Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo’yiladigan talablar:
Ø dialog( o’zaro suhbat);
Ø faollik va ijodkorlik;
Ø bolaning individual rivojlanishini qo’llab-quvvatlash;
Ø o’quvchiga mustaqil ijod qilishi, qaror qabul qilishi, ta’lim olish turi va uslublarini tanlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish;
Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak:
· san’at, ijodkorlik va bolaga xurmat bilan munosabatda bo’lish;
· insoniy, pedagogik pozisiyada bo’lish;
· bolalarning ruhiy va jismoniy sog’lom bo’lishi va bolalik ekologiyasi haqida qayg’urishi;
· doimiy ravishda madaniy-informasion,fanni rivojlantiruvchi yangiliklardan unumli foydalanib ta’lim jarayonini boyitib borishi;
· ta’lim mazmuni bilan ishlashni bilishi va ung shaxsga yo’naltirilgan shakl bera bilishi;
· har hil pedagogik texnalogiyalardan foydalana olishi va ularga shaxsni rivojlantiruvchi yo’nalish bera olishi;
· har bir bolaning individual xususiyatlarini qo’llab-quvvatlashi va ularni rivojlantirish haqida qayg’urishi.
Shaxsga insonparvarlik yondoshuvi texnologiyasi
Bu texnologiya avvalo shaxsni insonparvarlik yondoshuvi, psixoterapevtik yo’nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o’z o’rnida majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama xurmat qilish,uni yaxshi ko’rish hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash g’oyalarini ilgari suradi. Bu texnologiyada shaxsga munosabat birlamchi bo’lib individual yondoshuv, notalabchan demokratik boshqaruv hamda yorqin insoniy qarashlar boshqa yo’nalishlardan ustun turadi.
Hamkorlik texnologiyasi va hamkorlik pedagogikasi
Hamkorlik texnologiyasi pedagog bilan o’quvchi o’rtasidagi tenglik, demokratiya hamda sub’ektlar orasidagi o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Pedagog bilan o’quvchi xamkor va ijodkor sifatida ish yuritib birgalikda mashg’ulot mazmuni, maqsadini aniqlaydilar va birgalikda baholaydilar.Lekin fanda “Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi ham mavjud. Uning o`ziga xos mazmuni va rivojlanishi mavjud. Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta`limdagi ko`pgina innovatsion jarayyonlarni hayotga chorladi. “Hamkorlik pedagogikasi” texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarning tajribasi yotadi. Ular:
- K.D.Ushinskiy, N.I.Piragov, L.N.Tolstoy, V.A.Suxomlinskiy
- J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shatskiy
Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi.
7-rasm. “Hamkorlik pedagogikasi”ning asosiy yo`nalishlari
Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim, amaliyotchi va
“Hamkorlik pedagogikasining” asoschisi. Shalva Aleksandrovich Amonashvili
o`zining eksprimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o`qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi.
Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari:
- bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug`dirmoq;
- bolaning qalbi va yuragini ulug`lamoq;
- boladagi bilishga bo`lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
- keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug`dirmoq;
- ideal tarbiya-bu o`z-o`zini tarbiyalamoq
Sh.A.Amonashvili o`zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:
- insonparvarlik
- shaxsiy yondoshuv
- muloqot maxorati
- oila pedagogikasining qo`shimcha imkoniyati
- o`quv faoliyati
Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o`ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko`ra sifatli baholashga urg`u beriladi, ya`ni tavsif, natijalar paketi, o`z-o`zini baholash.
8-rasm. Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi
9-rasm. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi xusuiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |