moslanishidir. Tirikchilikni tunda yoki kunduzi о 'tkazishi va darrandaning
ovqat topishi xarakteriga bog'liq. Kemiruvchilar bilan ovqatlanuvchi
ko'pchilik yirtqichlar turli aktivlik bilan ulami kechasi ham, kunduzi
ham tutadi. Ko'rshapalaklar, aksincha, faqat kechasi faol bo'ladi.
Fasliy sik llig i ham ovqat topish qiyin b o'lgan y il fasllariga
moslanishidir. Bu moslanish uyquga kirish hodisasi bilan ifodalanadi.
Uyquga kirish kloakalilar, qopchiqlilar, hasharotxo'rlar, qo'lqanotlilar,
yirtqichlar va kemiruvchilarda namoyon bo'ladi.
Bizning mamlakatimizda zararli sut emizuvchilar qatoriga asosan
kalamushlar, sichqonlar va yumronqoziqlar kiradi. Kalamushlar uy va
omborlarda iste'mol qilinadigan ozuqa mahsulotlarini yeb qo'yish dan
tashqari, parrandachilik va chchqachilik fermalarida tuxum, jo'ja, tovuq
Do'stlaringiz bilan baham: |