Ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim maqsadini aniq o'rnatishdan boshlab
to uning natijalarini baholashgacha bo'lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Pedagog faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasini prof N.Sayidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida ajratib ko'rsatgan:
1. Tashxislanuvchan o'rnatilgan maqsad — ta`lim oluvchi-talaba tomonidan didaktik jarayon mahsuli sifatida o'zlashtirilgan aniq o'lchamli tushunchalar, amallar va faoliyat turlari.
2. Ta’lim mazmunini o'quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraksiya pog'onalarining va axborotlarni o'zlashtirish darajasining hisobga olinishi.
3. O'quv materiallarini o'zlashtirish bosqichlarining yetarlicha mantiqiy qat’iyanligi —didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi.
5. O‘quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi.
5. O‘qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi
mumkin bo'lgan chetga chiqish chegarasining ko'rsatihshi.
6. Ta`lim oluvchi-talaba va Ta`lim beruvchifaoliyatida shaxsiy motivlashganlikning ta'minlanishi (erkinlik. ijodiyot, kurashuvchanlik. hayotiy, kasbiy mohiyat va boshqalar).
7. O'qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.
Yuqorida berilgan ko'rsatkichlar loyihalangan o'quv jarayonining texnologik
darajasini to 'liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa pedagogni yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, talabaning nufuzini ham birmuncha oshiradi va ijodiy faoliyatni rivojlantirishning yangi qirralarini ochadi.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad elementlari va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsad elementlarini to`liq, amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi maqsadni belgilash ham ta’lim-tarbiya sohasida ta`limni texnologiyalashtirishning asosiy elementi sifatida e`tirof etiladi, ya`ni pedagogik texnologiyada maqsadni belgilash- texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- pedagogik texnologiyani loyihalashtirish;
- o’quv jarayonini tuzish;
- o’quv jarayonini tashkillashtirish. Har bir bosqich ostida tаълим олувчилар томонидан БМК ўзлаштириш даражаси yotadi va maqsad elementlari ham aynan mazkur daraja orqali belgilanadi. Quyida keltirilgan jadval orqali maqsad elementlarining qo`yilishi fikrimizga isbotdir:
1-jadval. Maqsad elementlarining qo`yilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |