93
takomillashtirishning ikki yo‘nalishi mavjud. Bu xodimlarning
istiqbollarini hisobga olgan holda muntazam so‘rov o‘tkazish va
obyektiv, ko‘p tomonlama baholash, jumladan, bilim va ko‘nik-
malar, malaka, nostandart qarorlar qabul
qilish va faoliyatning
yangi yo‘nalishlarini o‘rganishdan iborat.
Kadrlar siyosati sohasida barcha darajadagi xodimlarni baho-
lash usullariga alohida ahamiyat beriladi, masalan, Fransiyadagi
korxonalar xodimlarini baholashda qo‘llanuvchi usullar murak-
kabligi bilan Yevropaning boshqa davlatlaridan farq qiladi.
Boshqarma direktori o‘rta korxonalar
tomonidan tasdiqlangan
holda bo‘lim boshliqlari har yili xodimlarning salohiyat va imko-
niyatlarini aniqlash uchun bo‘g‘inlar bilan muntazam ravishda
intervyu o‘tkazadilar. Boshqa korxonalarda o‘z-o‘zini baholash
usullaridan foydalanadilar.
Quyi
va o‘rta
bo‘g‘in boshqaruv tizimida yuqori
lavozimlarga nomzodlar tanlashning
muhim xususiyatlari amalga
oshiriladi va uning asosiy vazifasi - baholash markazlari, xolisona
o‘z qobiliyatini baholash, boshqarish imkoniga ega xodimlarni
aniqlashdir.
Baholash
natijalariga
ko‘ra, nomzodning lavozimga
qo‘yilgan sifatlari to‘g‘risida
batafsil hisobot tayyorlanadi, uning
kuchli va zaif tomonlari izohlanadi, bu ma’lumotlar shaxsiy
elektron fayllarda saqlanadi. Bunday dasturda ishtirok etish uchun
tavsiyalar, odatda, arizachini bevosita
biluvchi yuqori lavozimli
shaxslar tomonidan beriladi, biroq bir qator yirik kompaniyalar
bunday testdan o‘tishni istagan har bir kishiga ruxsat beradi.
Odatda xorijiy kompaniyalarda quyidagi baholash tizim va
usullari qo‘llaniladi:
- xodimlarni muntazam yillik sertifikatlash;
- ishlash uslub va miqdorlarini baholash;
- har bir xodimni belgilangan maqsadlarga
erishish natijasi
bo‘yicha baholash.
Baholash vositalari orasida: psixologik testlardan o‘tish,
grafikalar, hayot ssenariysi variantlari, maxsus ishlab chiqilgan
anketalarga javob berish.
94
Har bir xodimning ishini baholash odatda yiliga bir marta
amalga oshiriladi. Baholash natijalari
xodim va rahbarlar
tomonidan muhokama qilinadi va har ikki tomon ham imzolaydi.
Ular ishdagi kamchiliklar ro‘yxatini muhokama qiladilar va ularni
bartaraf etish yo‘llarini topadilar. Zarur bo‘lganda xodim bilan
mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantiradi yoki
davom ettiriladigan bo‘lsa, ishini takomillashtirishi yuzasidan
topshiriqlar beradi.
Baholash usuli xorijiy kompaniyalarning
kadrlar siyosati va
kadrlar
boshqaruvini
takomillashtirishda
muhim
vosita
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: