SH.I.IBROHIMOV
Veterinariya fanlari doktori, professor 1930 yilda tavallud topgan. 1952 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini bitirgan. 1952 yilda gistologiya va embriologiya kafedrasiga asistentlikka qabul qilindi. 1958 yilda «Qorako‘l kuylar va mahalliy o‘zbek echkilari vegetativ nerv sistemasining anatomiyasi» mavzusida biologiya fanlari nomzodi darajasi uchun dissertatsiya himoya qildi. 1970 yil «Qorako‘l qo‘ylari nerv sistemasi simpatik qismining hayvon yoshiga qarab o‘zgarishlari» mavzusida veterinariya fanlari doktori darajasi uchun dissertatsiya himoya qildi.
F.H.MAJIDOV
Veterinariya fanlari doktori, professor.
1931 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1954 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetini bitirgan. 1962 yilda «Qorako‘l qo‘ylari va o‘zbek echkilarining siydik ayirish va jinsiy organlarini yoshga ko‘ra o‘zgarishi» mavzusida fan nomzodi, 1971 yilda «Hisori qo‘ylarning keyingi oyoq sohasi vena tomirlarini yoshga ko‘ra anatomiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. .
Professor F.H.Majidov veterinariya anatomlari maktabining vakillaridan biri bo‘lib, ilmiy-pedagogik faoliyati davrida 125 dan ortiq ilmiy asarlar chop etdi. 8 nafar fan nomzodi tayyorladi.
Professor F.H.Majidovni ilmiy-tadqiqotlari chorva mollari maxsuldorligini oshirish, kasalliklarni davolash, oldini olish va ulardan nasl olishga qaratilgan. bo‘lib, chorvachilikni rivojlantirishda muhim o‘rin kasb etadi.
N.SH.DAVLATOV
Davlatov No‘mon SHodmonovich 1971 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutining veterinariya fakultetini tugatgan.
1976 yilda O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining kunduzgi bo‘lim aspiranturasini tugatgan. 1979 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1993 yilda «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gossipolotoksikozi va uni oldini olish choralari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 1994 yilda professor unvonini olgan.
Professor N.SH.Davlatov bitta o‘quv qo‘llanma, bitta risola, 129 ta ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi.
Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi, hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha 5 nafar shogirdlarining nomzodlik dissertatsiyasiga (S.Najmiddinov, H.B. Niyozov, M.G.Karimov, YU.YU.Xudoklinova, M.Isaev) ilmiy rahbarlik qilgan.
SH.I.Ibrohimov sitologiya., gistologiya va embriologiya fanidan darslik yaratgan bo‘lib. bu darslik bugungi kunda chorvachilik mutaxassislari va ilmiy-tadqiqotchilar kutubxonasidan o‘z urnini topgan.
Professor SH.I.Ibrohimov O‘zbekistonda veterinariya gistologlari maktabini yaratdi, u kishining rahbarligida 12 nafardan ziyod fan nomzodlari (F.I.Deynego N.SH.SHodiev, M.S.Musaev, SH.Temirov, A.S.Daminov, N.B.Dilmurodov, J.M.Tursagatov, G.F.Majidova va boshqalar) tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |