1.5. Kimyoviy elementlaming atrof-muhitda
tarqalisfai
Yerning kimyoviy tarixini o‘rganish jarayoni yer qatlamining o‘rta-cha tarkibini va kimyoviy elementlaming tarqalish qonuniyatlarini o‘rga-nish, elementlaming litosferadagi nomineral shaklini aniqlash, atom va ionlarning yer qobig‘larida, ya’ni atmosfera, gidrosfera hamda litosferadagi migratsiya va to'planish jarayonlarini o‘rganishga asoslan-gandir.
Kimyoviy elementlarning yer qatlamidagi yoki uning bir qismidagi, butun Yer sharidagi hamda sayyoralar va boshqa kosmik obyektlardagi o‘rtacha miqdori uning «tarqalganligi» deyiladi va aniq sonlar yordamida ifodalanadi. Bu sonlar F.U . Klark tom onidan aniqlangan bo‘lib, kimyoviy elementlarning yer qatlamidagi miqdorini ko‘rsatadi.
Klark sonlari ko‘p marta olib borilgan tajribalar natijasida hisob-langan bo‘lib, ular yer qatlamining asosiy elementlarining miqdorini aniqlash imkonini beradi. Masalan, yer qatlamining asosiy qismini, ya’ni 99,48% ni to‘qqizta eng ko‘p tarqalgan elementlar O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mg, Ti hosil qiladi. Qolgan 89 ta element nodir elementlar qatoriga kiradi va yerdagi barcha elementlarning umumiy miqdoridan 0,52% ni tashkil etadi.
Kislorod, kremniy va aluminiy yer qatlamining asosiy elementlari bo‘lib, uning 84,55% ni tashkil qiladi. Ulardan esa Idslorod elementiga yer qatlamining 47,0%, ya’ni yarimiga yaqin miqdori to‘g‘ri keladi.
Klark sonlarini bilish elementlarning yer qatlamida tarqalganligini aniqlash imkonini beradi. Klark soni katta bo‘lgan elementlar yer qatlamidagi eng keng tarqalgan kimyoviy birikmalami hosil qiladi, nodir va kamyob elementlar esa o‘z minerallarining hosil qilish imkoni kamdir. Masalan, yer qatlamining yarimidan ko‘pi (55%) asosan O, Si, Al va qo‘shimcha Ca, Na, К elementlaridan tuzilgan dala shpatlari mineraliga to ‘g‘ri keladi. Rb, Se, Y, Ra va boshqa Klark sonlari kichik bo‘lgan elementlar esa o‘z minerallarini hosil qila olmaydi. Asosiy tog‘ jinslaridan biri bo‘lgan — granit massasining ham 99% yuqorida ko‘rsatilgan eng ko‘p tarqalgan 8 ta element, ya’ni O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mg dan tuzilgan bo‘lib, bu elementlar granitni hosil qiluvchi kvars, dala shpati, sluda va boshqa minerallaming tarkibiga kiradi. Ammo maxsus asboblar yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijasida granit tarkibida asosiy 8 ta elementdan tashqari Ti, P, Mn, S, F, Cl, Ba, Cr, Li, Sr, Pb, Va, Ni, Cu, Zn va boshqa ko'pgina elementlar borligi aniqlangan bo‘lib, ularning umumiy miqdori 1 % dan ham kamdir.
Yer qatlamidagi asosiy elementlarning Klark sonlari (massa % da)
quyidagicha ( 1 -jadval):
1-jadval
Modda Klark sonlari (massa % da)
Kislorod 47
Kremniy 29,5
Aluminiy 8,05
Temir 4,65
Kalsiy 2,96
Kaliy 2,50
Natriy 2,50
Magniy 1,87
Titan 0,45
Yer qatlamidagi miqdori каш bo‘lgan elementlaming Klark sonlari esa juda kichikdir: V — 0,0090%; Cr — 0,0083% ; N i — 0,0058%; Ar - 0,0000070%; Au - 0,00000043%.
Klark sonlarini aniqlash va tahlil qilish natijasida yerdagi barcha elementlar tog‘ jinslarining har bir grammida hamda tabiiy suvning har bir tomchisida mavjud ekanligi isbotlandi. Bundan tashqari, yengil elementlar, ayniqsa kislorodning yer qatlamida m uhim ahamiyatga ega ekanligi ham tasdiqlandi.
Elementlaming tarqalishini o ‘rganish ularning migratsiya va kon-sentratsiya jarayonlarining geokimyoviy parametrlarini hisoblashda, foydali qazilmalaming qidiruvida, qishloq xo‘jalik va sog‘liqni saqlash maqsadlarida, atrof-m uhitning ifloslanganlik darajasini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |