Gidrologik siklining turli qismlarida suvning miqdori 10-jadvalda keltirilgan.
|
|
|
|
|
10-jadval
|
Tabiiy suvlarnlng
|
Hajmi, km3
|
Ulushi, %
|
Umumiy dunyodagi
|
Umumiy dunyodagi
|
turlari
|
|
|
|
|
suv zaxiralaridan
|
chuchuk suvlardan
|
Dunyo okeani
|
1 338 000000
|
96,5
|
-
|
Yer osti suvlari
|
23 400
|
000
|
1,7
|
-
|
Chuchukyer osti
|
10
|
530
|
000
|
0,76
|
30,1
|
suvlari
|
|
|
|
|
|
Tuproqdagi namlik
|
|
165 000
|
0,001
|
0,05
|
Muzliklar va
|
24 064 100
|
1,74
|
|
doirniy qor qatlami
|
|
|
|
|
|
|
Ko'llardagi suvlar:
|
|
|
|
chuchuk
|
91 000
|
0,007
|
0,26
|
sho‘r
|
85 400
|
0,006
|
|
Daryo suvlari
|
2 120
|
0,0002
|
0,006
|
Biologik suv
|
1 120
|
0,0001
|
0,003
|
Atmosferadagi
|
12 900
|
0,001
|
0,04
|
suvlar
|
|
|
|
Suvning umumiy
|
1 385 984 610
|
100
|
-
|
zaxiralari
|
|
|
|
Chuchuk suv
|
35029 210
|
2,53
|
100
|
zaxiralari
|
|
|
|
Inson o ‘z ishlab chiqarish jarayonlarida suv bilan ta’minlash manbalar sifatida ham yer yuzidagi ham yer osti suvlaridan foydalanadi. Lekin suvni sarflash, uni tabiiy to‘iatilishi jarayonidan oshib ketsa, tabiatdagi muvozanat buzilib ketishi mumkin. Masalan, katta miqdorda yer osti suvlaridan foydalanish ularning sathini pasayishiga olib keladi.
Suv ta’minoti uchun asosan chuchuk suvlar ishlatiladi, chunki ular doimiy qayta tiklanib turadi. Dengiz va yer osti suvlarni ishlatish uchun ularga maxsus ishlov berish kerak, bu esa katta miqdorda elektr energiyani talab qiladi va texnologik jihatdan ancha murakkab masala hisoblanadi.
4.2. Tabiiy suvlarning sinflanishi
Tabiiy suvlarning bir necha xil sinflanishi mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari —bu tarkibidagi tuzlar miqdoriga ko‘ra, ya’ni minerallanish darajasi va suvning kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflashdir.
Suvning tarkibidagi erigan moddalarning umumiy miqdori, ya’ni suvning minerallanish darajasini aniqlash uchun suv namunasi awal filtrdan o‘tkazilib bug‘lantiriladi va 105°C quritilgan cho'kmaning massasi aniqlanadi. Minerallanish darajasi bo'yicha tabiiy suvlar 8 sinfga bo‘linadi ( 1 1-jadval).
Ichimlik suvida tuzlarning miqdori 0,5 g/1 oshmasiigi kerak. Lekin hozirgi kunda ayrim hududlarda tarkibida 1—3 g/1 erigan tuzlar bo‘lgan suvlar ham ichimlik suv sifatida ishlatilib kelmoqda. Umumiy mine-
-
Minerallanish, g/1
|
Suvlarning nomi
|
0,2 dan kam
|
Ultrachuchuk
|
0,2-0,5
|
Chuchuk
|
0,5 -1 ,0
|
Nisbatan yuqori minerallangan
|
1 -3
|
Sho‘rtang
|
3-10
|
Sho‘r
|
10-35
|
Yuqori darajada
|
sho'rlangan
|
|
35-50
|
Nomokoblarga o'tish
|
50-400
|
Nomokoblar
|
rallanishi 3—10 g/1 ga teng bo‘lgan suvlar faqatgina ma’lum uy hayvonotlari (echki, tuyalar) uchun yaroqli hisoblanadi. Ultra-chuchuk suvlar inson organizmidan kalsiy tuzlarini chiqarib yuboradi, shuning uchun bunday suvlardan ichimlik suv sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
Tabiiy suvlarning to‘liq sinflanishi — bu O.A. Alekin tomonidan ishlab chiqilgan suvlarning kimyoviy tarklbiga ko‘ra sinflashdir.
Ushbu sinflanish bo‘yicha suvning tarkibida eng ko‘p miqdorda bo‘lgan anionning miqdoriga qarab tabiiy suvlar quyidagi sinflarga bo‘linadi: karbonatli yoki gidrokarbonatli (C); sulfatli (S); xloridli (Cl) sinflar. Suvlarning gidrokarbonatli sinfl chuchuk va ultrachuchuk bolgan daryo, ko‘l suvlarini hamda yer osti suvlarning ko‘pgina qismini o‘z ichiga olgandir. Suvlarning xloridli sinfi dengiz, liman va sho‘rlangan hududlardagi yer osti suvlarini o ‘z ichiga kiritadi, Sulfatli suvlar tarqalishi va minerallanish darajasi bo‘yicha xlorid va karbonat suvlarning o‘rtasida turadi.
Har bir sinf suvning tarkibida eng ko‘p miqdorda bo‘lgan kation bo‘yicha uchta guruhga bo‘linadi: kalsiy (Ca); magniy (Mg); natriy (Na) guruhlan.
Guruhlar o ‘z navbatida tarkibidagi kation va anionlarning miqdori bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. HCO3 >Ca2 ++Mg2+
Bu turdagi suvlarga HCO ( ionlarining miqdori (mmol-ekv/l) kalsiy va magniy kationlarning umumiy miqdoridan ko‘p bo‘lgan suvlar kiradi. Bu suvlar kam darajada minerallangandir.
2. HCO3
Bu suvlarda gidrokarbonat va sulfat ionlarining umumiy miqdori kalsiy hamda magniy kationlarning miqdoridan katta, shu bilan birga ulaming miqdori alohida gidrokarbonat ionlarning miqdoridan kattadir. Bu turdagi suvlarga yer osti suvlari hamda o‘rta minerallashgan daryo va ko‘1 suvlari kiradi.
3. HCOj+SO^-
yoki
Cl- > Na+
Uchinchi tur suvlarda xlor ionlarining miqdori natriy ionlaridan katta, kalsiy va magniy kationlarning umumiy miqdori esa gidrokarbonat hamda sulfat ionlarning umumiy miqdoridan kattadir. Bunday suvlar yuqori darajada minerallangan hisoblanadi:
4. HCOJ = 0
To‘rtinchi tur suvlarda gidrokarbonatlar umuman bo‘lmaydi. Bunday suvlar nordon bo‘lib, ular faqat xlorli va sulfatli sinflarda bo‘lishi mumkin.
Sxema shaklida suvlaming sinflanishi quyidagi ko‘rinishga ega (21-rasm).
Bu sinflanish to‘liq bo‘lsa ham bir qator kamchiliklarga ega. Masalan, bunda tabiiy suvlarda erigan holatda bo'lgan, daryo va ko‘l suvlaridagi miqdori 100 mg/1 gacha bo‘lgan organik birikmalar hisobga olinmagan. Bunday birikmalarga asosan gumin kislotalari va ulaming tuzlari (o‘simlik hamda hayvonotlar qoldiqlarining mikrobiologik parchalanishi mahsulotlari), uglevodorodlar, fenol, oqsil moddalari, uglevodlar kiradi. Umuman, cho‘kindi jinslar, tuproq va suvlarning tarkibida 500 dan ko‘proq organik birikmalar aniqlangan. Tabiiy suv havzalarva daryo suvlarining rangi asosan organik moddalarga bog‘liq-dir. Shu bilan birga organik birikmalar kompleks hosil qilish jarayonlarida ishtirok etib, elementlaming migratsiyasiga ta’sir etishi mumkin. Bundan tashqari, bu sinflanishda suvdagi erigan gazlar hisobga olinmagan. Erigan gazning turi va miqdori suv havzasidagi fizik-kimyoviy jarayon-larga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tabiiy suvlar
Do'stlaringiz bilan baham: |