MULOQOT KO‘NIKMALARI
Muloqotning verbal va noverbal ko‘nikmalari mavjud. Ver-
bal muloqot so‘z davomida amalga oshiriladi. Suhbat davomida
davolash maqsadida so‘zlardan foydalanish uchun tibbiy - ijti-
moiy xodim nutq ruhiyatini bilishi, so‘zning davolovchi kuchiga
ishonishi va o‘z - o‘zini nazorat qilishni unutmasligi kerak.
Davolash maqsadida so‘z qo‘llanilganda tibbiy - ijtimoiy
xodim psixoterapiyaning aniqlashtirish, o‘ziga ishontirish kabi
elementlaridan foydalanadi. Bemorlar bilan har bir suhbat
davomida tibbiy - ijtimoiy xodim uni o‘z holati haqidagi
noto‘g‘ri fikrlarini to‘g‘rilashga yordam berishi lozim. Bu
suhbatlarning maqsadi bemorning o‘ziga ishonch va sog‘ayishiga
umid hosil qilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |