Kchat yetishtirish usullari mavzusini urgatish buyicha
Т-JADVAL
KUCHAT SULU
Avzalliklar
Kamchiliklar
Nazorat savollari:
1. Ko„chat va ko„chatlarni yetishtirish usullari deganda nima
tushiniladi?
2. Ko„chat usulini avzalliklari nimada?
3. Pikirovka deganda nima tushiniladi va pikirovkali usulda
ko„chatlarni yetishtirish qanday avzalliklarga ega?
4. Oziq kubiklar va tuvakchalarni farqi nimada?
5. Tuvakli ko„chatlarni avzalliklari nimada?
6. Himoyalangan yerlarga ko„chatlarni yetishtirishda qanday
profilaktik va karantin choralari qo„llaniladi?
7. Himoyalangan yerlarda ko„chatlarni yetishtirishda urug„larni
ekishga tayyorlashni qanday usullari qo„llaniladi?
8. Qishki-bahorgi aylanish mavsumiga bodring va pomidor
ko„chatlarini yetishtirishda ta‟minlanadigan haroratni maqbul
tartiboti qanaqa?
9. Nega himoyalangan yerlarga yetishtiriladigan ko„chatlarni
ekishdan oldin chiniqtirilmaydi?
10. Kuzgi-qishki va o„tuvchan davrlar uchun pomidor ko„chat-
larini yetishtirish xususiyatlari qanday?
11. Ochiq yerga erta yetiladigan karam ko„chatlarini
yetishtirish texnologiyasi qanday?
12. Ochiq yerga pomidor ko„chatini yetishtirish texnologiyasi
qanday?
13. Qalampir va baqlajon ko„chatlarini yetishtirish xususiyatlari
qanday?
14. Vaqtincha plyonkali tonnellarga ekiladigan bodring ko„cha-
ti qanday yetishtiriladi?
8 BOB. ISSIQXONALAR UCHUN
KO„CHAT YETISHTIRISH
8.1. Issiqxonalar uchun sabzavot ko„chatlarini
yetishtirishni umumiy usullari
Himoyalangan yer uchun ko„chat yetishtirilayotganda karantin
va profilaktika qoidalariga qat‟iy amal qilinadi. Ko„chat
yetishtiriladigan issiqxona va uni bo„limi fumigantlar yoki formalin
bilan ishlanishi kerak. Idishlar, inventar va urug„lar dezinfeksiya
qilinadi. Ko„chat yetishtirish bo„limiga sabzavot yetishtiriladigan
issiqxonalar tomonidan kirish berkitilib, ko„cha tomondan vaqtincha
o„rnatilgan eshik orqali kiriladi. Kirish eshigi oldiga oyoq kiyimlarni
dezinfeksiya qilish uchun dorili idish qo„yiladi. Ishchilar maxsus
oyoq kiyimi va xalat oladilar, begonalarni ko„chat bo„limiga kirishi
taqiqlanadi. O„simliklarni himoya qilish xodimlari profilaktik chora-
tadbirlarga amal qilishni kuzatish bilan birga, tekshiruvlar va ishlov
berishlarni amalga oshiradilar.
Ko„chatlarni yetishtirishda ekishga yaroqligi yuqori sifatli bo„l-
gan oldindan tekshirilgan va ekish oldidan ishlov berilgan urug„-
lardan foydalaniladi. Urug„ni yuqori sifatli bo„lishi va ular uchun
qulay sharoitni yaratib berilishi sarflanadigan urug„ miqdorini ma‟-
lum darajada kamaytirishga imkoniyat beradi. 1 ga issiqxona
maydoniga ko„chat tayyorlash uchun 150-180 g pomidor urug„i va
0,8-1,0 kg bodring urug„i yetarlidir. Urug„larni zararsizlantirish
uchun ularga ikki bosqichda termik ishlov berish eng samarali
hisoblanadi. Pomidor va bodring urug„lari termostatda oldin uch
sutka mobaynida 50°S da, so„ng 76-78°S da bir sutka mobaynida
qizdiriladi. Pomidor duragaylarining urug„lari, tamaki mozaika
virusiga gen jihatidan chidamli bo„lsa qizdirilmaydi.
Urug„ ekish oldidan ko„zdan kechirilib, puch hamda ezilganlari
qo„lda terib tashlanadi. Urug„ yuzisidagi zamburug„ sporalari va
bakteriyalarini yo„qotishda ekish oldida pestitsidlar bilan ishlov
beriladi. Quruq zararsizlantiruvchi zaharlar urug„larni ekishdan 2-3
hafta oldin, suyuq zaharlar – ekish oldidan ishlatiladi. Urug„larga
ishlov berishda «O„zbekiston Respublikasi qishloq xo„jaligida foy-
dalanishga ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro„yxatiga»
kiritilgan zaharlar ishlatilishi kerak. Ukrainada va Rossiya Fede-
ratsiyasida bodring urug„larinin zararsizlantirishda 0,15% li trinatriy
fosfat bilan bir soat davomida zararsizlantirilib, keyin 50 daqiqa
davomida oqar suvda yuviladi. Urug„larni zararsizlantirishda ushbu
mamlakatlarda 80% TMTD dan ham foydalaniladi. Unda bodring
urug„ini 1 kg ga 4 g, pomidornikiga 8 g ishlatiladi.
Urug„ aynan ekish oldidan 15-20 daqiqa davomida 0,5-1,0%
kaliy permanganat eritmasi bilan ishlov beriladi, so„ng toza suvda
yuviladi.
Bodring va pomidor urug„lari 0,005% natriy gumat eritmasida
24 soat mobaynida ivitilsa, shuningdek ularni mikroelementlar erit-
masida ivitish ham ularda modda almashuvini va o„simlikni o„sishini
tezlashtiradi. Mikroelementlar idishida ilova qilingan tavsiyalarga
asosan qo„llanishi kerak.
Ko„chat himoyalangan yerlarga barcha aylanishlar uchun
albatta tuvakcha yoki kubiklarda yetishtirilishi kerak. Pomidor
bodring, chuchuk qalampir, qovun ko„chatlari uchun tuvakchalar,
qishki-bahorgi aylanish uchun 10×10×10 sm, qolgan aylanishlar
uchun esa 8×8×8 sm li kattalikda tayyorlanadi. Zavodda tayyor-
langan torfli tuvakchalardan foydalanish eng qulaydir. Bundaylari
bo„lmasa boshqa materialdan tayyorlanganlaridan ham foyda-
laniladi. Uni qattiq qog„ozlar va polietilen englardan tayyorlash
mumkin. Oziqa kubikchalarini ham tayyorlash mumkin.
Tuvakchalarni to„ldirish va kubiklarni tayyorlash uchun toza
torfdan yoki tuproq-chirindi qorishmasi qo„shib tayyorlangan ara-
lashma eng yaxshi komponent (tarkibiy qism) hisoblanadi. O„zbe-
kiston sharoitida oziqa aralashmasining asosiy tarkibiy qism chirindi
bo„lib, uni aralashmani umumiy hajmga nisbatan 1/2 dan 2/3 qism-
gacha olinadi va unga chim tuproq, kompostirlangan g„ovaklashti-
ruvchi materiallar yoki qum qo„shib tayyorlanadi.
G„ovaklashtiruvchi materiallarni dastlabki kompostlashtirishda,
tuproq va chirindi miqdorini kamaytirib, uni 40% gacha olish
mumkin. 1 m
3
aralashmaga quyidagi miqdorda o„g„itlar solinadi (g):
ammiakli selitra – 300, qo„shsuperfosfat – 400, ammoniy sulfat –
400, kaliy sulfat – 400-500, mis kuporosi – 1,5, ammoniyli molibden
– 3, marganets sulfat – 2,25, natriy sulfat – 0,7, rux sulfati – 0,7.
Bodring ko„chatini o„sitirishda urug„ tuvakchaga ekilib piki-
rovka qilmasdan yetishtiriladi. Pomidor ko„chati pikirovka qilinib
hamda pikirovka qilmasdan yetishtiriladi. Pikirovka qilmay o„stiril-
ganda urug„ tuvakcha yoki kubiklarga ekiladi. Pikirovka qilib
yetishtirilganda urug„ tuproqqa ekiladi, so„ng maysalar tuvakcha-
larga pikirovka qilinadi. Maysazor ko„chat tuprog„idan tayyorlangan
eni 1,5 m bo„lgan egatlarga joylashtiriladi. Urug„, tuproq ustidagi
marker izlari bo„ylab olingan egatchalarga, 1 sm chuqurlikka ekiladi.
1 ga li issiqxonaga pomidor ko„chatini tayyorlash uchun 50 m
2
maydonli maysazor zarur.
Urug„ sepilgan yoki pikirovka qilingan tuvakchalar lentalarga
o„rnatiladi. Ularni eni 1,4-1,6 m uzunligi 30 m gacha bo„ladi. Len-
tada joylashtirilgan tuvakchalar soni issiqxonani eni 6,4 m bo„lim-
larda 4-5 ming dona bo„lib, bo„limning yarmidan oshmasligi lozim.
Issiqxonalarda o„simlik ildiz tizimini ildiz chirish va nematoda
bilan zararlanishdan saqlash uchun tuvakchalarni tuproq ustiga
yozilgan yangi yupqa polietilen plyonkasi ustiga teriladi. Ekish
chuqurchalari va tuvakchalarni oraliqlariga oziqali aralashma sepi-
ladi. Lentadagi tuvakchalar ustida plyonka bilan berkitilib, maysalar
hosil bo„lishi bilanoq olib qo„yiladi. Qiyg„os maysa hosil qilishi va
bir tekis ko„chat yetishtirishni ta‟minlash uchun urug„ unib chiqqun-
cha haroratni bodring, qovun, tarvuz uchun – 27
S, pomidor, qalam-
pir, baqlajonga – 24
S, salat, karamli o„simliklar uchun esa – 20-
22
S ushlab turiladi.
Himoyalangan yerlar uchun ko„chat tayyorlashda mikroiqlim
me‟yorlarini yetishtiriladigan ekin talabiga mosligi ko„zda tutilishi
kerak. Himoyalangan yerga ko„chat tayyorlanganda uni doimiy
joyiga ko„chirib ekishdan oldin chiniqtirilmaydi, chunki u bir xil
sharoitda ko„chirib o„tkaziladi. Tuvakchali ko„chat yetishtirishda
o„simliklar 1-2 oziqlantiriladi.
Issiqxonalarda ekish uchun sog„lom, rivojlanishi bir xil bo„lgan
ko„chatlar tanlab olinadi, kasallanish alomatlari bo„lgan va sifatsizlari
chiqitga chiqariladi. Ko„chatlar yashiklarga 10-12 tupdan joylashtirib
maxsus etajerkalarni tokchalariga qo„yib issiqxonalarga tashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |