IV BOB. EXCELNING GORIZONTAL MENYUSI
4.1. Файл menyusi
Создать (Yaratish) bandi yordamida ichi bo‘sh boMgan, yangi Книга1, Книга2,
nomli hujjatlar yaratiladi.
Открыть (Ochish) bandi yordamida Excel muhitida yaratilgan va kompyuter xotirasida
mavjud boMgan fayllar ro'yxati ochiladi. Excel muhitida yaratilgan
fayllar maxsus ЦЦ
ko'rinishdagi yorliqqa ega bo'ladi.
Сохранить (Saqlash) yoki Сохранить как... (...dek saqlash) bandlaridan biri
tanlanganda, Сохранение документа (Hujjatni saqlash) nomli muloqot darchasi ochiladi.
Undan foydalanib hujjat kompyuter xotirasidagi
ixtiyoriy katalog ichiga, ixtiyoriy nom va
tur bilan saqlanadi.
Сохранить как Веб-страницу... (Web-sahifadek saqlash...) bandi yordamida joriy
hujjat web-sahifa sifatida xotiraga saqlanadi.
Сохранить рабочую область... (Ishchi sohani saqlash...) bandi vositasida ochilgan
barcha hujjatlar ekranda qanday joylashgan bo'lsa, xuddi shu joylashish tartibida saqlab
qo'yiladi va qayta yuklanganda ham o'sha saqlanish tartibi o'zgarmagan
holda ekranga
yuklanadi.
Параметры страницы... (Sahifa parametrlari) bandi orqali chop etiladigan varaq
parametrlari tayinlanadi.
Предварительный просмотр (Oldindan ko'rish)
bandidan foydalanib, chop
etilayotgan hujjatingiz sahifalarining umumiy ko'rinishini oldindan ko'rib olasiz.
Печать (Chop etish) bandi hujjatni qog'ozga chop etishga mo'ljallangan bo'lib, ushbu
band tanlanganda shu nomli muloqot darchasi ochiladi. Darchadan printer turini, hujjatning
qanday qismini chop etishni, qaysi sahifalami chop etishni, chop etilayotgan nusxalar soni
kabi parametrlami joriy qila olamiz.
Поиск файлов... (Fayllami izlash) bandi yordamida kompyuter xotirasidagi mavjud
bo'lgan fayllar izlanadi.
Предварителный просмотр веб-страницы (Web-sahifalami oldindan ko'rish)
bandi vositasida web-sahifa sifatida saqlanayotgan sahifaning umumiy ko'rinishi ko'rib
olinadi.
Область печати (Chop etiladigan soha)
bandiga kursomi keltirsangiz, ostmenyu
ochiladi va u ham ikkita bandga ega. Задать (Berish)
bandi chertilsa, hujjatning faqat
belgilangan qismi chop etiladi. Убрать (Bekor qilish) bandi chertilsa,
chop etish uchun
belgilangan soha bekor qilinadi.
Отправить (Jo'natish ) bandi yordamida joriy hujjatdagi barcha maMumotlarni kerakli
manzilga uzatish mumkin.
Свойства (Hossa) bandi vositasida joriy hujjat haqidagi kerakli maMumotlami ko'rib
olasiz.
59
Выход (Chiqish) bandi yordamida Excel muhitidan chiqiladi.
Bundan tashqari Файл menyusi oxirida yaqinda foydalanilgan yoki yaratilgan fayllar
ro'yxati bo'ladi. Ulardan qaysi birini chertsangiz, o'sha fayl yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: