S. N. Voxidov



Download 27,5 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2022
Hajmi27,5 Kb.
#679375
1   2   3   4
I.X. ERGASHEV
1953 yilda O‘zKXI veterinariya fakultetini a’lo baholarga bitirib, 1956 yilda muddatidan oldin nomzodlik dissertatsiyasini yokladi. 29 yoshida buyuk olim, akademik K.I.Skryabin hamda professor N.V.Badaninning rahbarligida 1963 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli himoya qildi va veterinariya fanlari doktorlari orasida birinchi o‘zbek olimi bo‘lib etishdi. Gelmintlarni urganish sohasida e’tiborli halqaro ilmiy mukofot «K.I.Skryabin nomli Oltin medal» bilan takdirlangan. Biologiya, tibbiyot, veterinariya sohalaridagi ulkan hissalari hamda ixtirolari, kashfiyotlari uchun 1969 yilda unga «SSSR Ixtirochisi» sharafli unvoni berildi. Akademik I.X.Ergashev tomonidan 750 dan ortik ilmiy asarlar, monografiyalar, darsliklar va ilmiy maqolalar chop etilgan. U kishi ko‘pgina halqaro parazitologik jamiyatlar a’zoligiga saylangan. Akademik I.X.Ergashev tomonidan o‘zbek parazitologiya maktabi rivojlantirildi, bu maktabda 10 nafar fan doktorlari va42 nafar fan nomzodlari tayyorlandi.
I.X.Irgashev 14 jildli o‘zbek ensiklopediyasini nashr etishda faol ishtirok etgan.
I.X.Irgashevning asosiy ilmiy yunalishlari tabiatdagi o‘zaro munosabatlarni urganish muammolari, biotsenoz, parazitotsenoz, inson va haivonlar parazitar kasalliklariga qarshi ko‘rashni takomillashtirishga bag‘ishlangan.
Veterinariya amaliyotiga birinchi marta yukumli va invazion kasalliklar bilan ko‘rashda, davolash-profilaktik choralarini utkazishda zonali yondoshishni taklif etgan, bu tizimni tatbik etilishi natijasida O‘zbekistonda 1959-1965 yillarda 30 ga yaqin odam va hayvonlar kasalliklarini sog‘lomlashtirish imkoni yaratilgan.
Akademik I.X.Ergashev o‘zining ilmiy-tashkiliy faoliyati uchun turli hukumat mukofotlari, ordenlari va medallari bilan mukofotlangan. 2003 yilda I.X.Ergashevning xizmatlari yuqori baholanib, davlatimizning «Do‘stlik» ordeni bilan takdirlangan.


R.H.HAITOV
R.X.Xaitov 1940 yilda K.A.Temiryazev nomli Samarqand zooveterinariya texnikumiga o‘qishga kirib, 1943 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan va institutga kirish uchun yo‘llanma olgan. 1943-1944 yillarda Samarqand (hozirgi Jizzax) viloyatining Forish tumanida veterinariya uchastkasi boshlig‘i vazifasida ishladi.
1944 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetiga o‘qishga kirib, 1949 yilda imtiyozli diplom bilan tugallagan.
Institut rektoratining tavsiyasi bilan “Fiziologiya va patologik fiziologiya” kafedrasiga assistentlik lavozimiga ishga qabul qilingan va shu bilan bir vaqtda 1950 yildan 1953 yilgacha atoqli professor N.V.Badanin rahbarligida aspiranturada o‘qib, 1954 yilda “Samarqand viloyati sharoitida qo‘ylar anaplotsefalyatozlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Keyingi pedagogik va ilmiy faoliyatini yana “Fiziologiya va patologik fiziologiya” kafedrasida professor V.V.Volkov rahbarligida davom ettirib, assistentlikdan, dotsent va professor, kafedra mudiri darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1969 yilda “Biologik preparatlarning paratifoz immunitetiga ta’siri” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ruzi Xaitovich Xaitov 1961-1977 yillar Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib, o‘zining tashkilotchilik qobiliyati, ilmiy-pedagogik salohiyatini yaqqol namoyon qildi. Ushbu lavozimda ishlagan davrida institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni oshirish, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga e’tibor qaratdi. O‘zbekiston respublikasi xalq xo‘jaligi, sobiq Ittifoq hamda chet davlatlar uchun etuk malakali veterinariya vrachlari, agronomlar, zootexniklar va ilmiy xodimlarni etkazib berishga o‘zining o‘lkan hissasini qo‘shdi.
Ruzi Xaitovich Xaitov iqtidorli yoshlarning ijodiy o‘sishiga asosiy e’tiborini qaratgan bo‘lib, ko‘pchilik shogirdlari fan nomzodi va fan doktorlari bo‘lib etishgan va bugungi kunda oliy ta’lim sohasida, ilmiy va ishlab chiqarish sohalarida Respublikamizning turli viloyatlarida, O‘rta Osiyo respublikalari va chet ellarda samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Ruzi Xaitovich Xaitov 6 ta darslik, 2 ta broshyura, 2 ta ocherk, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 10 dan ortiq tavsiyanomalar, 420 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 40 dan ortiq fan nomzodi va fan doktorlarini tayyorlashda bevosita ilmiy rahbar bo‘lgan. Alma mater uchun 30 ga yaqin fan doktori va 160 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlashda faol qatnashib, rahnomolik qilgan.
Ruzi Xaitovich Xaitov bir necha yillar jamoat ishlarida faol qatnashgan, veteranlar kengashi raisining muovini, institut urush va mehnat faxriylari kengashi raisi, “Bog‘i Temur” mahalla komitetining veteranlar bilan ishlash bo‘limi raisi, qishloq xo‘jaligi, xalq ta’limi, fizkultura va sport ishlari bo‘yicha domiy komissiya raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1962-1992 yillarda viloyat va shahar kengashlarining deputati etib saylangan. Ruzi Xaitovich bir necha yillar Samarqand viloyat “Bilim” jamiyatini, O‘zbekiston kolxozlar va sovxozlar tarixi jamoatchilik instituti filialini boshqargan.
Ruzi Xaitovich Xaitov 1951 yildan boshlab, fiziologlar, bioximiklar, farmakologlar, patofiziologlar, gelmintologlar, xalq ta’limining butunittifoq va xalqaro s’ezdlarida (Olma-Ota, Moskva, Kiev, Tiblisi, Baku, Kishenev, Dushanbe, Koщitse, Berlin) faol qatnashgan.
Ustoz 1961-1992 yillar mobaynida institutning «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasi mudiri, 1992 yildan umrining oxirigacha «Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarroxligi va farmakologiya» kafedrasi professori vazifasida faol mehnat qilib keldi.
Olim tomonidan yaratilgan ko‘plab darslik, risola, uslubiy qo‘llanma va ilmiy maqolalar hozirgi kunda talabalar tomonidan veterinariya fanlari sirlarini chuqur o‘zlashtirishda keng qo‘llanilmokda.
Professor Ruzi Xaitovich Xaitovning fidokorona mehnati 2 ta orden, 8 ta medal, 2 ta Butunittifoq halq xo‘jaligi ko‘rgazmasi medalining sovrindori, ittifoq “Bilim” jamiyati oliy mukofoti, akademik N.I.Vavilov medali, ittifoq Qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasining oliy mukofoti, akademik S.N.Vыshelevskiy medali, ittifoq Qishloq xo‘jalik va Oliy ta’lim, Mudofaa Vazirliklarining ko‘krak nishonlari, 2 marta O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti, Oliy Soveti faxriy yorlig‘i va ko‘plab turli tashkilotlarning faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Download 27,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish