O'zgaruvchilar.
O'zgaruvchi dastur obyekti bo'lib, turli xil qiymatlarni xotirada ma'lum nom bilan saqlab turish uchun ishlatiladi. O'zgaruvchi o'z qiymatini dasturning bajarilish davomida o'zlashtirish operatori yordamida qabul qiladi. Qabul qilingan
29
qiymat o'zgaruvchiga boshqa yangi qiymat berilmaguncha saqlanib turiladi Va yangi qiymat berilishi bilan eski qiymat butunlay o'chib, yo'q bo'lib ketadi. Har bir o'zgaruvchiga ma'lum bir tipga tegishli qiymatlarnigina qabul qilish huquqi beriladi. Boshqa tipdagi qiymatlarni o'zlashtirishga urinish dasturning xatoligini ta'minlaydi.
O'zgaruvchi — bu identifikatordir. Uning ismi o'zgaruvchining qiymatiga murojaat qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, dastur matnidagi ism shu o'zgaruvchining qiymatini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |