S. K. Xudoyqulov soliq tizimi



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana10.11.2019
Hajmi1,59 Mb.
#25551
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
soliq tizimi

aniqlanadi:
SF+Xijt.,
bu yerda, SF — barcha soliqlar to‘langanidan keyin korxona
tasarrufida qoladigan sof foyda; Xijt. — o‘z mablag‘lari hisobiga
ijtimoiy soha obyektlarini tutib turish xarajatlari.
Agar  xarajatlar  summasi  soliq  summasidan  oshib  ketsa,
korxona ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lamaydi.
Agar xarajat summasi soliq summasidan kam bo‘lsa, korxona
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini eng yuqori stavka
bo‘yicha hisoblangan soliq summasi bilan ijtimoiy obyektlarni
qurish  xarajatlari  o‘rtasidagi  farq  sifatida  aniqlaydi.  Chorak
davomida barcha to‘lovchilar soliqning joriy to‘lovlarini budjetga
to‘laydilar.

204
Joriy to‘lovlar hisoblab chiqarilgan obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining yil choragidagi summasining
uchdan bir qismi miqdorida har oyning 15-kunidan kechiktirmay
to‘lanadi.
Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish
solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq  xizmati  organlariga  soliq  to‘lovchilar  tomonidan  ortib
boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan
keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha
esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim
etiladi.
Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish
solig‘ini  to‘lash  mazkur  soliq  bo‘yicha  hisob-kitobni  taqdim
etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
13.7. Mahalliy yig‘imlarni budjetga to‘lash tartibi
Mahalliy yig‘imlar har bir mahalliy hududlar shart-sharoit-
laridan kelib chiqib belgilanadi. Mahalliy yig‘imlardan tushadigan
daromadlar shu hudud mahalliy budjet daromadlarini shakllan-
tiradi va shu mintaqa uchun sarf etiladi.
Mahalliy yig‘imlarning joylarda tashkil etilishi har bir mahal-
liy mintaqa budjetining ijobiy natijalarga erishishiga olib keladi.
O‘z navbatida shuni aytib o‘tish lozimki, yuqorida ko‘rib chiqil-
gan  mahalliy  yig‘imlarning  hozirgi  kunda  mahalliy  hududlar
o‘rtasida keng joriy qilinganlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi mahalliy soliqlar va yig‘imlarni joriy etish O‘zbekiston
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  bilan  muvofiqlashtirilishi
lozim. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
Mahalliy moliya negizini mahalliy budjet tashkil etadi. U
mahalliy hokimiyat tasarrufida bo‘lgan xo‘jalik subyektlarining
daromad va xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Odatda, mahalliy budjet
davlat budjetining ajralmas qismi bo‘lsa-da, u nisbatan musta-
qildir. Mahalliy budjetning umumiy moliya tizimidagi salmog‘i
30 % dan 60 % gacha bo‘lishi mumkin.
Jismoniy  va  yuridik  shaxslar  O‘zbekiston  Respublikasida
amalda bo‘lgan umumdavlat va mahalliy soliqlardan tashqari
soliqsiz  to‘lovlar,  ya’ni  mahalliy  yig‘imlarni  ham  to‘laydilar.

205
Mahalliy yig‘imlar soliqsiz budjetga to‘lovlar tarkibiga kiradi.
Ma’lumki,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  budjet  daromadlari,
asosan, qonuniy to‘lovlar, ya’ni soliqlar evaziga tashkil topadi.
Lekin bunday soliqlardan tashqari soliq xarakteriga ega bo‘lgan
soliqsiz to‘lovlar ham mavjud. Soliqsiz to‘lovlar, ya’ni mahalliy
yig‘imlarning  muhim  xususiyatlari  shundan  iboratki,  ular,
asosan, ko‘rsatilgan hujjatlar uchun haq sifatida, vaqt-vaqti bilan
tushadi va nisbatan kam summani tashkil etadi.
 Qator mahalliy yig‘imlarni joriy etish hamda ularning undiri-
lishini tashkil qilish masalasi mahalliy hokimiyat organlarining
vakolatiga kiritilgan. Shuningdek, bu organlar mazkur yig‘imlar
bo‘yicha imtiyozlarni ham belgilashadi. Mahalliy yig‘imlardan
tushgan  tushumlar  hududlarning  mahalliy  ehtiyojlari  uchun
foydalaniladi. Mahalliy hokimiyatlarga o‘z hududlari doirasida
yig‘imlarni, ya’ni soliqsiz to‘lovlarni kiritish huquqi berilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda
qo‘llanilayotgan mahalliy yig‘imlarga quyidagilar kiradi:
• 
dehqon  bozori  yig‘imi,  yuridik  shaxslarni,  shuningdek,
tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarni ro‘yxatga olish yig‘imi,
birjadagi  oldi-sotdilarni  amalga  oshirish  yig‘imi,  vino-araq
ichimliklarini sotish huquqi uchun litsenziya yig‘imi, transportga
joylar ajratish yig‘imi, savdo qilish huquqi yig‘imi va shu jum-
ladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsen-
ziya yig‘imi.
Yuqorida nazarda tutilgan mahalliy yig‘imlar Qoraqalpo-
g‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  davlat
hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasida  mahalliy  soliqlarga  yig‘imlar  Soliq  kodeksi,
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan ham
tartibga solinadi.
Mahalliy yig‘imlar har bir mahalliy hududlar mahalliy shart-
sharoitlaridan  kelib  chiqib  belgilanadi.  Mahalliy  yig‘imlardan
tushadigan  daromadlar  shu  hudud  mahalliy  budjet  daromad-
larini shakllantiradi va shu hudud uchun sarf etiladi.
Mahalliy  yig‘imlarning  joylarda  tashkil  etilishi  har  bir
mahalliy hudud budjetining ijobiy natijalarga erishishiga olib keladi.
O‘z  navbatida  shuni  aytib  o‘tish  lozimki,  yuqorida  ko‘rib
chiqilgan  mahalliy  yig‘imlarning  hozirgi  kunda  mahalliy

206
hududlar o‘rtasida keng joriy qilinganlari muhim ahamiyat kasb
etadi.
Yangi mahalliy soliqlar va yig‘imlarni joriy etish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Mahalliy  soliqlarga  yig‘imlar  mahalliy  budjetga  o‘tkaziladi.
Yig‘imlarni  to‘lovchilar  va  yig‘im  obyektlari  quyidagilardan
iborat.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy yig‘imlarni to‘lovchilar
barcha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  hisoblanadi.  Ammo  ular
mahalliy yig‘imlarning obyektlariga egaligi bilan bir-biridan farq
qiladi. Mahalliy yig‘imlarni to‘lovchilar quyidagilardir:
1.  Dehqon  bozori  yig‘imini  to‘lovchilari  bo‘lib,  dehqon
bozoriga sotish uchun olib kelingan mahsulot turi va miqdoridan
qat’i nazar, ma’lum bir joydan foydalanuvchi yuridik va jismoniy
shaxslar  tushuniladi,  yig‘im  obyekti  bozordagi  savdo  rastasi
hisoblanadi.
2. Birjadagi oldi-sotdilarni amalga oshirish yig‘imi to‘lov-
chilari  bo‘lib,  mulkchilik  shaklidan  qat’i  nazar,  tovar,  xom-
ashyo, valuta birjalaridan bitimlar tuzish yo‘li bilan tovar, mol-
mulk yoki mulkiy huquqini qo‘lga kirituvchi yuridik va jismoniy
shaxslar hisoblanadi. Yig‘imning obyekti birjada tuzilgan bitim
summasi hisoblanadi.
3. Vino-araq ichimliklarini sotish huquqi uchun litsenziya yig‘imi
to‘lovlari bo‘lib, viloyatlar va Toshkent shahri hududida vino-
araq mahsulotlari bilan savdo qiluvchi yuridik hamda jismoniy
shaxslar hisoblanadi. Yig‘imning obyekti esa litsenziyani sotib olish
hisoblanadi.
Savdo huquqi yig‘imi to‘lovlari bo‘lib, O‘zbekiston Respub-
likasi hududida chakana savdo nuqtalari orqali savdoni amalga
oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Do‘konlar,
umumiy ovqatlanish korxonalari, savdo chodirlari va ko‘chaga
olib  chiqiladigan  lotoklar,  kiosklar,  peshtaxtalar,  dorixonalar
va savdo-sotiq amalga oshiriladigan boshqa obyektlar chakana
savdo  nuqtalari  hisoblanadi.  Yig‘im  savdo-sotiqni  amalga
oshirishga sertifikat (guvohnoma) berilgani uchun to‘lanadi.
7. Mahalliy auksionlar va lotereyani o‘tkazish huquqi litsenziya
yig‘imi to‘lovlariga mahalliy auksionlar yoki lotereya o‘yinlarini
tashkil etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar kiradi. Auksionlarga

207
qo‘yiladigan tovarlarning (ko‘chmas mulkdan tashqari) qiymati
yoki lotereyalar chiqarish mo‘ljallangan summa yig‘im obyekti
bo‘lib hisoblanadi.
8. Qisqa muddatli avtotransport turar joylarda qilingan yig‘im
olish to‘lovlari bo‘lib, avtotransportlarni qisqa muddatga saqlovchi
avtotransport  turar  joy  egalari  hisoblanadi.  Xo‘jalik  yuritish
shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar yig‘im to‘lov-
chi hisoblanadilar.
Ayrim  turdagi  tovarlarning  alohida  turlari,  shu  jumladan,
alkogol mahsulot bilan savdo-sotiq qilish huquqi uchun litsenziya
yig‘imi  alohida  to‘lanadi.  Yig‘imni  to‘lash  bir  martalik  talon
yoki guvohnoma sotib olish yo‘li bilan to‘lanadi. Savdo huquqini
beruvchi bu guvohnoma bir oydan o‘n ikki oygacha berilishi
mumkin. Sertifikatni joylardagi davlat hokimiyati organlari beradi.
Ayrim  turdagi  tovarlarni  sotish  huquqini  beruvchi  litsenziya
yig‘imi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilani-
shicha, vino-araq va tamaki mahsulotlari uchun kiritiladi. Mulk-
chilik shaklidan qat’i nazar, Toshkent shahri hududida ushbu
mahsulotlar  bilan  savdo-sotiq  qiluvchi  jismoniy  va  yuridik
shaxslar ushbu yig‘imning subyektlari hisoblanadi.
Yig‘im bitim summasi bilan bir vaqtda to‘lanadi. Vino-araq
ichimliklarini sotish huquqi uchun litsenziya yig‘imini to‘lash
litsenziya  sotib  olish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Vino-araq
mahsulotlari bilan savdo qilish huquqiga litsenziya maxsus vakil
qilingan organ tomonidan beriladi. Yig‘im stavkasini xarakteriga
qarab, amaldagi eng kam oylik ish haqiga nisbatan qoldiqsiz
bo‘linadigan miqdorlarda belgilash tavsiya etiladi.
Savdo  qilish  yig‘imi  bir  martalik  talon  yoki  guvohnoma
sotib olish yo‘li bilan to‘lanadi. Yig‘im stavkasi amaldagi eng
kam oylik ish haqiga qarab qoldiqsiz to‘lanadigan miqdorda
belgilanadi.
Mahalliy auksionlar va lotereyani o‘tkazish huquqini beruvchi
litsenziya  yig‘imi,  yig‘im  subyekti  tomonidan  litsenziya  sotib
olish yo‘li bilan to‘lanadi.
Jismoniy  shaxslar  yig‘imni  soliq  organlariga  daromadlar
to‘g‘risidagi  deklaratsiya  bilan  birgalikda  yig‘im  summasining
hisob-kitobini taqdim etish chog‘ida to‘laydilar.

208
Soliq kodeksining 19-bo‘lim, 345-moddasiga muvofiq, tovar-
larning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im joriy qilingan tovarlar
savdosini va xizmatlar ko‘rsatishni belgilangan tartibda amalga
oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar,
agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan
bo‘lsa, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va
ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im to‘lov-
chilardir.
Soliq  kodeksining  346-moddasiga  muvofiq,  tovarlar  va
xizmatlarning qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxati tovar-
larning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlar  ko‘rsatish  uchun  yig‘im  obyektidir.
16-jadval
Yig‘im turlari va stavkalari
M a n b a : O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot-mas-
lahat markazi.
Soliq  kodeksining  19-bo‘lim,  347-moddasiga  muvofiq,
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im yig‘im stavka-
larining qonun hujjatlarida belgilangan oylik miqdori doirasida
hisoblab chiqariladi.
Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi  xizmatlar  ko‘rsatish  huquqi  uchun  yig‘im  har  oyda,
hisobot  oyidan  keyingi  oyning  25-kunidan  kechiktirmasdan
to‘lanadi.
i
r
a
l
r
u
t
m

g
i
Y
i
r
a
l
a
k
v
a
t
S
i
q
u
q
u
h
h
s
il
i
q
o
d
v
a
s
i
n
r
a
l
r
a
v
o
t
m
i
r
y
A
:
m

g
i
y
n
u
h
c
u

;
a
g
r
a
lt
o
l
u
s
h
a
m
il
l
o
g
o
k
l
a

-
t
a
m
m
i
q
a
v
r
a
l
h
s
o
t
o
h
a
b
t
a
m
m
i
q
-
r
a
v
o
t
n
a
g
n
a
l
h
s
i
n
a
d
r
a
ll
a
t
e
m
o
h
a
b
;
r
a
li
h
c
v
u
li
q
o
d
v
a
s
n
a
li
b
r
a
l

r
a
r
u
t
g
n
i
n
i
r
a
l
a
ti
s
o
v
t
r
o
p
s
n
a
r
t
o
t
v
a
n
u
h
c
u
r
a
lt
a
m
z
i
x
k
il
l
u
p
n
u
h
c
u
i
y
o
j
m

g
i
y
h
s
i
k
il
y
o
m
a
k
g
n
e
n
u
h
c
u
k
il
y
o
r
i
B
i
r
a
b
o
r
a
b
5
g
n
i
n
i
q
a
h
h
s
i
k
il
y
o
m
a
k
g
n
e
n
u
h
c
u
k
il
y
o
r
i
B
i
r
a
b
o
r
a
b
5
,
3
g
n
i
n
i
q
a
h
h
s
i
m
a
k
g
n
e
n
u
h
c
u
y
o
r
i
b
r
a
H
i
r
a
b
o
r
a
b
8
g
n
i
n
i
q
a
h

209
Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan stavkalar hajmi O‘zbe-
kiston Respublikasining barcha hududlarida yagona hisoblanadi. Soliq
stavkasining  aniq  miqdori  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya
vazirligining taklifiga ko‘ra, budjetga to‘lovlar hisob-kitobi mexa-
nizmini takomillashtirish va to‘lov intizomini mustahkamlash
bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
1. Màhàlliy soliqlàr và yig‘imlàrning mohiyati nimàdà?
2. Màhàlliy soliqlàr và yig‘imlàrni kimlàr joriy etish huquqigà egà?
3. Màhàlliy soliqlàr và yig‘imlàrning tàrkibini sànàb båring.
4. Màhàlliy soliqlàr và yig‘imlàrning to‘lovchilàri kimlàr hisoblànàdi?
5. Màhàlliy soliqlàr và yig‘imlàrni to‘làsh muddàtlàri qàndày?
6. Nimà uchun soliqlàr màhàlliy và umumdàvlàt soliqlàrigà bo‘linàdi?
7. Màhàlliy budjåtlàr và màhàlliy soliqlàrning bog‘liqligi màvjudmi?
8. Nimà sàbàbdàn màhàlliy soliqlàr fàqàt màhàlliy budjåtgà tushàdi?
?
:
NAZORAT SAVOLLARI

210
III bo‘lim
SOLIQ  SOLISHNING
SODDALASHTIRILGAN
TARTIBI

211
14-bob. SODDÀLÀSHTIRILGÀN SOLIQ
SOLISH TÀRTIBI
14.1. O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi, unda
kichik biznes va tadbirkorlikning roli
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi o‘zbek xalqining asriy
orzularining amalga oshishiga va mamlakatimizning yuksalishiga,
iqtisodiyotimizning  kompleks  rivojlanishiga,  uning  tarkibini
kengaytirishga va takomillashtirishga, turmush farovonligini oshi-
rishga va aholining erkin, farovon hayot kechirishiga keng imko-
niyatlar yaratdi.
Ma’lumki,  sobiq  Ittifoqda  umumittifoq  mehnat  taqsimoti
ta’sirida har bir iqtisodiy hudud va har bir ittifoqdosh respublika
ma’lum bir kompleksga ixtisoslashgan edi. O‘zbekiston Respub-
likasi iqtisodiyoti paxta kompleksiga ixtisoslashgandi. Shu bois
bu yerda paxta yetishtirish, uni qayta ishlash va unga xizmat
ko‘rsatuvchi tarmoqlar rivojlangan edi.
Shuning uchun, respublika iqtisodiyotining bir tomonlama
rivojlanganligi natijasida, sobiq Ittifoq respublikalari orasidagi
kooperatsiya aloqalarining barbod bo‘lishi oqibatida iqtisodiyot-
ning holati keskin yomonlashdi, ya’ni iqtisodiyotning sanoat va
boshqa tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish keskin kamayib
ketdi, birinchi darajali zaruratga ega bo‘lgan mahsulot yetish-
masligi  sezila  boshladi  va  aholining  turmush  darajasi  pasaya
boshladi. Tabiiyki, kuchli iqtisodiy potensialga ega bo‘lgan, yer
qa’rida ko‘plab miqdorda Mendeleyev jadvalining deyarli barcha
elementlari bo‘lgan, juda qulay tabiiy-iqlimiy sharoitga, rivoj-
langan kommunikatsiya vositalariga va iste’dodli kadrlarga ega
bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida bunday ahvolga rozi bo‘lish mumkin
emas edi.
Mamlakat rahbariyati qat’iyat bilan boshlagan ilmiy-amaliy
asoslangan,  aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan  kompleks  chora-
tadbirlari natijasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti

212
asta-sekinlik bilan kompleks rivojlangan iqtisodiyotga aylana
bordi.
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamla-
katimizda  iqtisodiyotni  yanada  rivojlantirish,  uning  tarkibini
kengaytirish va takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish
bo‘yicha katta tadbirlar amalga oshirilayotir va ular iqtisodiyoti-
mizning rivojlanish sur’atlarini jadallashtirib yubordi.
Iqtisodiyotning  bunday  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanishiga,
tarkibining takomillashuviga va samaradorligining oshishiga kichik
biznes subyektlarining ta’siri tobora oshib bormoqda.
O‘zbekiston  Respublikasini  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish
bo‘yicha oxirgi paytda erishilgan yutuqlar Xalqaro valuta jam-
g‘armasi, boshqa obro‘li xalqaro tashkilotlar va xorijiy tadqiqot
markazlari tomonidan tan olindi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimov tomonidan olib borilayotgan mamlaka-
timizda makroiqtisodiy mo‘tadillikni va iqtisodiy rivojlanishning
jadal  sur’atlarini  ta’minlovchi  iqtisodiyotni  yanada  erkinlash-
tirish, strukturaviy islohotlarni jadallashtirish siyosatining, hat-
toki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham
nihoyatda samaradorligini ta’kidladilar.
14.2. Kichik biznesning mohiyati va afzalliklari
Yuqorida  ko‘rib  o‘tganimizdek,  kichik  biznes  subyektlari
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Farovonligimizning oshib borishini va iqtisodiyotimiz samara-
dorligining o‘sishini bozor munosabatlari rivojisiz, tadbirkorlik-
ning keng yoyilishisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunday ekan,
«Kichik biznes subyektlari kimlar?» degan savol tug‘iladi.
Kichik  biznes  subyektlari  katta  korxonalardan  ulardan
faqatgina  miqyos  (ràzmer)lari  bilan  farq  qiladigan  korxona,
tashkilot  va  mikrofirmalardir  yoki  kichik  korxonalar
deganimizda, qandaydir boshqa korxonalarni tushunmay, balki
barcha  mulkchilik  shakllariga  asoslangan  oddiy  korxonalar
tushunilib, ulardan faqat miqyoslari bilan farq qiladilar. Amaldagi
qonunchilikka binoan, kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarida, mulkchilikning hamma shakllarida tuzilishi

213
va taqiqlanmagan barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi
mumkin.
Kichik biznes subyekti – huquqiy shaxs. U nomi yozilgan
o‘z  muhriga,  mustaqil  balansga,  bank  muassasalarida  hisob
raqamiga ega bo‘lishi lozim. U o‘z nomidan shartnomalar tuzadi,
o‘z mulkiy huquqlari va burchlariga ega bo‘ladi. Hakamlik sudi va
betaraf hakamlik sudlarida da’vogar yoki javobgar sifatida chiqishi
mumkin.
Kichik biznes subyekti:
• 
fuqarolar, oila a’zolari va birgalikda faoliyat yuritayotgan
boshqa shaxslar;
• 
davlat, ijarachi, jamoa, qo‘shma korxonalar, jamoat tashki-
lotlari va ularning korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa
huquqiy shaxslar;
• 
davlat mulkini tasarruf etish topshirilgan idoralar;
• 
jismoniy va huquqiy shaxslar hamkorligida tashkil etilishi
mumkin.
Kichik biznes subyektlari bir qator afzalliklarga ega:
• 
kichik biznes subyektlarini tashkil etish ko‘p mablag‘ va
ko‘p  vaqt  talab  etmaydi;
• 
kichik biznes subyektlarini har qanday, hattoki eng kichik
aholi  punktlarida  ham  joylashtirish  mumkin.  Bu  esa  respub-
likamizning demografik o‘ziga xosligi, ya’ni aholi sonining o‘sish
sur’atlari balandligi va natijada aholini ish joylari bilan ta’minlash
muammolarini tezlik bilan hal qilishga imkon beradi. Bularning
hammasi bizning sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi;
• 
bozor konyunkturasi talablariga tez moslashadi;
• 
mahalliy va ikkilamchi xomashyodan maksimal foydalanish
imkonini beradi;
• 
ichki  bozorni  iste’mol  tovarlari  va  xizmatlar  bilan  qisqa
muddatlarda to‘ldirish imkoniga ega;
• 
sog‘lom raqobatni kuchaytirishga, mahsulot sifatini yaxshi-
lashga, chakana narxlar pasayishiga sharoit yaratadi;
• 
yangi ish joylari yaratish va aholi punktlarining infrastruk-
turasini  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal qilishga imkoniyatlar yaratadi;
• 
budjetni ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash bilan bog‘liq
xarajatlardan ozod etadi.

214
Kichik  biznes  subyektlarining  samaradorligiga  eng  yaxshi
tasnifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov berib
o‘tgan edi: «Kichik biznes – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy
vaziyatni mo‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar
sinfining paydo bo‘lishi demakdir. Bu — respublika bozorini zarur
iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishdir. Bu yangi ish
o‘rinlaridir. Shuni hamisha nazarda tutish kerakki, faqat kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni keng, hamma joyda rivojlantirish
hisobigagina g‘oyat keskin muammoni — aholining, ayniqsa,
qishloq joylarda va ortiqcha mehnat zaxiralari ko‘rsatish sohasini
rivojlantirishga qanday katta ahamiyat berilayotganini yana mavjud
bo‘lgan mintaqalarda ish bilan bandligini ta’minlash vazifasini
hal qilishga qodir bo‘lamiz»
1
.
Kichik biznesning ahamiyati, ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtiso-
diy  inqirozi  davom  etayotgan  hozirgi  paytda  yanada  oshib
bormoqda. Bu fikrni Prezident I.A. Karimov o‘zining O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 18 yilligiga bag‘ishlangan tanta-
nali majlisda so‘zlagan ma’ruzasida «Bugungi kunda kichik biznes

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish