A. Bir hujayralilar;
B. Ko'p hujayralilar;
D. Parazitlar;
E. Yirtqichlar;
F. Barcha hayvonlar.
6. O'zbekiston zoolog olimlari va ularning zoologiya tarmoqlari
bo'yicha xizmatini juftlab
ko'rsating?
1 — Zohidov, 2 — Muhammadiyev, 3 —Olimjonov, 4 —To’laganov,
5 — Sultonov, 6 — Alimuxamedov.
A — zoogelmintologiya;
В — fitogelmintologiya;
D — gidrobiologiya;
E — entomologiya;
F — Qizilqum hayvonlari ekologiyasi;
S — zararkunanda bo'g'imoyoqlilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. BIR HUJAYRALI HAYVONLAR. SARKOMASTIGOPHORALAR
(SARCOM ASTIGOPHORA) TIPI
Bir hujayrali hayvonlarning tanasi bitta hujayradan tashkil topgan,
ko'pchiligi mikroskopik kattalikdagi organizmlardir. Hamma hujayralar
singari bir hujayralilar ham hujayra qobig'i, sitoplazma va uning ichida
joylashgan bitta yoki bir nechta yadro va boshqa organoidlardan tashkil
topgan. Lekin bir hujayralilar tirik organizmlar uchun xos bo'lgan
mustaqil moddalar almashinuvi, harakatlanishi, ta'sirlanish va ko'payish
xususiyatiga ega bo'lishi bilan ko'p hujayralilarning alohida olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |