K itsim o n la r (C e ta ce a ) tu r k u m in in g
vakillari butun umrini suvda
o'tkazadi. Oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa oyog'i yo'qolib
ketgan, tanasining oxirida gorizontal tekislikda o'rnashgan ikki pallali
dumi bor. Ba'zi turlarida go'shtdor orqa suzgichi ham bo'ladi. Terisida
juni yo'q. Ter va so'lak bezlari taraqqiy etmagan. Faqat urg'ochilarida
bir juft sut bezlari jinsiy yoriqlarining ikki yonidagi 2 ta so'rg'ichga
ochiladi. Terisining ostida qalin yog' qatlami bor, u gavdani isitish va
solishtirma og'irligini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Quloq supralari
yo'q. O'pkasining hajmi nihoyatda katta bo'ladi. Masalan, ko'k kit
o'pkasiga birdaniga 14000 litrgacha havoni to'ldirib olishi mumkin va
suv tagida bir soatgacha tura oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |