S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari


BEMORLAR HOLATINI KUZATISH VA PARVARISH



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/179
Sana04.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#164258
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179
Bog'liq
Bairova-BEMORLAR BILAN ISHLASH

 
BEMORLAR HOLATINI KUZATISH VA PARVARISH 
QILISH. TANA HARORATINI O‘LCHASH 
 
Tana  haroratini  bir  maromda  saqlanishi  fiziologik  jarayon 
bo‘lib, termoregulatsiya deb nomlanadi. 
 
 
 
Sog‘lom odamlarda harorat kechqurundagiga nismatan, odat-
da  ertalab  bir  necha  gradusga  past  bo‘ladi.  Harorat  qayerdan 
o‘lchanganligiga  qarab,  ko‘rsatkichlar  ham  har  xil  bo‘ladi. 
Chunonchi, og‘iz bo‘shlig‘i, qin, to‘g‘ri ichak shilliq qavatining 
harorati  qo‘ltiq  va  chov  sohalari  terisining  haroratidan  0,2  – 
0,4
0
C
 
yuqoridir.  Katta  odamning  qo‘ltiq  sohasida  o‘lchangan 
o‘rtacha harorat 36,5 – 37
0
C
 
ga teng deb qabul qilinsa, bolalar-
da  u  0,5  –  1
0
C  yuqori  (37  –  37,5
0
C)  keksalarda  esa  pastroq 
(35,5–36,5
0
C) bo‘ladi. Biroq haroratning fiziologik o‘zgarishlari 
nimalarga  bog‘liq  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  normada  1
0
C  dan 
oshmasligi kerak.
  
Tana  haroratini  o‘lchashda  Selsiy  bo‘yicha  darajalangan 
maksimal  tibbiy  termometrdan  foydalaniladi.  Tana  haroratini 
eng to‘g‘ri ko‘rsatadigan joy – to‘g‘ri ichak yoki og‘iz bo‘shlig‘i 


97 
hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  haroratni  qo‘ltiq  sohasi  va  kam 
hollarda  chov  burmasidan  o‘lchanadi.  Harorat  o‘lchanadigan 
joylarda  yallig‘lanish  jarayoni  bo‘lmasligi  kerak,  chunki  bunday 
joyda  harorat  baland  bo‘ladi.  Agar  bemor  sovuq  yoki  issiq 
ichimlik  ichadigan  bo‘lsa,  tana  harorati  15  daqiqadan  keyin 
o‘lchanadi.  Termometrni  ishlatishdan  oldin  yuqoridan  pastga 
qarab silkitiladi va ko‘rsatkichi aniqlanadi. Termometrdan qayta 
foydalanish  uchun  belgilangan  qoidaga  asosan  zararsizlantirib, 
toza holatda saqlash zarur.  
Tana  haroratni  o‘lchashdan  oldin  bemorga  qulay  sharoit 
yaratiladi.  Muolaja  mohiyatini  va  maqsadini  bemorga  tushun-
tiriladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida o‘lchanayotganda termometr til ham-
da orqa til osti cho‘ntagiga qo‘yiladi va bemorga og‘zini 2 daqi-
qa davomida yopib, tish bilan termometrga zarar yetkazmasdan 
ushlab turish tayinlanadi.  
Orqa  chiqaruv  teshigidan  harorat  o‘lchanganda  tibbiy-
ijtimoiy  xodim  qo‘llarini  yuvib,  qo‘lqoplarini  kiyadi.  Bemor 
oyoqlarini bukkan holda yonboshi bilan yotqiziladi. Termometr 
rezervuariga vazelin surtiladi va orqa chiqaruv yo‘liga 2 – 3 sm 
kiritiladi.  O‘lchash  vaqtida  dumbalarini  qisib  turishi  kerakligi 
tushuntiriladi va 2 daqiqadan so‘ng termometr chiqariladi, so‘ng 
qabul  qilingan  gigiyenik  qoidalar  asosida  tozalanadi.  Orqa  chi-
qaruv teshigi shikastlanishlarida va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 
to‘g‘ri ichak sohasida o‘lchanmaydi.  
Chaqaloqlarda  haroratni  chov  burmasidan  o‘lchanadi. 
Sohani sochiq yoki salfetka bilan quritib artiladi va termometrni 
chov burmasiga qo‘yib, oyoqni chanoq son bo‘g‘imidan bukiladi 
Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash usuli eng noaniq hisoblanadi, 
chunki  u  teri  haroratini  ko‘rsatadi.  Qo‘ltiq  sohasida  haroratni 
o‘chashdan oldin u yerni sochiq yoki salfetka bilan quritib artiladi 
va  yallig‘lanish  jarayonlari  bor-yo‘qligi  ko‘zdan  kechiriladi.  Ter-
mometrni  simob  rezervuari  teriga  hamma  tomondan  tegib 
turadigan qilib, pastki uchi bilan qo‘ltiq sohasiga qo‘yiladi. Bemor 
qo‘lini  ko‘kragiga  yaqinlashtirib,  termometrni  qo‘ltig‘ida  qisib 
turadi. Behush yotganlar, notinch bemorlarni va yosh bolalarning 
qo‘lini  tibbiy  ijtimoiy  xodim  ushlab  turadi.  Uxlab  yotganda 
haroratni  o‘lchash  mumkin  emas,  chunki  termometr  sirg‘alib 


98 
tushishi, bemor uni bexosdan bosib olishi, bundan tashqari uning 
ko‘rsatkichlari to‘g‘ri chiqmasligi mumkin. 
Hozirgi  vaqtda  harorat  quloq  nog‘ora  pardasida  ham  aniq-
lanadi.  Buning  uchun  yechiladigan  uchlikni  termometr  voron-
kasiga  kiydiriladi  va  ehtiyotkorlik  bilan  quloq  yo‘liga  kiritiladi. 
O‘lchash natijasini 1 – 2 soniyadan so‘ng o‘qiladi. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish