi bilan to„ldiriladi.
Issiqxonalarda ko„chatlarni yetishtirishda ortiqcha (zahira)
qoldirish ko„zda tutiladi, u talab etiladigan umumiy miqdoridan 10%
ko„p tayyorlanishi kerak. Ko„chatlarning umumiy soniga talab ularni
oziqlanish maydoni va o„stiriladigan o„simliklarga bog„liq. Bodring-
ni partenokarpik navlari etishrilganda o„simliklar katta oziqlanish
maydonini
talab qiladi, shu bois kichik oziqlanish maydonini talab
qiluvchi ari bilan changlanadigan navlarga qaraganda ko„chatga
talab ham kamroq.
Issiqxonalarda qishki-bahorgi aylanish mavsumi uchun bodring
va pomidor ko„chatlarini yetishtirishda issiqxona havosida karbonat
angidridi gazini 0,10-0,15% gacha etkazib o„simliklarni oziqlantirish
yaxshi natija beradi.
Ko„chatlarni yetishtirishda tuvakchalar namligi 75-80% NV
darajada saqlab turiladi. O„simliklar harorati 25-28°S bo„lgan iliq
suv bilan sug„oriladi.
O„simliklar sug„orilganda azotli o„g„itlarni yuvilib ketishini,
hisobga olib ko„chatlarni yetishtirish davrida eritma konsentratsiyasi
0,5% bo„lgan azotli o„g„itlar bilan 1-2 marta oziqlantiriladi.
Issiqxonalarda
qishki-bahorgi
aylanish
uchun
ko„chat
yetishtirish davrining davomiyligi, urug„
ekilgandan doimiy joyiga
o„tkazilguncha: bodringda – 30-35 kunni, oynavand issiqxonalardagi
pomidorda – 60-70 va plyonkalilarda – 50-60 kunni tashkil etadi.
Chet elda bodring ko„chatlarini yetishtirishning ko„pgina yangi
ilg„or usullari qo„llanilmoqda. Bu yerda ko„chat pikirovka usulida
yetishtirilib, oldindan 5
5
5 sm o„lchamli maxsus lotoklar va kasse-
talarda tayyorlangan maysalar tuprog„i bilan substratga ko„chirib o„t-
kaziladi. Bodring ko„chatlari bu yerda so„kchakda kassetalarda, ko„-
chatchilik birlashmalarda mineral tolali kubiklarda yetishtiriladi.
Qishki-bahorgi aylanishda o„simliklar uchun yorug„lik yetarli bo„l-
maganida ko„chatlarni oziqlanish maydonini ko„paytirish uchun
ularni yoyib qo„yishdan foydalaniladi (88-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: