Tishli kitlam ing
jag'larida juda ko'p va bir xil konussimon tishlari bo'ladi. Bularga
katta o'lchamdagi kashalot (bo'yi 20 m ga boradi) va delfinlar kiradi.
Qora dengizda delfin yashaydi. Shimoliy Muz okeani dengizlarida va
Tinch okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda uzunligi 6 m gacha
boradigan delfin yoki beluga tarqalgan. Delfinlar o'ljasini topish uchun
ultratovushdan foydalanadi.
Kitlardan qimmatbaho texnika va tibbiyot yog'i, go'sht va boshqa
xom ashyo olinadi.
X a r tu m lila r (P rob oscid ea) tu r k u m ig a
hozirgi zamonda quruqlikda
yashovchi hayvonlarning eng yirigi kiradi va xartumlarining bo'lishi
bilan xarakterlanadi. Uzun va harakatchan xartum burun hamda ustki
labning qo'shilishidan hosil bo'ladi, kurak tishlari o'zgarib, dandon
Do'stlaringiz bilan baham: |