Maydalash chiqindilari asosidagi qum
Beton uchun yaroqli qum tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi,
ayniqsa tabiiy qum mavjud, lekin talabga javob bermaydigan tumanlarda ko‘p
ishlab chiqariladi. Maydalash chiqindilari asosidagi qum olishda magmatik,
cho‘kindi va metamorfik yoki zich tog‘ jinslari, xamda shag‘al ishlatiladi.
Dastlabki tog‘ jinslari suvda saqlagan xolatda mustaxkamligi bo‘yicha
maydalash chiqindilari asosidagi qum 4 ta markaga bo‘linadi (tog‘ jinsi
mustaxkamligi chegarasi 100. 80. 60 va 40 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak).
Magmatik va metamorfik tog‘ jinslarining mustaxkamlik chegarasi 60MPa dan
kam bo‘lmasligi cho‘kindi tog‘ jinslari esa 40MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
Dastlabki tog‘ jinslarining mustaxkamligidan tashqari ularning tarkibi xam
muximdir. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, maydalangan qum donalarining shakli
ikkita faktorlarga bog‘liq: maydalangan jinslar strukturasiga va maydalash usuliga.
61
Eng yaxshi qum mayda va o‘rta donadorlikdagi tog‘ jinslarini maydalashda
olinadi. Bunday qumning donalari yuzasi mikrorelefining balandligi 170-190mkm
ni tashkil etadi, bu esa uning betonda sement bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Yirik
donadorni yopiq kristal va shishasimon shakldagi qumlar olinadi. Ularning yuzasi
mikrorelefi kichik balandlikka ega.
Bundan tashqari kichik donadorli yarim mineralli tarkibli tog‘ jinslari
(masalan, granit) ni maydalash orqali monomineral tarkibli (kvars, dala shpati,
slyuda) qum donalari olinadi, u esa sement toshida kichik bog‘lanishi bilan farq
qiladi. Tog‘ jinslarini maydalash usuli maydalash usullariga bog‘liq. SHu narsa
aniqlanganli jinslarni siqish prinsipi asosida ishlaydigan maydalash uskunalari
(jag‘li, konusli, valkli)da ko‘p miqdorda plastinkasimon va ninasimon shakldagi
qum donalari olinadi, zarb ta’sirli maydalagichlarda esa (bolg‘ali)-nisbatan kam
olinadi.
O‘zRST talabiga ko‘ra qum donalari shakli kubga yaqin bo‘lsa, u xolda uning
bo‘shliqligi xam kichik bo‘ladi, o‘z navbatida betonda sement sarfi xam kamayadi.
Maydalangan qumlarning donadorlik tarkibiga yuqorida keltirilgan talablar
qo‘yiladi.
Agar tog‘ jinsi chidamsiz ruda minerallari, kremnezemning amorf turlari va
boshq asalbiy qo‘shimchalardan tashkil topmasa, u xolda qum olishda
maydalashda faqat chang (tosh kukuni) keraksiz maxsulot sifatida chiqadi. Qum
tarkibidagi chang tabiiy qumdagi gil singari beton uchun salbiy tasiri kam, shu
sababli standartga ko‘ra chang bo‘lishi 1-3%gacha ruxsat etiladi.
Maydalangan qum asosidagi betonda to‘ldiruvchilarning bog‘lanishi va uning
mustaxkamligi tabiiy kvars qum asosida betonga nisbatan yuqori bo‘lib, nafaqat
siqilishga balki cho‘zilishga xam yaxshi ishlaydi. Bunday betonlar sovuqqa
chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq xozirgi vaqtda tosh
maydalash chiqindilarining 5mm dan kichigi qurilishda kam ishlatiladi, ya’ni tosh
chaqir toshi ishlab chiqarishda bu massa katta xajmda chiqadi. Bu sanoat
chiqindilaridan tosh kukunini ajratish (suvda yuvish yoki quruq boyitish )
62
natijasida beton uchun sifatli qum olish mumkin. Maydalash chiqindilari asosida
va boyitishda olingan qum O‘zRST da nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |