189
8.Keys-stadi texnologiyasi
“Case” so’zi, lotincha “casus”- “voqea, hodisa” so’zidan kelib chiqqandir.
Boshqacha aytganda, bu tushuncha hayotda yuz beradigan qandaydir voqea yoki
hodisani, aniq bir vaziyatning tafsilotini anglatadi. Umuman olganda, keys – stadi
(aniq bir holat yoki vaziyat), muayyan jarayonida sodir bo’ladigan
haqiqiy
voqeg’likni so’zlar, raqamlar, obrazlarda ifoda etishda namoyon bo’ladi. Bundan
tashqari, bu ifoda ta`lim sohasida, hodisa yoki vaziyatni
tadqiq etish uchun
ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida qo’llaniladi. Keys-stadi hodisa yoki
vaziyatni oddiy tafsilotidan farqli o’laroq, u o’quv materialini o’zlashtirish uchun
ko’maklashuvchi axborotni o’z ichiga oladi, bunga duch kelgan muammoni
aniqlash va uning yechim yo’llarini izlash orqali erishiladi.
Keys-stadi, muayyan
o’quv maqsadli bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu
maqsadlar keng ko’lamli bo’lib, axborotlar, ma’lumotlar
yoki tafsilotlar bilan
ta’minlanishini nazarda tutadi, ular muayyan qarashlar yoki usullarni namoyish
etishda qo’llanilishi mumkin. “Keys-stadi” atamasini o’qitish va tadqiq etish
yo’nalishlarida qo’llashda turlicha yondashish zarurligini alohida qayd etish lozim.
“Keys-stadi” yordamida o’qitishda
muammolar aniqlanadi, yechimlar
topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Sifatli keys-stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish
va tekshirish
uchun ko’p vaqt talab etadi. SHu bilan birga to’g’ri tuzilgan va o’quv faniga
kiritilgan keys-stadi, fanni o’zlashtirishda ko’zlangan natijalarga erishishga
imkoniyat beradi.
Ishchan keys-stadilar tuzishning quyidagi ketma-ketligiga
rioya qilinish
tavsiya etiladi:
Keysni o’rganish maqsad va vazifalarini ishlab chiqish
Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash
Materiallarni birlamchi qayta ishlash va tahlil etishdan iborat.
Keys turini aniqlash
Keys maqsadi va vazifasiga muvofiq materialni moslash
Keys matni va unga qo’yiladigan savollarini texnik tuzish.
190
Keys a’robatsiyasi (sinab ko’rish).
Muayyan vaziyat usuli a’robatsiyasi doirasida tahsil oluvchining keys bilan
ishi quyidagilardan iborat:
keys-stadini individual
tahlil qilish;
keys-stadini kichik guruhda tahlil qilish;
keys-stadini auditoriyada pedagog bilan muhokama qilish.
A’robatsiyada keys-stadi bilan tanishishni bir necha bosqichda o’tkazish
maqsadga muvofiqdir.
Birinchi marta butun keys-stadini juda tez o’qib chiqish kerak. Bunda o’qish
tezligi, uni qayta aytib berish imkoniyati bilan aniqlanishi zarur.
Keysning ikkinchi o’quvi, ancha diqqat va ehtiborli bo’lishi lozim, uning
tezligi esa o’qilganga nisbatan anglashni amalga oshirish orqali belgilanadi. Katta
keys-stadi uchun bu ikki soatdan to’rt soatgacha davom etishi mumkin. Keys-
stadining tahlili, aynan shu bosqichda baholanadi.
Keys-stadini uchinchi o’qishi yakuniy hisoblanadi. Buni mashg’ulotdan
oldingi kunning kechasi bajarish yaxshidur. Keys-stadini avval boshlanishini
o’qish, so’ng oxiridan boshlab hammasini oldinga “qaytarib” dalil va voqealarni
kichik guruhda muhokama qilgandan keyin, qayta tekshirish va aniqlash foydadan
xoli bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: