S. Eshtemirov elektron jadvallar ( 0 ‘quv qo‘llanma)



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/149
Sana04.03.2022
Hajmi3,96 Mb.
#482791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
excel

Щ
 
Восстановить
..Перелепить
Йцивр
^ ф в р и кть
Ж
ш Ш
ш ш
Х Э Н ф ^ тъ
ш п
13.2- rasm. 
13 3 - rasm.
7


sichqonchaning chap tugmachasini qo‘yib yuborsangiz, darcha o‘sha yerda qoladi. Bu 
amalni boshqa soddaroq usul bilan ham bajarish mumkin.
Buning uchun sarlavha satriga kirib, sichqonchaning chap tugmachasini bosgan holda 
harakatlansangiz ham darcha sichqoncha ko'rsatkichi bilan birga harakatlana boshlaydi va 
qayerda chap tugmachani qo'yib yuborsangiz, darcha o'sha yerda qoladi.
Размер ( 0 ‘lcham) bandi olinganda ham sichqoncha ko'rsatkichi £ ko'rinishni oladi 
va sichqonchaning chap tugmachasini bosgan holda darchaning qaysi tomonidan chiqib 
ketmoqchi bo'lsangiz, o'sha yo'nalish bo'yicha darcha o'lchamlari kattalashib boradi yoki 
aksincha. Agar darchaning burchagidan chiqib ketmoqchi bo'lsangiz, darcha o'lchamlari 
ham eni, ham bo'yi bo'yicha kattalashadi yoki aksincha kichiklashadi. Bu amalni ham 
soddaroq bajarish usuli mavjud. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini darcha tomonlari 
chegarasiga olib borilsa, ko'rsatkich *-► ko'rinishni, darcha burchagiga olib borilganda 
esa ko'rsatkich qiya ko'rinishni oladi. Shunda sichqonchaning chap tugmachasini bosgan 
holda qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlansangiz, shu yo'nalish bo'yicha o'lchamlar 
kattalashadi yoki kichrayadi.
Развернуть (Yoyish) bandi olinganda Excel darchasi butun ekran bo'ylab yoyilgan 
bo'ladi, ya’ni bu banddan foydalanib, Восстановить (Qayta tiklash) bandi orqali 
bajariladigan amalga teskari amalni bajarishingiz mumkin.
1.4. Excel darchasining umumiy ko'rinishi
Excel elektron jadvali yuklanganda kompyuteringiz ekranida Excel darchasi ochiladi 
va yuqorida qayd qilinganidek, ichi bo'sh bo'lgan Книга1 nomli hujjat ham yuklanadi. 
Bunda hujjat nomini Excel o'zi avtomatik tarzda tanlaydi (1.4.1- rasm).
Excel darchasining eng yuqori qismida uning sarlavha satri joylashgan. Sarlavha 
satridan pastda buyruqlar paneli o'rin olgan. Buyruqlar paneli ikki qismdan, ya’ni Excel 
ning gorizontal menyusi va uskunalari majmuasidan iborat.
Excel menyusining Файл, Правка, Вид, 
kabi nomlangan bandlari darcha bo'ylab 
gorizontal holatda joy lashganligi uchun ularni gorizontal menyu deb ataymiz (1.4.1- rasm). 
Excelning uskunalari majmuasi esa gorizontal menyudan pastda joylashgan bo'lib, ko'p sonli 
tugmachalardan iborat va ularning har biri bajaradigan amaliga mos rasmli yorliqqa ega.
Endi gorizontal menyu va uskunalar majmuasi nima uchun buyruqlar paneli deb ataladi, 
degan savolning tug'ilishi tabiiy. Elektron jadval tarkibidagi ma’lumotlarni qayta ishlash 
bilan bog'liq deyarli barcha buyruqlar aynan shu buyruqlar paneli deb ataluvchi paneldan 
beriladi.
Buyruqlar panelidan keyin hujjat darchasi joylashadi. Hujjat darchasining yuqori qismida 
formulalar satri mavjud bo'lib, uning chap qismida nomlar maydonchasi deb ataluvchi 
maydoncha bor. Nomlar maydonchasida joriy katakchaning nomi yozilgan bo'ladi (1.4:1- 
rasm).


Oldin ta’kidlanganidek, Excel muhitida yaratilgan har bir hujjat bir nechta varaqlardan 
tashkil topadi. Har bir varaq o‘z yorlig‘iga ega bo‘lib, ular 

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish