ta’sirga javob tempi – psixik jarayonlar va ta’sirlar kechishi tezligi;
plastiklik – egiluvchanlik, beriluvchanlik;
rigidlik – interlik, xulq -atvor ikkiluvchanligi;
ekstravertlik - inson reaksiyasini tashqi ta’sirga bog`liqligi;
introvertlik – inson reaksiyasini ichki obrazlar, fikrlar o`tmish va kelajakka bog`liqligi;
emotsional qo`zg`aluvchanlik – emotsional jarayonlarning kechishi va tashqi ifodalanishi.
Yuqorida keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda, temperament turlariga psixologik xarakteristika quyidagi jadvalda berilgan:
shakl
Asosiy sifatlar
|
Holerik
|
Sangvinik
|
G`legmatik
|
Melanholik
|
Senzitivlik
|
Past
|
Past
|
Past
|
Yuqori
|
Reaktivlik
|
Yuqori
|
Yuqori
|
Yuqori
|
Past
|
Faollik
|
Yuqori
|
Yuqori
|
Yuqori
|
Past
|
Reaktivlik va faollik
|
Reaktiv va
faol
|
Og`ir vazmin
|
Faol va reaktiv
|
Past faollik o`rta
reaktilik
|
Reaksiya turi
|
Tezlashgan
|
Tezlashgan
|
Sekinlashgan
|
Sekinlashgan
|
Plastiklik
|
-
|
+
|
-
|
-
|
Rigidlik
|
+
|
-
|
+
|
+
|
Ekstravertlik
|
+
|
+
|
-
|
-
|
Introvertlik
|
-
|
-
|
+
|
+
|
Emotsional
qo`zg`aluvchanlik
|
Yuqori
|
Yuqori
|
Past
|
Sekinlashgan
|
Inson asab tizimi bilan bog`liq individual sifatlarni bilish orqali, bevosita mehnat va o`qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etish mumkin. Asabga bog`liq bo`lgan tabiiy xususiyatlarni umuman o`zgarmas deb bo`lmaydi, chunki tabiatda o`zgarmaydigan narsaning o`zi yo`q. V.S.Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo`lishini boshqarish masalasida ko`p ishlar qilgan.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham bevosita bogliqdir. Psixologik ma’lumotlarda e’tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari ham temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sababchisi bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini ko`rib chiqamiz.
Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo`lib, atrog`dagi narsalar, insonlar diqqatini tez jalb etadi. U imo-ishoralarni ko`p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg`iyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz
ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatli bo`ladi, imtizomli, o`zini tiya biladi va boshqara oladi. Uning xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki teran, qiziqishlari, kayg`iyati, intilishlari o`zgaruvchandir. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi, ko`ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi, uning g`antaziyasi yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga xozirjavob. Besabab xoholab kulish mumkin, arzimagan narsaga qattiq jahlini chiqarish ko`zatiladi. Barcha narsa faollik va intilish bilan munosabat bildiradi. Uning yo`zidan kayg`iyatini bilish mumkin. Diqqatini tez to`playdi. His-tuyg`uga beriluvchan. Past ovoz va past yorug`lik qo`zg`atuvchilarni ilg`amaydi. Uzoqvaqt ishlab charchamasligi mumkin, ishiga ishtiyoq bilan kirishadi. Tartib intizomli. Ekstravert. Fikrlar tezligi juda yuqori. Odamlar bilan juda tez kirishadi, yangi odamlar, vaziyat, holatga tez ko`nikadi. Yig`lab turib, kulib yuborish holatlari ko`zatiladi. Tez ishga kirishadi va tez sovishi mumkin. Bir yo`nalishda uzoqishlay olmaydi. Va’da berib ba’zan bajaraolmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |