S. R. Matiyazova, G. D. Adilova



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

Nazorat savollar: 
1.
Sug‘urta polisi qanday hujjat. 
2.
Sug‘urta polisi o’zida qanday ma’lumotlarni qamrab oladi. 
3.
Sug’urtalanuvchi sug’urta polisini yo’qotganda sug‘urta polisi qanday 
tartibda beriladi. 
4.
Sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi qachon taqdim etiladi. 
5.
Sug’urta shartnomasi kimlar o’rtasida tuziladi. 
6.
Sug’urta shartnomasi qaysi hollarda muddatidan oldin bekor etiladi. 
7.
Sug’urta shartnomasi qaysi hollarda o’z kuchiga ega hisoblanmaydi. 
8.
Sug’urta shartnomasida qanday ma’lumotlar o’z aksini topadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


81 
IV BOB. SUG’URTA MAHSULOTINI SOTISHDA VOSITACHILAR 
XIZMATIDAN FOYDALANISH 
 
4.1 Sug’urta mahsulotini sotishda vositachilar tasnifi 
Sug‘urta mahsulotlarini sotishda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida sug‘urta 
agentlari va sug‘urta brokerlari sug‘urta vositachilari bo‘lib xizmat qiladilar. Ular 
garchi qiziqishlari har xil bo‘lsa ham bor kuchlarini sug‘urta shartnomasi tuzishga 
yo‘naltiradilar. 
Hozirgi kunda vositachilar orqali polislar xarid qilish ko‘pchilik 
mamlakatlarda 
va 
aksariyat 
odamlar 
uchun 
eng 
umumiy 
tendensiya 
hisoblanadi.Sug‘urta vositachisining, boshqa sohalardagi, aytaylik, savdo 
sohasidagi vositachilardan farqi shundan iboratki, u hech qanday zaxira qilinmaydi 
va keyinchalik sotish uchun oldindan zaxira jamlab qo‘ymaydi.
23
Zamonaviy 
sug‘urta bozori ko‘p sonli sug‘urtalovchilar va operatsiyalar hajmining ko‘pligi, 
sug‘urta faoliyatidagi mavjud yo‘nalishlarning rivojlanishi va yangi 
yo‘nalishlarning vujudga kelishi, raqobatning kuchayishi va milliy bozorga xorijiy 
sug‘urtalovchilarning kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda 
sug‘urtalovchilarning sug‘urta mahsulotlarining sotuvini ta’minlashda sug‘urta 
vositachilarining ahamiyati katta. Sug‘urta bozori infrastrukturasini shakllantirish 
va sug‘urta xizmatlarini taraqqiy ettirishda ularga alohida xizmat yuklatiladi. 
Garchi sug‘urta vositachilari sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari bo‘lmasalar 
ham sug‘urtalovchidan sug‘urta qiluvchiga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari: 
sug‘urta shartnomasining ijroga muvofiqligi, shartnoma tuzilish bosqichlarida 
sug‘urta qildiruvchiga maslahat ko‘magi berish, sug‘urta shartnomasining 
bajarilishi, 
modifikatsiyasi 
(shaklining 
va 
turining 
o‘zgartirilishi) va 
shartnomaning tugatilishi hamda qaytadan sug‘urta shartnomasi tuzishda ishtirok 
etish ularning vazifasiga kiradi.
23
Insuranse: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great 
Britain,1993


82 
Modomiki, sug‘urta bozori turli sug‘urta kompaniyalari, ularning sug‘urta 
mahsulotlari va shartlarining son-sanoqsizligi bilan ifodalanar ekan, sug‘urta 
vositachilari sug‘urta qildiruvchiga unga mos sug‘urta mahsulotini tanlashda 
yordam beradi. Vositachi mijozga mavjud xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi, 
tavsiya qiladi va maslahat beradi, sug‘urtalashning kutilayotgan variantlari bilan 
sug‘urta qildiruvchini ta’minlaydi. Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashda sug‘urta 
agentlari, 
sug‘urta brokerlarining faoliyati sug‘urtalovchi va sug‘urta 
qildiruvchining qiziqishlari asosida amalga oshiriladi va ularga sug‘urta 
qildiruvchiga sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) xizmatlarini tanlashda, sug‘urta 
(qayta sug‘urtalash) shartlari, sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasini 
rasmiylashtirish, tuzish va qaytadan tuzilgan sug‘urta shartnomasi hamrohligida 
unga kiritiladigan o‘zgarishlar, sug‘urta to‘lovini talab qilish tartibi va hujjatlarni 
rasmiylashtirish, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) bilan o‘zaro ta’siri, 
maslahat faoliyatini amalga oshiradi
Bunda agent va brokerlar ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yoki
bajarilmasligi, shuningdek, sug‘urtalovchining tijorat sirini oshkor qilmaslikka
sug‘urta qildiruvchilarning shaxsiy ma’lumotlari haqida, ma’lumot va hujjatlarning 
to‘g‘riligi, xolisligi, mukammalligi va o‘z vaqtida taqdim etilishi, ularga berilgan 
vakolatlarning bajarilishiga mas’uldirlar. 
Sug‘urta brokeri bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilayotganda 
sug‘urtalovchi broker tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari, uning huquqi, 
majburiyatlari, shartnomaning bajarilish tartibi, uning amal qilish muddati, broker 
tomonidan 
olingan 
sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasi uchun 
sug‘urtalovchilarga o‘tkaziladigan pul mablag‘larining muddati va tartibini kiritgan 
holda hisob-kitob qilish tartibi, xizmat narxlari (sug‘urta brokerining mukofot 
miqdori)ni belgilaydi. Bunda sug‘urta brokerining majburiy sug‘urta bo‘yicha 
komission haqi sug‘urta mukofotining 10%dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari 
broker bir shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat uchun ham sug‘urtalovchidan, 
ham sug‘urta qildiruvchidan mukofot olishga haqli emas. Broker sug‘urtalovchini 
kimning manfaatlari asosida harakat qilayotganidan xabardor qilishga majbur.


83 
Majburiy sug‘urtalash natijasi sifatida vujudga kelgan aloqalar vositachi 
tomonidan o‘z biznesini yanada rivojlantirish uchun foydalaniladi. Katta ishlab 
chiqarish tijorat risklarini sug‘urta qilish oson kechmaydi. Vositachi bir tomondan, 
mijozlar izlab topishiga to‘g‘ri keladi, boshqa tomonidan esa – u mijozlar ehtiyoj 
sezadigan zarur sug‘urta qoplami taklif qilishi mumkin bo‘lgan sug‘urta 
qiluvchilar bilan aloqa qilishi lozim.
24
Vositachilarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Sug‘urtadagi vositachilarni 
ikkita asosiy toifaga bo‘lish mumkin: 
- ixtisoslashgan sug‘urta vositachilari, sug‘urta operatsiyalari ularning asosiy 
faoliyat turi hisoblanadi (agentlar va brokerlar); 
— sug‘urta bilan bog‘liq bo‘lmagan turli sohada faoliyat yurituvchi 
kompaniyalar ular mahsulotlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda sug‘urtani 
qo‘shimcha, hamroh bo‘ladigan xizmat turi sifatida taklif qiladilar.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish