S. R. Matiyazova, G. D. Adilova


Sug‘urta mahsulotlari jamlanmasining turlari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

 
1.2 Sug‘urta mahsulotlari jamlanmasining turlari 
 
Sug‘urta mahsulotlari jamlanmasini takomillashtirish sohasida istiqbolli 
tadbirlarni rejalashtirayotganda uni tashkil etadigan mahsulotlarning amal qilish 
davriyligi, ularni bozor talablari evolyutsiyasiga mos holda takomillashtirish 
imkoniyatlari hisobga olinishi shart. 
Yuqorida qayd etilganidek, sug‘urta mahsulotlari jamlanmasi sug‘urta 
qiluvchi tomonidan taklif etilayotgan xizmat turlari asosidan tashkil topadi. Har bir 
jamlanma «yelpig‘ich» shaklida (turlar bo‘yicha) tuziladi va bu sug‘urtalanuvchiga 
o‘z ehtiyojlarini to‘la darajada qondiradigan mahsulotni tanlab olishiga imkon 
yaratibdi beradi. Sug‘urta mahsulotlari jamlanmasidan mutaxassislar uchta asosiy 
qatlamni – quyi, o‘rta va yuqori qatlamni ajratib ko‘rsatadilar. 
Quyi qatlam
– jamlanmaning asosi bo‘lib, unga sug‘urtalanuvchiga sodda 
hamda xatarlarni keng miqyosda qoplamaydigan oddiy, arzon va standartlashgan 
sug‘urta mahsulotlari kiritiladi. Majburiy sug‘urtalash holatida – bu qonunchilikda 
belgilangan eng kam sug‘urta qoplamasidan iborat bo‘ladi. Quyi qatlamdagi 
jamlanmani ommaviy ravishda tikib tarqatilgan kiyimga o‘xshatish mumkin. 
O‘rta qatlam
tarkibiga ancha to‘liqroq sug‘urta qoplamasiga ega bo‘lgan, 
sug‘urtalanayotgan xatarlarni tanlash imkoniyatlari beriladigan, o‘zgaruvchan 
sug‘urta summalari va franshizalari mavjud bo‘lgan sug‘urta mahsulotlari 
kiritiladi. O‘rta qatlamni kiyimni kam miqdorda, xaridorning qomatiga moslab 
tikish imkoniyati mavjud bo‘lgan shart-sharoitda tikilishiga taqqoslash mumkin. 
Yuqori qatlam
o‘z ichiga qimmatbaho, yuqori sifatli sug‘urta mahsulotlarini 
oladi, ular ko‘p miqdordagi kafolatlarga va keng qamrovli xatar qoplamasiga, 
yuqori sug‘urta summasiga hamda mijozning ehtiyojlarini to‘liq hisobga olish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu go‘yoki, sug‘urtalanuvchining shaxsiy ehtiyojlarini 
hisobga olgan holda yakka buyurtma asosida kiyim tikilishidir. 


17 
Sug‘urtalovchilarning sug‘urta mahsulotiga doir siyosatida eng muhim 
muvaffaqiyat kaliti bo‘lib, sug‘urta mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklifning 
dinamik mutanosibligi hisoblanadi. Sug‘urta qiluvchi doimiy ravishda o‘zi 
tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta mahsulotlari mijozlarning talabiga mos 
kelishini tekshirib turishi; shuningdek, o‘zi tomonidan ishlab chiqlgan va joriy 
etilishi rejalashtirilayotgan sug‘urta mahsulotlari bozorning kelajak ehtiyojlariga 
qay darajada mos kelishini kuzatib borishi zarur.
5
Har bir sug‘urta mahsulotlari jamlanmasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. 
Ularning dinamikasi sug‘urta qiluvchining u yoki bu marketing strategiyasining 
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Jamlanma kengayishi, torayishi, butunlay yo‘q bo‘lib 
ketishi yoki boshqa jamlanma bilan birikishi mumkin. Jamlanmaning kengayishi 
bozor segmentining o‘sishiga, sug‘urtalanuvchi uchun uning ahamiyati 
oshganligiga, sug‘urta xizmatlarining u yoki bu turiga nisbatan bozordagi talabning 
o‘zgarishiga bir qadar moslanuvchan vosita bo‘lib hisoblanadi. Qaysidir jamlanma 
mahsulotlari sonining ko‘payishi yoki sifatining oshishi sug‘urta qiluvchini 
bozorning muayyan segmentida o‘z ulushini ko‘paytirish uchun faol harakat 
qilishga chog‘lanayotganini bildiradi. Jamlanmaning yig‘ishtirib olinishi mazkur 
segment sug‘urta qiluvchida endilikda u yangi bozorni yoki sotuv usullarini 
o‘zlashtirayotganligi, bozor segmentining torayganligi, uning daromadliligi, 
sug‘urtalanuvchilarning o‘rtacha daromadi pasayishi yoki raqobatning kuchayib 
ketganligi sababli qiziqish uyg‘otmayotganini bildiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan 
vaziyatlarda sug‘urta jamlanmasi yo butunlay yig‘ishtirib olinadi, yoki sug‘urta 
mahsulotlari sonini kamaytirish va soddalashtirish orqali eng kam darajaga tushirib 
qo‘yiladi. Shubhasiz, sug‘urta mahsulotlari paydo bo‘ladi va yangi sug‘urta 
mahsulotlariga yo‘l bo‘shatib berib, yo‘q bo‘lib ketadi. Bu jarayon sug‘urta 
mahsulotining amal qilish davriyligida o‘z ifodasini topadi. 
Sug‘urta mahsulotining amal qilish davriyligi boshqa turdagi keng iste’mol 
tovarlari davriyligidan keskin farq qiladi. Birinchidan, sug‘urta davriyligi ancha 
5
Insuranse: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great Britain,1993, 
319pp 


18 
uzoq muddatlidir, sug‘urta polislari katta o‘zgarishlarga uchramagan o‘nlab yillar 
davomida sotilishi mumkin, buni esa tovar mahsulotlari uchun mutlaqo qo‘llab 
bo‘lmaydi. Ikkinchidan, sug‘urta mahsulotining amal qilish davriyligining 
dastlabki bosqichida qilingan xarajatlar keng iste’mol mollari uchun qilinadigan 
xarajatlardan ancha kam. Uchinchidan, sug‘urta shartnomasining amal qilish 
muddati uning amal qilish davriyligi muddatidan ko‘proq bo‘lishi mumkin, ya’ni 
shunday holat bo‘lishi mumkinki, sug‘urta qiluvchi allaqachon muayyan turdagi 
sug‘urta mahsulotini tijoratlashtirishdan voz kechgan bo‘lsa-da, uning 
yig‘majildida bu mahsulot hozircha mavjud bo‘lib turadi. 
Umuman, sug‘urta mahsulotining amal qilish davriyligini quyidagi 
bosqichlarga bo‘lish mumkin (1-chizma). 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish