S. R. Matiyazova, G. D. Adilova



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

Avariya sertifikati
– sug’urta hodisasi tufayli mol-mulk zararlanganda, 
ko'rilgan zararning miqdori va tavsifini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati 
avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli komissiya haqi hisobiga 
sug’urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug’urtalanuvchining 
sug’urta qoplamasini olish to'g’risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani 
to'lashda sug’urta kompaniyasiga asos bo'lib xizmat qiladi. 
Agentlik bitimi
– su
g’
urtalovchi bilan tuzilgan topshiriq shartnomasi.


177 
Addendum
- ilgari tuzilgan sug’urta va qayta sug’urtalash shartnomasiga 
tomonlarning o'zaro bitimi bilan qo'shimchalar kiritish. 
Adjaster
– sug’urta hodisasi ro'y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi 
tomonidan bildirilgan e'tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining 
(sug’urta qildiruvchining) manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik 
shaxs. U sug’urtalanuvchi bilan unga to'lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini 
kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug’urta hodisasi ro'y berish sabablarini 
o'rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo'yicha sug’urta kompaniyasiga 
ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini bajaradi. Adjaster 
vazifasini sug’urta kompaniyasining tarkibiy bo'limi yoki ixtisoslashgan tashkilot 
amalga oshirishi mumkin. 
Aktuariy
- lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma'noni bildiradi. 
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o'zlashtirib olgan sug’urta matematikasi 
sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab 
chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo'yicha sug’urta zaxiralarini shakllantirish 
bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda 
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko'rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro 
uyushmasi mavjud. 
Aktuar
hisob-kitoblar – sug’urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-
matematik usullari yig’indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga 
asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi, 
demografiya qonuniyatlariga tayanadi, tarif stavkasining miqdori sug’urta 
hodisalari ro'y berishining ehtimoliyligiga boqliq. Demografiya ma'lumotlaridan 
fuqorolarning hayotini sug’urtalashda sug’urtalanuvchilarning yoshiga mos 
ravishda sug’urta tarifi stavkasini tabaqalashtirshda foydalaniladi. Uzoq muddatli 
hayotni sug’urtalash bo'yicha sug’urta summalari sug’urtalangan shaxs vafot 
etganda yoki u ma'lum bir yoshga yetganda to'lanadi. Yetarli miqdordagi sug’urta 
fondini shakllantirish uchun, sug’urtalovchi shartnoma amalda bo'lgan davrda 
qancha shaxs vafot etishi yoki ma'lum bir yoshga yetishi ehtimoliyligini bilishi 
zarur. Aholi o’limi darajasi haqidagi statistik ma'lumot asosida turli yoshga yetish 


178 
ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolarning o'limi to'g’risidagi jadvalni tuzish 
mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni sug’urtalash bo'yicha tarif 
stavkalari hisoblanadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish