S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining umumiy o’qitish metodikasi



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining umumiy o’qitish metodikasi. 
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonlari tezkor rivojlanish dinamikasi 
ta`lim tizimi oldida ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qaror 
qabul qila oladigan va texnik texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli, malakali 
mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo’yadi. 
Shuningdek, oliy ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri 
o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanish, 
ta`lim jarayonining shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari asosida tashkil 
etilishini ta`minlash hamda rivojlangan davlatlarning kasbiy ta`lim tajribalarini 
mamlakatimiz ta`lim tizimiga tadbiq etish hisoblanadi. 



Bugungi kunda o’qituvchi faqat bilim berish va amaliy ko’nikmani 
shakllantirish bilan chegaralanmasdan o’quvchilarni mustaqil bilim olish, izlanish 
va qarorlar qabul qilishga o’rgatishi kerak. 
Shuning uchun pedagog turli zamonaviy o’qitish metodlaridan foydalanib 
o’quvchilarni bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir. 
O’qitish metodini tanlashda quyidagilar asos bo’ladi: 

Dars mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari. 

Bayon etiladigan o’quv materialining tavsifi. 

Talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi. 

O’quv jarayonining mazkur bosqichida o’rganilayotgan fan metodlari. 

O’quv muassasasida o’qitish sharoitlari va moddiy-texnik ta`minlanganligi. 

O’qituvchining pedagogik mahorati, uning darsga tayyorgarligi va o’quv 
jarayonini tashkil etishi darajasi, dars berishning zamonaviy metod va 
texnologiyalarini bilishi.
Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilarning turlari ko’pligi, ularning 
xossalari va ishlatish xususiyatlarini o’rganishda bir qator muammolarni keltirib 
chiqaradi. Biroq ularning umumiyligi materiallarning xossalarini material tarkib 
topgan moddalarning tuzilish xususiyatlariga bog’liqligidadir. Shuning uchun fanni 
o’rganishda, birinchi navbatda, materialning xossalari, tarkibi va tuzilishidagi 
bog’liqligiga jiddiy e`tibor qaratish lozim. G‘ovakli to‘ldiruvchilar xomashyoga 
turli usullarda ishlov berish natijasida turli tuzilishdagi va turli xossalarga ega 
materiallar olinadi. Bu vaziyatda, fanni o’rganish jarayonida, ushbu ishlab 
chiqarish va ishlov berish usullarini shunday o’rganish kerakki, ularning material 
tuzilishi va xossasiga ta`sir etishini baholash imkoni bo’lsin. Materiallarning 
xossalarini, uning tarkibi va tuzilishiga bog’liqligini va asosiy texnologik 
jarayonlarini chuqur o’rganish natijasida talaba materiallar sifatini to’g’ri baholay 
olishi va ulardan qurilishda samarali foydalanish sohalarini aniqlay olishi kerak. 
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’qitishda birinchi navbatda 
to‘ldiruvchilarning betonlar uchun ahamiyati, ajdodlarimizning boy me`morchilik 



merosi va undan faxrlanish to’yg’usi, O’zbekistonda to‘ldiruvchilar ishlab 
chiqarish tarixi va istiqboli, fanning vazifasi, uning o’rganishda interfaol 
strategiyalardan va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mustaqil ish bajarish 
va uni baholash mezonlari haqida tushuncha berish lozim. Shuningdek, fanni 
o’rganish jarayonida uning tarbiyaviy ahamiyatiga ham e`tibor qaratish lozim. 
Buning uchun qurilish sanoatidagi ulkan yutuqlar, ishlab chiqarish rivoji, bu 
sohada olimlarimiz olib borayotgan izlanishlari, qurilish materiallari sohasidagi 
chet el tajribasi, fan va texnika rivoji haqida misollar keltirish kerak. 
Ma`ruzalarda fanning murakkab masalalari bo’yicha tushunchalar berish va 
tavsiya etiladigan adabiyotlar bilan ishlash bo’yicha maslahatlar berish lozim.
Ma`ruzalar tashkil etishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish 
tavsiya etiladi. Ma`ruzalar o’tishda interfaol metodlar (kichik guruhlarga 
uyushtirish, klaster tuzish, “aqliy hujum”, insert jadvali, sinkveyn, davra suhbati, 
bahs-munozara, muammoli vaziyat, loyiha, yo’naltiruvchi matn va b.) dan 
foydalanish ta`lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi 
imkoniyatlarni yaratadi.
Nazariy o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib har 20 daqiqa 
davomida turli ta`lim metodlaridan foydalanib uzatish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ta`lim metodlaridan bunday uyg’unlikda va ketma-ketlikda foydalanish natijasida 
nafaqat ta`lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish, balki ta`lim 
samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin. Ma`ruza so’nggida, albatta, 3-4 
daqiqali vaqtni talabalar bilimini tekshirishga ajratish lozim. Talabalar bilimini 
o’tilgan mavzu bo’yicha testlar, nazorat savollari, tarqatma materiallar, mavzu 
bo’yicha ESSE yozish va sh.k. orqali baholash mumkin.
Oliy o‘quv yurti talablaridan kelib chiqib, fanni amaliy (tajribalarda, 
ustaxonalarda, ekskursiyalarda, seminarlarda) mashg’ulotlarda o’rganishga 
alohida e`tibor qaratmoq lozim. Bu mashg’ulotlarda nazariy darslarda va tavsiya 
etilgan 
adabiyotlar 
asosida 
mustaqil 
ish 
bajarishda 
olingan 
bilimlar 
mustahkamlanadi. 



Amaliy mashg’ulotlarda beton to‘ldiruvchilarni samarali ishlatish 
masalalarini yechish metodlari bo’yicha ko’nikma va mahorat shakllanadi va 
rivojlanadi. Shuningdek, mashg’ulotlarda turli masalalarni yechish bo’yicha 
mustaqil yechim qabul qilish, mavzu bo’yicha mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini 
erkin bayon etish, kompetentlik kabi fazilatlar shakllanadi. Masala va misollarni 
shunday tanlash kerakki, ularda minimal hisob-grafik ishlari bajarilib, metod 
g’oyasini aks ettirsin. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar me`yoriy (davlat 
standartlari, qurilish me`yorlari va qoidalari va b) hujjatlardan, ko’rgazmali 
vositalar (tarqatma material, maketlar, plakatlar, namunalar va sh.k.) dan keng 
foydalansinlar. Amaliy dars boshlanishidan oldin pedagog o’quvchilarning 
tayyorgarlik darajasini tekshiradi (nazorat savollarini beradi, uy vazifalarining 
bajarilishini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini 
ko’rsatadi). 
Fan bo’yicha o’tkaziladigan tajriba ishlariga alohida e`tibor qaratmoq lozim.
Tajriba mashg’ulotlarida talabalar nazariyani amaliyot bilan bog’lash imkoniyatiga 
ega bo’ladilar, ilmiy-tekshirish ishlarini o’tkazish malakasini oladilar, 
eksperimental apparatura bilan ishlash malakasini egallaydilar, kuzatuvchanlik, 
aniqlik kabi xislatlari rivojlanadi. Tajriba ishlarini tashkil etishda talabalarning 
mustaqil ishlashlariga e`tibor berish lozim. Ular tajriba ishlarini bajarish rejalari 
bilan tanish bo’lishlari va albatta shu rejada ko’rsatilgan adabiyotlarga asosan
unga tayyorgarlik ko’rishlari lozim. Tajriba ishlari samaradorligini oshirish uchun 
har bir ishga metodik ko’rsatmalar tayyorlash va unda ish bajarish uchun zarur 
bo’lgan materiallar va asbob-uskunalar, qisqacha ish bajarish tartibi, asbob-
uskunalar sxemalari va rasmlari va sh.k. bayon etilishi va bajarilgan ishlar 
natijalarini kiritish uchun ishchi daftar (metodika ta`rifi, hisob usullari, xulosalar 
va b.) yuritilishi tavsiya etiladi.
Har bir tajriba ishni bajarishdan oldin pedagog o’quvchilarni nazariy 
tayyorgarlik darajasini tekshiradi, ishni bajarish metodikasini aniqlashtiradi
so’ngra ishning bajarilishini nazorat qiladi, maslahatlar beradi va har bir 
o’quvchining ishini baholaydi.


10 
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’zlashtirishda ilg’or qurilish 
ob`ektlari va to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil 
etish katta ahamiyatga ega. Ekskursiya jarayonida talabalar to‘ldiruvchilar ishlab 
chiqarish texnologiyalari va ularni real ob`ektlarda betonlar uchun qo’llash, sifat 
nazorati, mehnat muhofazasi bilan tanishadilar. Har bir ekskursiyadan oldin 
o’qituvchi talabalarni ekskursiya ob`ekti bilan tanishtiradi va undan ko’zlangan 
maqsadni tushuntiradi. Ekskursiya o’tkazilgandan so’ng o’quvchilar o’rtasida 
so’rovnoma o’tkazadi, hisobotlarini tahlil etadi va savollarga javob beradi. 
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar 
turli to‘ldiruvchilar bilan tanishadilar, ularning xomashyosi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, xossalari, qo’llash sohalarini o’rganadilar. Bu ish talabalardan 
ko’plab ma`lumotlarni eslab qolishlarini talab etadi. Amaliyotdagi oddiy qoida shu 
xaqda guvohlik beradiki, yangi bilimlar berishni nazariy darsning 20 daqiqasida 
amalga oshirish, keyin esa bahs-munozara,, kichik guruhlarda ishlash va boshqa 
shu kabi interfaol metodlarni amalga oshirib, ta`lim oluvchilarning bilimlarini 
mustahkamlash mumkin. Shuningdek, mashg’ulotlarda o’qitishning texnik 
vositalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. 
Talabalarning mustaqil ishlarni bajarishlarini (kurs ishi va b.) muntazam 
nazorat qilish ularning fanni o’zlashtirishlarini muhim metodik elementidir. 
Nazoratning so’ngi bosqichi yakuniy nazoratdir. Pedagoglar yakuniy nazorat 
qanday tartibda o’tkazilishi (og’zaki yoki yozma), savolnomalarni oldindan 
ma`lum qilish tavsiya etiladi. 


11 
To’ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy 
materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton xosil 
qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % ni 
tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash, 
ularni me’ërida ishlab chiqarish va qo‘llash xalk xo’jaligida katta ahamiyatga ega. 
Betonning asosiy bog‘lovchi faol qismi bu - sement. Bog‘lovchi suv bilan 
aralashib xamir xosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o’tishi va betonga 
aylanish xususiyati ega.

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish