2 3 4
yurak-qon tomir, modda almashinuvi buzilishi bilan kechadigan kasal-
liklar, asab tizimi va boshqa ichki a’zo va tizim kasalliklari rol o‘ynashi
mumkin.
Yengil surunkali paradontitda bemorlar milkdan vaqt-vaqti bilan qon
oqishi, xususan, tishlarni tozalashda, og‘izda qo‘lansa xid bo‘lishi,
milklarda turli noqulayliklar, tish toshlarining tez orada yig‘ilib qolishi,
yallig‘lanish ayrim tishlar atrofida — maxalliy yoki hamma tishlar yoki
ko‘pchilik tishlar atrofida — tarqalgan holda bo‘lishiga shikoyat qiladilar.
Obyektiv ko‘ruvda milklarda ko‘kimtir rang bo‘lib, salgina
shishganligi, tish-milk cho‘ntagining chuqurligi 3,5 mm atrofida bo‘lishi
qayd etiladi.
Rentgenogrammada kompakt plastinkasining yuqori qismlari —
tishlararo to‘siqlari emirilganligi, tishlararo alveola to‘siqchalarining
ko‘rinishi xiralashganligi, ularning 1/3 qismi emirilishini ko‘rish mumkin,
lekin tishlar qimirlashi fiziologik darajada qoladi va ularning o‘rinlaridan
siljishlari bo‘lmaydi.
O‘rta og‘irlikda kechadigan surunkali paradontitda yengil darajaga
nisbatan patologik o‘zgarishlar ancha chuqurroq bo‘lib, tish milk
(patologik) cho‘ntaklar chukurligi 5 mm ga yetadi, paradontal cho‘ntakka
aylanadi.
Bemorlar
shikoyatlari ham ancha ko‘payib, milkdan qon oqishi faqat
tozalash paytida bo‘lmasdan, balki qattiq narsa (non, olma, nok kabi)
lar tishlaganda ham qon oqishi, milklarning ranggi, shakllari o‘zgargan-
ligiga, ayrim yoki bir guruh tishlar qimirlab qolganligiga va ularning
tish qatorlaridan chiqib qolganligiga, milklarda qichish, achish kabi
noxush sezgilar paydo bo‘lganligiga va shunga o‘xshash noxushliklar
paydo bo‘lganligiga bo‘lishi mumkin.
Shifokor
obyektiv ko‘rganida, milklar ko‘kimtir (sianoz) rang olganli-
gini, tishlararo milk so‘rg‘ichlarining shishganligi, ular tishlardan ajralib
turishi, milkga tekkanda qon oqishi, ularni bosganda ulardan qon aralash
yiring chiqishini, paradontal cho‘ntaklar va ularning chuqurligi 4-5 mm
bo‘lishini ko‘radi. Patologik jarayon bir xil bo‘lmaydi, ayrim tish atrofida
ko‘proq, ayrimlarida kamroq rivojlangan bo‘ladi.
Maxalliy salbiy ta’sirotlar yallig‘lanish patologik jarayonni kuchay-
tiradi, chuqurlashuviga olib keladi. hamma bemorlarda turli darajada
tish karashlari, toshlari bo‘ladi, tishlar 1-yoki 2-darajali qimirlashga
ega bo‘ladi. Milkdagi yallig‘lannsh ko‘pincha yuzaki-kataral bo‘lsada,
ba’zilarda yarali, gipertrofik gingivit shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: