S. Mirzayev, O. Imomov, D. Inomjonov, I. Usmonaliyev, A. Najimov


Dars jadvali tuzishda Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan darslarning haftalik taqsimotiga amal qilinadi. Bu esa quyidagi jadvalda ifodalangan



Download 0,71 Mb.
bet7/18
Sana14.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#551598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
jis tar amaliy mash

Dars jadvali tuzishda Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan darslarning haftalik taqsimotiga amal qilinadi. Bu esa quyidagi jadvalda ifodalangan.
9-jadval




O’quv fanlari



Sinflar

Haftalik umumiy soat



1

2

3

4

5

6

7

8

9




Davlat ixtiyoridagi soatlar

22

22

24

24

30

32

33

34

35

256

1

Ona tili va adabiyot

8

8

10

10

9

7

5

5

5

67

2

O’zbek tili/ Rus tili




2

2

2

2

2

2

2

2

16

3

Chet tili

2










3

3

3

3

3

17

4

Tarix













2

2

3

3

3

13

5

Davlat va huquq asoslari






















1

1

2

6

Iqtisodiy bilim asoslari






















1

1

2

7

Matematika

5

5

5

5

5

5

5

5

5

45

8

Informatika






















1

2

3

9

Fizika
















2

2

2

2

8

10

Kimyo



















2

2

2

6

11

Biologiya













1

2

2

2

2

9

12

Tabiat va geografiya

1

1

1

1

1

2

2

2

2

13

13



Odobnoma

1

1

1

1
















4

Vatan tuyg’usi













1

1










2

Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari



















1

1

1

3

14

Musiqa madaniyati

1

1

1

1

1

1

1







7

15

Tasviriy san’at

1

1

1

1

1

1

1







7

16

Chizmachilik






















1

1

2

17

Mehnat

1

1

1

1

2

2

2

1

1

12

18

Jismoniy tarbiya

2

2

2

2

2

2

2

2

2

18




Maktab ixtiyoridagi soatlar

0,5










0,5

0,5

1

0,5

2

5




Umumiy soatlar

22,5

22

24

24

30,5

32,5

34

34,5

37

261




Amaliy mehnat mashg’uloti (kun hisobida)













6

6

10

16









7-AMALIY MASHG’ULOT
SINFNI GIGIYENIK BAHOLASH.
Ishning maqsadi: talabalarning sinf xonasiga bo’lgan gigiyenik talablar bilan tanishtirish(xonaning hajmi, havosi, yorug’ligi va jihozlari).
Shahar joylarida maktab bilan o’quvchilarning uyi o’rtasidagi masofa 1-1,5 km dan oshmasligi kerak. Qishloq joylarda esa bu masofa 3-5 km dan oshiq bo’lsa transportdan foydalanish kerak. Umumiy o’rta ta’lim maktab yer uchastkasining sathi 1,7-3,0 gektar bo’lishi kerak. Maktab territoriyasi 4 zonaga bo’linadi: maktab binosi, o’quv-tajriba, dam olish zonasi va xo’jalik zonasi. Axlat to’planadigan yashik, xojatxona va xo’jalik zonasi maktab binosidan kamida 25 metr masofada joylashmog’i kerak. Ko’p qavatli binolarning pastki qavatida boshlang’ich sinflar joylashtiriladi.
Sinfning pol sathi 50 m² bo’lishi kerak. 1-7-sinflarda har bir o’quvchi uchun 1,25 m², 8-9 sinflarda esa 1,40 m² pol sathi to’g’ri kelmog’i lozim. Sinf xonasining uzunligi 9 m dan oshmasligi kerak, aks holda oxirgi partada o’tirgan o’quvchilar doskadagi xatni ko’rishga qiynaladilar. Sinf xonasining kengligi 5,7-6,2 m atrofida, xona shipining balandligi 3,5 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Sinf xonasining havosi tarkibidagi korbanat angidrid miqdori 0,07- 0,1 % dan oshmasligi kerak ( normal havo tarkibida 0,03- 0,04 %). Havo deraza darchalari orqali almashtiriladi. Deraza darchasining umumiy sathi pol sathining 1/50 qismiga teng bo’lmog’i lozim (sinf polining sathi 50 m² bo’lsa, derazalardagi darchalarning sathi 1 m² bo’lishi kerak). Sinf xonasida har bir o’quvchi uchun 4,5-5 m³ havo to’g’ri keladi. Bir soatlik dars davomida esa o’quvchi uchun 16-26 m³ havo talab qilinadi. Sinfda temperatura 16-18 º C, nisbiy namlik 40-60 % ga teng bo’lmog’i talab qilinadi.
Sinfni yoritish tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy yorug’lik derazalardan quyosh nurining tushishidir. Tabiiy yorug’lik koeffitsiyenti 1: 4 yoki 1:5 ga teng bo’lmog’i lozim, yani deraza larning umumiy sathi 10-12,5 m² bo’lib sinf pol sathining ( 50 m² ) to’rtdan yoki beshdan bir qismini tashkil qilishi kerak. Sinf shipi oq, devori och pushti yoki och sariq, partalarning ustki qismi och yashil, yon tomoni va o’tiradigan qismi, shuningdek eshik hamda derazalar ham oq rangli bo’yoqlar bilan bo’yalishi kerak. Sinfning yorug’ligi lyuksmetr asbobi yorda-mida o’lchanadi. Tabiiy yorug’likni yana sinf xonasidagi derazalarning qarshi tomonidan derazaga qaralganda osmonni ko’rish orqali ham baholanadi.
Sinfni sun’iy yoritish uchun spiralli va lyuminessent lampalari qo’llaniladi. Sinfning har 1m² pol sathiga 36-48 vt elektr quvvati to’g’ri kelishi kerak. Demak, sinfni ng pol sathi 50m² bo’lib, u har biri 300 vt quvvatga ega bo’lgan 6-8 ta spiralli elektr lampa bilan yoritilishi lozim. Elektr lampalari shipga 2 qator qilib joylashtiriladi. Ular orasidagi masofa bir xil bo’lmog’i kerak va pol sathidan 3 m balandlikda bo’lmog’i shart. Spiralli elektr lampochka-lar qo’llanilganda sinfning yorug’ligi 150 lyuks, lyuminessent lampalari qo’llanilganda esa 300 lyuks bo’lishi kerak. Chizmachilik xonalarida yorug’lik 200 va 400 lyuks bo’lishi kerak.
Parta, doska, jismonoy tarbiya, mehnat darslarida qo’llaniladigan buyum va o’quv qurollari hamda asboblar o’quvchining bo’yiga, yoshiga mos bo’lishi lozim. O’quvchi ko’zi va daftar yoki kitob orasdagi masofa 35-40 sm bo’lishi lozim.
Sinf doskasining pol sathidan balandligi 1-4- sinflarda 75-80 sm, 5-9- sinflarda 80-90 sm bo’lishi kerak. Doska och yashil, jigarrang, chizmchilik xonalarida esa qora bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Doska bilan birinchi qatordagi partalarning orasi 2 m dan kam bo’lmasligi, oxirgi qatordagi partalarning orasi 8 m dan ko’p bo’lmasligi talab qilinadi.


8-AMALIY MASHG’ULOT
KO’ZNING KO’RISH O’TKIRLIGINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: ko’zning ko’rish o’tkirligini tekshirish.
Ko’zni ehtiyot qilish juda muhim ahamiyatga ega. O’quvchilarda ko’pincha uzoqdan ko’ra olmaslik paydo bo’ladi. Bu nuqson ba’zan nasldan-naslga o’tadi, biroq uni bola hayoti davomida orttirishi ham mumkin. Nuqsonlarning rivojlanishiga o’qish va yozish paytida ko’zni juda zo’riqtirish, shuningdek o’tirgan paytda vaziyatni tutishga, xonadagi yorug’likka hamda ko’rgazmali qurollarga qo’yiladigan gigiyenik talablarni buzilishi sabab bo’ladi. Ko’zda paydo bo’ladigan har xil nuqsonlarning mashg’ulot paytida ortiqcha toliqib qolishning oldini olish uchun maktabda va uyda ko’zga zo’r kelmaydigan sharoit yaratish, bolalarni avvalo to’g’ri o’tirishga o’rgatish zarur. Maktab partalari bolalar bukchaymasdan to’g’ri o’tiradigan qilib ishlangan. Agar parta bolaning bo’yiga moslab to’g’ri tanlanadigan bo’lsa, u holda bola to’g’ri o’tiradi. O’quvchilar bunday holatda uncha charchamaydilar va bunda darslik bilan ko’z orasidagi masofa 35-40 sm bo’ladi, bu esa normaga to’g’ri keladi. Partaga va uydagi ish stoliga yorug’lik yaxshi tushib turishi lozim. Yorug’lik yetarlicha bo’lmaganda bolaning boshi kitob ustiga egiladi, bu esa uzoqdan ko’ra olmasligiga olib ke-ladi. Tabiiy yorug’likdan foydalanilganda ish stolini derazadan uzoq qo’ymaslik, sun’iy yorug’likda stol lampasini soya tushmasligi uchun chap tomonga qo’yish lozim. Lampochka yorug’ligi 60-75 vatt atrofida bo’lgani ma’qul. Kinofilmlar, teleko’rsatuvlar tomosha qilish va ayniqsa kompyuterda ishlashni to’g’ri gigiyenik tashkil qilinishiga ahamiyat berish lozim. Bolalar uzog’i bilan 1,5 soat davom etadigan filmnigina ko’rishlari mumkin. Kompyuterda ishlaganda esa uzog’i bilan 2 soat, shunda ham och qoringa o’tirish yaramaydi. Televideniye ko’rsatuvlarini tomosha qilishda uzoqroq, ya’ni 2-2,5 m uzoqlikda o’tirgan ma’qul. Ekran qarshisida bukchaymasdan to’g’ri o’tirish kerak. Xonani to’g’ri yoritilishi ham katta ahami-yatga ega. Qop-qorong’u xonada televizor ekrani yonib turadigan bo’lsa ko’z tez toliqib qoladi. Yaxshisi xonada stol lampasi yonib tursin.
Ko’zning o’tkirligini aniqlash uchun Golovin jadvalidan foydalaniladi. Bu jadval 12 qator har xil kattalikdagi harflardan iborat. Harflar yuqoridan pastga qarab tushgan sari kichrayib boradi.
Jadval yaxshi yoritilgan devorga osib qo’yiladi. Sinaluvchi kishi jadvaldan 5 m dan narida o’tiradi. Har bir ko’zning ko’rish o’tkirligi alohida –alohida aniqlanadi. Sinaluvchi kishi bir ko’zini ekran (karton parchasi) bilan berkitib turib eksperimentator tayoqcha bilan unga ko’rsatilayotgan harflarni eshittirib o’qiydi. Katta harflardan boshlab asta-sekin kichikroq harlarga o’tiladi. Xato qilmasdan o’qiladigan harflarning oxirgi qatori ko’rish o’tkirligini belgilaydi. Ikkinchi ko’z o’tkirligi ham shu tartibda tekshiriladi. Normal ko’zning ko’rish o’tkirligi 1,0-2,0 bo’ladi.
Tajriba natijalarini quyidagi 10-jadval bo’yicha tajriba protokoliga yoziladi:


10-jadval



Tekshiriladigan ko’z

Ko’rish o’tkirligi

O’ng ko’z




Chap ko’z







Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish