Uglerodning aylanma harakati. Uglerod tirik organizmlardagi jarcyonlarning asosini tashkil etadi, shu bilan birga uglerod katta m iqdorda insonlaming xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonlariga ham kiritiladi. Atmosferadagi karbonat angidrid gazi produsent organizmlar
uchun asosiy uglerod manbai hisoblanadi. Yashi] o ‘sim]iklarbiomassani hosil qilish uchun har yili atmosferadan 16-1010 t C 0 2 ajratib oladi. Fotosintez natijasida u glukozaga, keyingi biosintez jarayonlarida esa lipid, protein va boshqa organik moddalarga aylanadi. Tirik organizm-laming nafas olish jarayonlarida uglerodning bir qismi C 0 2 shaklida yana atmosferaga qaytariladi. Tirik organizmlar o'lgandan keyin esa organik qoldiqlarning chirishi va mineralizatsiya jarayonlari natijasida C 0 2 to‘liq atrof-muhitga qaytariladi hamda sikl yopiladi. Bu aylanma harakat m a’Ium sharoitlarda sekinlashishi ham mumkin. Bunda nobud bo‘lgan o‘simliklar va hayvonotlarning qoldiqlari tuproqda gumus yoki botqoqlarda torf bo'lib to!planadi. Natijada ko‘mir, neft, suvli muhitda esa ohak konlari hosil bo'ladi.
Insonlarning xo‘jalik faoliyatlari aylanma harakatdan chiqarilgan va zaxiralarda to‘plab qo‘yilgan uglerodning yana aylanma harakatga qaytarilishini tezlashtiradi. Uglerodning biologik zaxiralardan qaytarilishi asosan yoqilg'i yoqish jarayonlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonlar natijasida atmosferaga juda ko‘p miqdorda CO va CO, gazalari tushadi. Bundan tashqari, metallurgiya va kimyo sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlari (ohak kuydirish, sement olish va hokazo) ham uglerod oksidining ko‘payishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Karbonatli tuproqlarning ustiga kislotali yomg'irlar yog'ishi natijasida havoga yana qo‘shimcha CO, tushadi. Um um an olganda, insonlarning xo'jalik faoliyati natijasida har yili atmosferaga kelib tushayotgan karbonat angidridining miqdori uning tabiiy yo‘l bilan tushishidan 100—150 barobar ko'p bo‘lib, C 0 2 riing biogen kelib tushishi miqdoridan 10% ni tashkil qiladi.
Dunyo okeani ortiqcha karbonat kislotasini yutib olib, uni saqlab turuvchi rezervuar vazifasini bajaradi. Atmosferada C 0 2 ning miqdori ortishi bilan suvda karbonat kislotasining miqdori ortib boradi va uning metall ionlari bilan reaksiyasi natijasida suvda karbonatlaming miqdori ortadi. Bikarbonatlarni parchalanishi natijasida karbonatlar cho‘kmaga tushadi va C 0 2 ning bir qismi atmosferaga qaytariladi:
Ca(H C 03 ) 2 C aC 03 4 +H20 + C 0 2 T
Hozirgi kunda atmosferadan C 0 2ni yutilishi hisobiga yer qatlamida karbonatlar shaklida 201018t C 0 2 saqlanadi. Shunday qilib, Dunyo okeani bufer vazifasini bajaradi va uglerodning aylanma harakatining buzilishini yumshatib turadi. Shunga qaramasdan, hozirgi vaqtda antropogen ta’sirlar natijasida uglerodning aylanma harakatining sezilarli
2 —Atrof-muhit kimyosi
|
17
|
darajada buzilishi kuzatilmoqda. Oxirgi 100 yil davomida C 0 2 ning miqdori 10—15% ga ortgan. Bu birinchi navbatda iqlimning o‘zgarishiga olib kelmoqda, chunki COz gazi quyosh nurlanishini yer yuzasiga o‘tkazib yuboradi, yerdan chiqayotgan issiqlik nurlanishiii esa ushlab qoladi va natijada «issiqxona effektiga» olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |