S 0 2+H20 h > H 4 + H S O 3~
Havodagi metall zarralari erigan S 0 2 ni sulfat kislotasiga o'tish jarayonini tezlashtirib beradi:
2HS03 + 0 2 —>2H++2S042
Sulfat anioni suvda yaxshi erigani uchun hosil bo‘lgan tomchi yana qo‘shimcha suvni adsorbsiyalab, og‘irlashadi, uning pH ko'rsat-gichi esa pasayadi.
Kuchli oksidlantiruvchi modda sifatida sulfat kislotasi ko'zni yosh-lantirib, nafas yo‘llarini achitib tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko‘r-satadi.
Fotokimyoviy smog NO birinchi marta 1944-yilda Los-Andjeles shahrida aniqlangan bo‘lib, u quyosh nuri ta’sirida, atmosferaning barqarorligi yuqori darajada bo‘lganda hosil bo'ladi. Uning asosiy belgisi —havo rang tutun paydo boMishi va ko'rinish yomonlashishidir, Smog paydo bo‘lganda u nafas yo‘llarni achitib, ko'zlarni yoshlantirib inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Ushbu vaziyatning uzoq vaqt mobaynida saqlanib turishi aholi orasida kasalJiklarni ko‘payishi va ayrim holatlarda o'limiga ham olib kelishi mumkin. Ayniqsa, ko‘proq smog bolalar va keksalarga ta’sir ko‘rsatadi, o‘simliklarning barglarini quritib yuboradi.
Bundan tashqari, smog metallar korroziyasi, rezina va inshootlarning yemirilishiga olib keladi.
Fotokimyoviy smogning oksidlanitiruvchi hossalari asosan tarkibi-dagi ozon va peroksiatsetilnitratlarga bog'liqdir. Los-Andjeles smogi avtotransportda benzin yoqish natijasida hosil bo‘ladi. Lekin, uning tarkibidagi zaharli moddalar avtotransportdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlan-
maydi. Bu moddalar havoda birlamchi ifloslantiruvchilar, ya’ni az.ot oksidlari NO va avtomobillardan tashlanayotgan to‘liq yonmagan yoqilg‘ilaming o‘zaro reaksiyaga kirishishi natijasida ikkilamchi mahsu-lotlar sifatida hosil bo‘ladi.
Bu reaksiyalar asosan quyosh nuri ta’sirida amalga oshadi, shuning uchun bu smog fotokimyoviy deyiladi.
Yoqilg‘i toza kislorodda emas, balki havo aralashmasida yonishi sababli yuqori temperaturada NO oksidi hosil bo'ladi:
N 2+ 0 2-^ 2NO
Hosil bo'lgan NO oksidlanib N 0 2 —ga aylanadi.
N 0 2 quyosh nuri ta’sirida parchalanadi (fotodissotsiatsiya):
N03->N0+ О
Hosil bo‘lgan kislorod atomi ozon molekulasini hosil qiladi:
О + o 2 -> 0 3
Ozon - bu troposferadagi hosil bo'ladigan ikkilamchi ifloslantiruv-chidir.
Benzin yoqish natijasida atmosferaga kelib tushayotgan organik birikmalar ikkita jarayonni tashkil qiladi: 1 —NO oksidini NOz oksidiga aylantiradi; 2 — uglevodorodlar oksidlanib aldegidlarni hosil qiladi. Aldegidlar ko‘zni yoshlantiruvchi moddalar bo‘lib, kanserogen xusu-siyatlarga ham egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |