Yadro qurolining sinovlari. Yadro quroli portlaganda atrof-muhitga kelib tushayotgan radioaktiv moddalaming bir qismi sinov o ‘tkaziigan joy atrofida yog‘iladi, boshqa qismi troposferada to ‘xtab qoladi va shamol bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Bunda radioaktiv moddalar
havoda bir oy atrofida saqlanib, asta-sekinlik bilan tuproqlarga kelib tushadi. Ammo yadro sinovlari atmosferada o‘tkazilganda radioaktiv moddalarning ko‘p qismi stratosferaga tashlanib, unda ko‘p oylar davomida saqlanadi, keyin esa sekinlik bilan pastga tushadi va yer sharining butun yuzasiga tarqaladi. Radioaktiv yog‘in-sochinlar tarkibida yuzlab turli xil radionuklidlar mavjud boiib, ulardan aholini nurlani-shiga asosiy hissani qo‘shayotgan nuklidlar — bu uglerod-14, seziy-137, sirkoniy-95 va strorisiy — 90. Qolgan radionuklidlar tez parchalanib ketadi. Hozirgi kungacha atmosfera havosida o ‘tkazilgan yadro portla-tishlaridan umumiy kutilayotgan kollektiv samarali dozasi 30 000 000 odam.Zv ni tashkil qilgan. 2000-yilga qadar yer aholisi ushbu dozaning 17% ni qabul qilgan boisa, qolgan qismini esa millionlar yil davomida oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |