S. I. Mirhayitova pedagogik texnologiya o`zbekiston respu



Download 12,95 Mb.
bet67/107
Sana12.04.2022
Hajmi12,95 Mb.
#546815
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

O`quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish sohasidagi pedagogik texnologiya:

1. O‘qitishni tabaqalashtirish texnologiyasi


2. O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi
3. Individual o‘qitish texnologiyasi
4. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyasi
5. Hamkorlik ta`lim texnologiyasi
Axborot texnologiyalari va ta`limning jamoaviy hamda guruxiy texnologiyasi


Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, hom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog`liq faoliyat soxalari tashkil qiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan oydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o`z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va
intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson hayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bogliq ob’ektiv jarayon xisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy extiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o`sishi hamda fan- texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo`nalishga ajratish mumkin:
· Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
· Ilmiy tadqiqotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
· Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
· Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.
· Talim va kadrlar tayorlash jarayonini axborotlashtirish.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o`zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o`qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o`quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o`stiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o`quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
·muayyan pedmetlarni o`qitishda kompyuter darslari;
·kompyuter darslari—ko`rgazmali material sifatida;
·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning o`qishdan bo`sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal etishda va x.k.
Mehnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va faravonlik darajasini ko’tarish katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin.
Informatikada mehnat unumdorligini oshirish suratlari yetarli bo’lmasa, butun xalq xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayish ro’y berishi mumkin.
Hozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta
ishlash vositalari bilan ta’minlangan..
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muxim o’rin tutadi.
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo’lib, uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir.
Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana shu
o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o’z navbatida, EXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi. Axborotli muxitning kelajakda inson hayotida o’rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo’lishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ko’llamini kegaytirish talab etiladi..

Download 12,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish