MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQ
Quyida berilgan mavzuga oid tushunchalarni rus va ingliz tillarida izohlab, jadvalni to`ldiring
№
|
Tushuncha
(o`zbek tilida)
|
Tushuncha
(rus tilida)
|
Tushuncha
(ingliz tilida)
|
1.
|
Bilim
|
|
|
2.
|
Ko`nikma
|
|
|
3.
|
Malaka
|
|
|
5.
|
Maqsadni belgilash
|
|
|
5.
|
Nazorat
|
|
|
6.
|
Joriy nazorat
|
|
|
7.
|
Oraliq nazorat
|
|
|
8.
|
Yakuniy nazorat
|
|
|
9.
|
Frontal tekshiruv
|
|
|
10.
|
Og`zaki tekshirish
|
|
|
11.
|
Yozma nazorat
|
|
|
12.
|
Metod
|
|
|
13.
|
Ta’lim metodi
|
|
|
Masalan:
№
|
Tushuncha
(o`zbek tilida)
|
Tushuncha
(rus tilida)
|
Tushuncha
(ingliz tilida)
|
1.
|
Bilim
|
знания, знание, познания,
осведомленность, знакомство,
эрудиция
|
Knowledge
|
2.
|
Bilim
|
познание, знание, познавательн
ая способность
|
cognition
|
3.
|
Bilim
|
знание, понимание, осознание,
знакомство
|
knowing
|
5.
|
Bilim
|
наука, естественные
науки, знание, техничность,
умение, ловкость
|
science
|
5.
|
Bilim
|
узнавание, знание, подсудность,
компетенция, отличительный знак, юрисдикция
|
cognizance
|
TA`LIMNING “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASI. TA`LIMNI SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TEXNOLOGIYASI. TA`LIMNING LOYIXA TEXNOLOGIYASI
Reja:
1. “Keys-stadi” tushunchasining mohiyati, kelib chiqish tarixi, tipologiyalari va “keys-stadi” texnologiyasini tuzilishi
2. “Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va o`ziga xosliklari.
3. “Loyixa” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy ta`limning o`ziga xosliklari, o`quv loyixasi tushunchasi va “Loyixa” texnologiyasini ishlab chiqish qoidasi.
Tayanch tushunchalar: “Keys-stadi”, “Keys-stadi” texnologiyasi, loyiha, loyihalash, ta’lim jarayonini loyihalash, o’qitish va o’qish strategiyasi, darsning turini tanlash, darsning texnologik xaritasi, dars ishlanmasi, texnologik pasport (pedagogikada), model, modellashtirish, o’quv loyihaviy faoliyat, o’quv loyihasi, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim
“KEYS-STADI” TUSHUNCHASINING MOHIYATI, KELIB CHIQISH TARIXI, TIPOLOGIYALARI VA “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASINI TUZILISHI
“Keys-stadi” ingliz tilida “case” – metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli
tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish-degan ma`noni anglatadi. “Keys- stadi” texnologiyasi o’quvchi (talaba)larda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi o’quvchi
(talaba)larni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi.
Ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va o’quvchi (talaba)
o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari - “Keys-stadi” texnologiyasining negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlaridir.
Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasi quyidagicha:
Ta’lim
shakli
Ilmiy izlanish usul va
vositalari
Ta’lim maqsadi
Keys- stаdi
Ta’lim metodlari
Ta’lim vositalari
Ta’limni
Axborotlarni to’plash usul va vositalari
Ta’lim natijasi
Axborotlarni ilmiy tahlil qilish usul va vositalari
Ta’limiy usul
boshqarish usul
va vositalari
va vositalari
1-rasm Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasi
Mashg’ulotlarda metodni qo’llash quyidagi bosqichlarda kechadi:
O’quv keyslari
Yechimni topish bo’yicha individual ishlash
Asosiy bosqichlar
Yechimni topishda jamoaviy hamkorlikka erishish
Samaradorlik
2-rasm Keys-stadi metodidan mashg’ulotlarda qo’llash bosqichlari
Keys-stadi bo’yicha jamoaviy hamkorlik quyidagi tartibda amalga oshadi:
Jamoa (guruh) a’zolari muammo, uning
echimlari yuzasidan o’zaro fikr almashadi
Masalaning yechimi sifatida taqdim etilgan variantlar
muhokama qilinib, ularning maqbulligi baholanadi
Muammoli vaziyatning yechimini ta’minlaydigan aniq dastur ishlab
chiqiladi
Masalaning yechimi to’g’risida ma’lumot beradigan taqdimot tayyorlanadi va unda namoyish etiladigan materiallar rasmiylashtiriladi
3-rasm Keys-stadi bo’yicha jamoaviy hamkorlik tartibi
Texnologiyani alohida o’quvchiga nisbatan qo’llash tartibi quyidagicha:
O’quvchi (talaba)ning texnologiyaning mohiyati, uni qo’llash shartlari bilan tanishishi
O’quvchi (talaba) tomonidan taqdim etilgan muammoning o’rganilishi
Muammo bo’yicha asosiy va 2-darajali masalalarni ajratish, shakllantirish,
асослаш
Tadqiqot metodlarini tanlash va vaziyatni tahlil qilish
Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish
Berilgan muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash
Taqdim etilgan yechimni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish chora-tadbirlarini belgilash
4-rasm Keys-stadi texnologiyasining alohida o’quvchiga nisbatan qo’llash tartibi
Ta’limiy xarakterga ega muammoli vaziyat (o’quv keysi)ni tashkil etish maqsadi mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda jamoa o’rtasida muammoli vaziyatni yaratish, uni hal qilish yechimlari to’g’risidagi fikrlarni jamlash, muhokama qilish orqali to’g’ri qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iborat.
Texnologiya yordamida tanlangan muammoning yechimini topishga doir muhokama quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi:
Keys mazmuni bilan shaxsan tanishish
Kichik guruhlarda muhokama qilish (“Sindikat” metodi
yordamida)
Jamoa o’rtasida umumiy muhokamani tashkil etish
5-rasm texnologiya yordamida tanlangan muammoning
yechimini topishga doir muhokama bosqichlari
6-rasm. Muammoni muhokama qilish shartlari
O’rganilayotgan muammoning asosiy maqsadini aniqlash
Muammoli vaziyatni real holatlar bilan taqqoslashni o’rganish
Ehtimoli bo’lgan “to’siq”lar (2-darajali masalalarni SH
muhokama qilish, to’g’ri qarorlar qabul qilish va h.k.)ni
Auditoriya uchun tushunarsiz ma’lumotlarni aniqlash
A
Muammoni yechishda muhim, ahamiyatga ega ma’lumotni
Muammoli vaziyatni hal qilish uchun oraliq bosqichlarni R
Muammoni hal etishning muqobil yo’llarini belgilash
Muhokamani tugatish tartibini belgilash T
Muammoli vaziyatni muhokama qilish vaqtini aniqlashtirish
92
Yakuniy izohlash va muhokama natijasini xulosalash
“Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va o`ziga xosliklari.
Pedagogik texnologiyalarning asosiylaridan biri –bu shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasidir. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim - bu tabiiy tizim hisoblanib, o’quvchining noyob shaxsiy rivojlanishi, uning o’ziga hos qobiliyatlarini va psixologik yo’nalishlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi o’z ichiga quyidagi texnologiyalarni ham qamrab oladi:
ü shaxsga insonparvarlik yondoshuvi;
ü xamkorlik texnologiyasi;
ü o’yin texnologiyasi;
ü kommunikativ ta’lim texnologiyasi;
ü erkin tarbiya texnologiyasi;
ü bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |