Azotning aylanma harakati. Azotning aylanma harakati boshqa elementlarga nisbatan ancha murakkabdir. Atmosfera azotga juda boy bo ‘lsa ham ko‘pchilik o‘simlik va hayvonotlar uni to ‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatida bog‘lay olmaydi. Biologik jarayonlarda azot faqat bog‘langan holda, ya’ni organik m oddalar (mochevina, oqsil m od dalar, nuklein kislotalari) va noorganik moddalar (ammiak, nitrat, ammoniy tuzlari) shaklida ishtirok etadi. Gaz holatidagi azot mole-kulalarining organik va noorganik shakllarga o ‘tkazish jarayoni fizik-kimyoviy va biologik usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Fizik-kimyoviy usulda atmosferada elektr razryadlari ta’sirida quyidagi reaksiyalar amalga oshadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |